Risklar iqtisodiy mohiyati va tasniflanishi Risklarni boshqarish metodlari va prinsiplari


Download 129.91 Kb.
bet2/7
Sana02.05.2023
Hajmi129.91 Kb.
#1421057
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Moliyaviy risklarni boshqarish metodlari

Foiz riski. Bu risk turi moliya bozoridagi foiz stavkalarining kutilmagan oʻzgarishlari (depozit va kredit stavkalari boʻyicha) natijasida yuzaga keladi. Mazkur moliyaviy risk turi paydo boʻlish sabablari (agarda inflyatsion risk ta’siri boʻlmasa) sifatida davlatning tartibga solish siyosati ta’siri ostida moliya bozori kon’yukturasi oʻzgarishi, boʻsh pul mablagʻlariga taklifning oʻsishi yoki pasayishi va boshqa omillar koʻrsatib oʻtiladi. Bu risk turining salbiy moliyaviy oqibatlari korxona emission faoliyatida (aksiya va obligatsiyalar emissiyasi boʻyicha), uning dividend siyosatida, qisqa muddatli moliyaviy qoʻyilmalarida va ba’zi boshqa moliyaviy operatsiyalarida koʻzga tashlanadi.
Valyuta riski. Bu risk turi tashqi iqtisodiy faoliyatda oʻziga xos boʻlgan korxonalarda (xom ashyo, materiallar, yarim tayyor mahsulotlar import qiluvchi hamda tayyor mahsulot eksport qiluvchi korxonalarda) kuzatiladi. Valyuta riski korxona tashqi iqtisodiy operatsiyalarida foydalaniladigan xorijiy valyuta ayirboshlash kursining oʻzgarishi bevosita ta’siri natijasida kutilgan daromadlarning va bu operatsiyalardan kutilgan pul oqimlarining toʻliq olinmasligida koʻrinadi. Bunda xom ashyo va materiallar importi boʻyicha mos xorijiy valyuta ayirboshlash kursining milliy valyutaga nisbatan oshishidan korxona yutqazadi. Bu kursning pasayishi tayyor mahsulot eksporti boʻyicha korxona moliyaviy yoʻqotishiga sabab boʻladi.
Depozit riski. Bu risk depozit omonatlarining qaytmasligi (depozit sertifikatlarining qoplanmasligi) mumkinligida aks etadi. Depozit risklari nisbatan kutilmaganda va korxona depozit operatsiyalarini amalga oshirish uchun tijorat bankini notoʻgʻri baholash hamda muvaffaqiyatsiz tanlash bilan bogʻliq hollarda uchraydi. Depozit riskining yuzaga kelish holatlari rivojlangan mamlakatlar amaliyotida kamdan-kam holatlarda uchraydi.
Kredit riski korxona moliyaviy faoliyatida xaridorlarga tijorat krediti yoki iste’mol krediti taqdim etilgan holatlarda uchraydi. Kredit riskining yuzaga kelish kreditga berilgan tayyor mahsulot uchun toʻlov amalga oshirilmasligida yoki oʻz vaqtida hisob-kitoblar qilinmasligida koʻzga tashlanadi.
Soliq riski. Moliyaviy riskning bu turi quyidagilarda aks etadi: xoʻjalik faoliyatining alohida yoʻnalishlarini amalga oshirishga yangi soliqlar va ularga tenglashtirilgan toʻlovlar joriy etish ehtimoli; amaldagi soliqlar va majburiy ajratmalar stavkalarining oshish ehtimoli; alohida soliq toʻlovlari muddatlari va shart- sharoitlari oʻzgarishi; korxona xoʻjalik faoliyati sohasiga taqdim etilgan soliq imtiyozlarining bekor qilinishi, soliq tekshiruvlari va boshqalar. Korxonalar uchun
bunday risklarni oldindan baholash imkoniyati mavjud boʻlmaganligi sababli ular moliyaviy faoliyat natijalariga jiddiy ta’sir koʻrsatadi.


    1. Risklarni boshqarish metodlari va prinsiplari


Risklarni boshqarish keng ma’noda amalga oshiriladigan moliyaviy-xoʻjalik operatsiyalari natijalariga risklarning salbiy ta’sirini kamaytirish yoki toʻlaligicha bartaraf etishga qaratilgan alohida faoliyat turini oʻzida aks ettiradi.
Amaliyotda bu jarayon risklarni kamaytirish natijasida erishiladigan natija va buning uchun talab qilinadigan xarajatlar oʻrtasidagi nisbatni (kompromiss) qidirib topish, shuningdek amalga oshirish lozim boʻlgan chora-tadbirlar boʻyicha qarorlar qabul qilishni nazarda tutadi.
Risklarni boshqarishdan asosiy maqsad biznesni yuritishning umumiy strategiyasini amalga oshirishga sharoit yaratib berishdir. Moliyaviy menejmentda risklarni boshqarish tadbirkor uchun risk va daromad oʻrtasidagi nisbat optimal yoki qabul qilish mumkin boʻlgan sharoitda yuqori foydaga erishish bilan ifodalanadi.
Mumkin boʻlgan yoʻqotishlarning oldini olish boʻyicha qarorlar qabul qilishdagi, ya’ni risklarni boshqarishdagi yondashuvlarni faol, moslashuvchan va konservativ (passiv) yondashuvlarga boʻlish mumkin.
Risklarni faol tarzda boshqarish risklarni minimallashtirish uchun mavjud axborot va barcha vositalardan maksimal foydalanishni bildiradi. Bunday yondashuvda boshqaruv ta’siri operatsiyani amalga oshirishga ta’sir koʻrsatishi mumkin boʻlgan riskli omillar va hodisalarning oldini olishi lozim. Shubhasiz bunday yondashuv risklarni baholash va prognozlash, shuningdek ularning uzluksiz nazorati va monitoringini tashkil etish uchun ma’lum miqdordagi xarajatlarni talab etadi.
Risklarni boshqarishda moslashuvchan yondashuv murakkab holatga nisbatan moslashuv asosiga quriladi. Bunday yondashuvda boshqaruv ta’siri moliyaviy- xoʻjalik operatsiyalarini oʻtkazish vaqtida muhit oʻzgarishiga reaksiya sifatida amalga oshiriladi. Bunday holatda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan yoʻqotishlar ma’lum bir qismining oldi olinadi.

Download 129.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling