Rivojlangan mamlakatlarda inflyasiyaga qarshi siyosatning xususiyatlari
yilgi iqtisodiy kon`yuktura tahlili va istiqbol ko`rsatkichlari
Download 1.02 Mb.
|
RIVOJLANGAN MAMLAKATLARDA INFLYASIYAGA QARSHI SIYOSATNING XUSUSIYATLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yalpi ichki mahsulot (YaIM).
- Davlat byudjeti.
- Inflyatsiya.
2020yilgi iqtisodiy kon`yuktura tahlili va istiqbol ko`rsatkichlari Real sektor holati tahlili 2020yilgi makroiqtisodiy ko`rsatkichlar respublikamiz iqtisodiyotining, shu jumladan moliya va real sektorning barqaror o`sayotganligini ko`rsatmoqda.
Qat`iy monetar va fiskal siyosat sharoitida iqtisodiyotning real sohasida barqaror o`sish, shu jumladan yalpi ichki mahsulot, sanoat mahsulotlari, iste`mol tovarlari, qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish, chakana savdo aylanmasi va pullik xizmatlarning o`sishi ta`minlanadi. Umuman iqtisodiy kon`yuktura ahvolini aks ettiruvchi asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlar dinamikasi quyidagi ma`lumotlar bilan tavsiflanadi: Yalpi ichki mahsulot (YaIM). Mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 8 foizga o`sdi, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 8,8 foizga, qishloq xo`jaligi – 6,8 foizga, chakana savdo aylanmasi – 14,8 foizga oshdi. Inflyatsiya darajasi prognoz ko`rsatkichidan past bo`ldi va 6,8 foizni tashkil etdi. O`tgan yil yakunlariga ko`ra, tashqi davlat qarzi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 17 foizni, eksport hajmiga nisbatan qariyb 60 foizni tashkil etdi. Bu avvalambor xorijiy investitsiyalar va umuman, chetdan qarz olish masalasiga chuqur va har tomonlama puxta o`ylab yondashish natijasidir. 2020yilda iqtisodiyot sohasidagi soliq yuki 21,5 foizdan 20,5 foizga, jismoniy shaxslar uchun daromad solig`ining eng kam stavkasi 9 foizdan 8 foizga tushirilganiga qaramasdan, davlat byudjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,3 foiz profitsit bilan bajarildi. Davlat byudjeti xarajatlari tarkibida ijtimoiy sohaga yo`naltirilgan xarajatlar yuqori darajada saqlanib qoldi va umumiy xarajatlarning 59,3 foizini tashkil etdi. Xususiy mulkchilik sohasi va ishlab chiqarish hajmini kengaytirish maqsadida 2020yilda 1519 ta korxona va ob`ektlar xususiylashtirildi, ularning negizida75 ta aktsiyadorlik jamiyati, 981 ta xususiy korxona va 396 ta boshqa tashkiliy huquqiy shakldagi korxonalar tashkil etildi, 496 ta korxonaning aktsiyalar paketlari, shu jumladan 6500 ga yaqin davlat tassarufidagi ob`ektlar sotildi. Bundan tashqari, 82 foizdan ortiq korxonalarda amalga oshirilgan qayta tashkil etish va moliyaviy sog`lomlashtirishga doir yalpi chora-tadbirlar natijasida ularda o`rtacha oylik ishlab chiqarish hajmlari oshdi. Davlat byudjeti. Markaziy bank makroiqtisodiy siyosat samaradorligini oshirish maqsadida pul-kredit siyosatini soliq byudjet siyosati bilan muvofiqlashtirgan holda amalga oshirishni davom ettirmoqda. Chunonchi, Oliy Majlis qarori bilan tasdiqlangan O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2020yilga mo`ljallangan ko`rsatkichlarida 2020yil uchun davlat byudjeti taqchilligi YaIM hajmiga nisbatan 2,0 foiz miqdorida belgilangan edi. Shu bilan birga davlat byudjeti taqchilligini qoplashni noinflyatsion manbalar hisobidan amalga oshirish ko`zda tutilgan edi. 2020yilda byudjetning daromad qismi 101,5 foizga, xarajat qismi esa 95,4 foizga bajarildi. Byudjet daromadlari va xarajatlari samaradorligini oshirish borasida ko`rilgan chora-tadbirlar o`tgan yilda byudjet taqchilligini YaIMga nisbatan 0,4 foizgacha pasaytirish imkonini berdi. Inflyatsiya. Qa`tiy monetar va fiskal siyosat yuritish, shuningdek, pul agregatlarini tartibga solishga oid chora-tadbirlarning amalga oshirilganligi ijobiy natijalar berdi hamda baholar o`sishi sur`atlarining sezilarli darajada pasayishiga olib keldi. 2020yilda iste`mol baholari indeksining o`rtacha oylik o`sish sur`ati 0,3 foizga, yillik o`sishi 3,8 foizga teng bo`ldi, bu esa so`nggi yillardagi eng past ko`rsatkichdir. Ulgurji narxlar darajasi va YaIM deflyatori ham mos ravishda pasaydi. Pul massasini tartibga solishning yangi vositalaridan keng foydalanish monetar omillarning inflyatsiya jarayonlariga ta`sirini to`liq bartaraf etish imkonini berdi. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling