Rivojlangan Xorijiy davlatlarda ta’lim tizimi. Germaniya va Angliyada ta’lim tizimi. Mundarija
Download 314.45 Kb.
|
rivojlangan mamlakatlarda ta`lim tizimi
Germaniyada ta’lim tizimi Maktabgacha tarbiya tizimi Germaniya ta’lim tizimida ham muhim bosqich hisoblanadi. Uning 100 yildan ortiq tarixi bor. Bolalar bog’chalari ta’limning quyi bosqichi hisoblansada, lekin u davlat tizimi tarkibiga kirmaydi. Bog’chalarni mablag’ bilan ta’minlash turli jamoat tashkilotlari, hayriya birlashmalari, korxonalar, xususiy shaxslar, diniy muassasalar zimmasidadir. Ota-onalar bolalar bog’chalariga o’z farzandlarini tarbiyalayotganliklari uchun ancha miqdorda pul to’laydilar. 3 yoshdan 6 yoshgacha bolalarning 80% bog’chalarga qatnaydi. Germaniyada odatda bolalar bog’chada tushgacha tarbiyalanadilar. Kunning yarmida esa uyda, oilada bo’ladilar. Germaniyada kuni uzaytirilgan bog’chalar ham bor. Oliy maktab o’z-o’zini boshqarish huquqiga ega. Oliy o’quv yurtini shtatdagi rektor yoki bir necha yilga saylangan Prezident boshqaradi. O’z-o’zini boshqarishda vazifalari aniq taqsimlab berilgan bir necha guruhlar bosqichma-bosqich ishtiroki printsipiga amal qilinadi. Uning tarkibiga professor- o’qituvchilar, o’quvchilar, ilmiy xodimlar va boshqa xodimlar kiradi. Talabalar o’qishi erkin tashkil etilgan. Ko’p sonli o’quv bosqichlari bilan birga o’quv rejalari taklif etiladi. O’qishga haq to’lanmaydi. Agar talaba yoki ularning ota-onalari oziq- ovqat harajatlarini ko’tara olmasa o’qish uchun moliyaviy yordam ko’rsatish to’g’risidagi federal qonunga ko’ra ular moliya yordamida oladilar. Bu yordamning yarmi stipendiyaga qo’shib berilsa, ikkinchi yarimi qarz tariqasida beriladi. Mamlakatda ta’limning isloh qilish masalasi ko’pdan buyon muhokama qilinmoqda, bunda o’quv jarayonini qisqartirish taklif qilinmoqda. Hozir universitetlarda talabalar 7 yil o’qiydi. Ular o’qishga kirganlariga qadar korxonalarda bir necha yil ishlashlari yoki bundesverda xizmat qilishni hisobga olsak, talabalar haqiqiy mehnat faoliyatlarini ancha kech boshlayotganligini tushunamiz. Germaniyada Xalq universitetlari mavjud bo’lib, ular partiya va dindan tashqari muassasa. Ularning ko’pchiligi kechki bo’lib, faqat 1989 yilda universitetlarda 400000 kurslar tashkil etilgan va bu kurslarda, 5,5 mln. tinglovchi malaka oshirgan. Davlat malaka oshirganlarni rag’batlantiradi va bu uchun har yili 5,5 mln. marka mablag’ ajratadi. Malaka oshirish kurslarida o’qish davrida tinglovchilarga mablag’ bilan moliyaviy yordam beradilar. Asosan ishsizlar o’z malakasini oshirish imkoniyatlaridan ko’proq foydalanadilar va bu bilan ish topishlari tezlashadi. Yarim yil davomida malaka oshirgan ishchilarning 75% ish bilan ta’minlanadi. CHerkovlar ham fuqarolarning bilim darajalarini oshirishda faol ishtirok etadi. Yevangelь cherkovi o’zining 15 akademiyasida dolzarb mavzular bo’yicha konferentsiyalar tashkil etadi.Katoliklar malaka oshirishda nikoh, oila masalalariga, teologiya va madaniyat sohalariga katta ahamiyat beradilar. Oliy o’quv yurtlarida tadqiqot bilan shug’ullanish ularning qadimiy an’analaridan biri. O’tgan asr boshlarida Vilьgelьm fon Gumbolьdt pruss universitetlarini isloh qildi, o’shandan beri «Tadqiqot va o’qitish birligi» ularning hayotiy printsiplariga aylanib qolgan. Oliy o’quv yurtlari tadqiqotlarining asosiy yo’nalishi-fundamental amaliy tadqiqot bo’lib, ularga boshqa ilmiy-tekshirish institutlari, sanoat laboratoriyalari yaqindan yordam beradi. Germaniya ta’limi o’ziga xos yo’nalishga, juda murakkab tizimga ega. SHu bilan bir qatorda hozirda Germaniyada ta’lim tizimini isloh etish yo’lida yangi izlanishlar olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgach, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohaning barcha tarmoqlari kabi xalq ta’limining chet mamlakatlar ta’lim muassasalari bilan hamkorligi uchun keng imkoniyatlar ochildi. Ayniqsa, Germaniya ta’lim vazirligi va o‘quv tarbiya jamoat tashkilotlari bilan o‘zaro aloqalar tez rivojlanib bormoqda. Garchi vazirliklar darajasida bitimlar imzolanmagan bo‘lsa-da, «Nemis xalqaro rivojlanish fondi», «Adenauer jamg‘armasi», «Gyote instituti» bilan munosabatlarning o‘rnatilishi Respublikamiz istiqloli bilan tengdoshdir. SHu munosabatlar doirasida ssminarlar, konferensiyalar, darsliklar, ko‘rgazmalar, o‘zaro ta’lim sohasida tajriba almashtirishlar bo‘lib o‘tmoqda. Ayni paytda bu hamkorlikning yangi-yangi shakllari izlanmoqda. Ta’kidlab o‘tish joizki. Germaniyaning bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘li bizning Respublikamizdagiga o‘xshab ketadi. Ikki German davlati birlashgandan keyin sobiq Germaniya Demokratik Respublikasida ta’limni isloh qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ham bizning sharoitimizga mos va maqbul keladi. Germaniyaning hozirgi davr ta’lim tizimidagi asosiy muammosi sobiq GDRdagi ta’limni bir xil milliy me’yorga solishdan iboratdir. Buning uchun to‘la imkon bor. Zotan, Germaniyada shakllangan ta’lim tizimi, mazmun va uslublari, qaror topgan, xodimlar tayyorlash va qayta tayyorlash tamoyili mavjud. Asosiy vazifa sobiq GDRdagi ta’lim tuzilmasini yangi me’yorga va o‘lchovga tushirish, oddiygina usul bilan GFRdagi ta’lim tizimiga o‘tkazib qo‘yishdan iborat. To‘g‘ri, bu «oddiygina» ishning o‘ziga xos muammolari ham bor. Birinchi muammo ta’limdagi bu o‘zgarishni amalga oshirish uchun mablag‘ning etishmasligi bo‘lsa, ikkinchisi sobiq GDRdagi pedagogik jarayon ishtirokchilarining bu «to‘ntarish»ga munosabati masalasidir. Ta’limni mazmunan va usluban ta’minlash, boshqarishni tashkil etish va uning tarkibini tubdan o‘zgartirishga esa dolzarb zaruriyat ham yo‘q. Avvalambor shuni ta’kidlash kerakki, Germaniyada ta’lim davlat va jamiyat tomonidan e’tibor berilayotgan soha bo‘lib, u mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishga barakali hissa qo‘shib kelmoqda. Maktabgacha tarbiya Maktabgacha tarbiya Germaniya ta’lim tizimida muhim bosqich hisoblanadi. Uning 100 yildan ortiq tarixi bor. Bu mamlakat maktabgacha tarbiya tizimi barcha german elatiga kiruvchi xalqlar uchun ham umumiydir. Ta’kidlash kerakki, garchi bolalar bog‘chalari ta’limning quyi bosqichi hisoblansada, lekin u davlat ta’lim tizimi tarkibiga kirmaydi. Eski erlardagi (sobiq GDRga kirmagan erlar) 24000 dan ortiq bog‘chalarni mablag‘ bilan ta’minlash turli jamoat tashkilotlari, hayriya birlashmalari, korxonalar, xususiy shaxslar, diniy muassasalar zimmasidadir. Lekin ota-onalar bolalar bog‘chalariga o‘z farzandlarini tarbiyalaganliklari uchun ancha miqdorda pul to‘laydilar. 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 80 foizi bolalar bog‘chalariga qatnaydilar. Bolalar bog‘chalarida ta’lim tabaqalashtirib olib boriladi. Bu mamlakat tarkibiga kirgan sobiq Germaniya Demokratik Respublikasida 95 foiz bolalar bogchalarga tortilgan bo‘lib, u erda bolalar 3 yoshga to‘lguncha yaslilarda tarbiyalanganlar. Albatta, sobiq GDRda maktabgacha tarbiya muassasalariningbarchasi davlat tasarrufida bo‘lgan. SHarqiy Germaniyada maktabgacha tarbiya muassasalarining keng tarmoqli bo‘lishi ko‘pchilik onalarning ijtimoiy mehnat faoliyati bilan bog‘liq edi. Germaniya bolalar bog‘chalarida odatda bolalar tushgacha tarbiyalanadilar Kunning ikkinchi yarmida esa uyda, oilada bo‘ladilar. Germaniyada kuni uzaytirilgan bog‘chalar ham mavjud. Maktab ta’limi Majburiy ta’lim 6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga tegishli, ya’ni bu jarayon 12 yil davom etadi. Bundan 9 yillik (ba’zi bir erlarda 10 yil) maktabda to‘la haftalik o‘qishini bitiradi, keyin hunar-texnika bilim yurtida to‘la bo‘lmagan haftalik o‘qishida o‘qiydi. O‘qish davlat maktablarida tekin. Maktab o‘quvchilariga o‘quv qo‘llanmasi, asosan darsliklar tekin ta’minlanadi. Ta’lim dastasini turli tashkilotlar, fondlarning xususiy maktablari to‘ldiradi, ularga mahalliy hokimiyat tegishli moliyaviy yordamini beradi. Ammo davlatga tegishli bo‘lmagan xususiy maktablar mamlakatda juda ham ozchilikni tashkil etadi. Germaniyada maktab ta’limi qanday qurilgan va u erda ish qanday tashkil etilgan? Tabiiyki, Germaniyadagi maktab ta’limi tizimining umumiy jihatlari ustida to‘xtaladigan bo‘lsak, ular quyidagilardan iborat: Download 314.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling