Rivojlangan Xorijiy davlatlarda ta’lim tizimi. Germaniya va Angliyada ta’lim tizimi. Mundarija


Download 314.45 Kb.
bet8/9
Sana21.06.2023
Hajmi314.45 Kb.
#1640661
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
rivojlangan mamlakatlarda ta`lim tizimi

Xalq universitetlari
Xalq universitstlariga XIX asr oxirlarida Skandinaviya namunasiga ko‘ra asos solindi. Uning ham amaliy, ham nazariy ahamiyati bor. Germaniya Federativ Rsspublikasining garbiy qismida qariyb 85 ta xalq universitetlari bo‘lib, joylarda ularning 3800 filiallari ham ishlab turibdi. Ular asosan jamoa, tuman yoki ro‘yxatdan o‘tgan jamiyatlar tasarrufidadir. Viloyatlar ularni pul mablag‘i bilan ta’minlab turadilar.
Xalq universitetlarining ko‘pchiligi kechki, ularni internat xalq universitetlari to‘ldiradi. Xalq universitetlarida har yili 900 000 gacha kurslar tashkil etilib, 4-5 million tinglovchi malaka oshiradilar.
Davlat malaka oshirganlarni ragbatlantiradi va bu maqsad uchun har yili 5,5 mln. marka mablag‘ ajratadi. Malaka oshirish kurslarida o‘qish davrida tinglovchilarga mablag bilan moliyaviy yordam beradilar. Kurslar va o‘quv qo‘llanmalari xarajatlari to‘la yoki qisman davlat tomonidan to‘lanadi. Asosan ishsizlar o‘z malakasini oshirish imkoniyatlaridan ko‘proq foydalanadilar va bu bilan ish topishlari tezlashadi. YArim yil davomida malaka oshirish kurslarini tugatganlarning 75 foizi ish bilan ta’minlanadi. Xalq universitetlarida taklif qilingan o‘quv yo‘nalishlari xilma-xildir. Malaka oshirish sohasida kasaba uyushmalarining ham dastur-lari turli-tumandir. Xalq universitetlari nemis kasaba uyushma birlashmalari, ishchilar birlashmalari bilan hamkorlik qiladilar. «Mehnat va hayot» – bu erda ishchilar yaa xizmatchilar korxona Nizomiga muvofiq sug‘urta va mehnat huquqi doirasida iqtisodiy va ijtimoiy siyosat kurslarida va boshqa kurslarda o‘qishlari mumkin. Korxonalar kengashi a’zolari, xodimlari va boshqa funksionerlar maxsus akademiyalarda malaka oshiradilar.
CHerkovlar ham fuqarolar bilim darajalarini oshirishda faol qatnashadilar. Evangel cherkovi o‘zining 15 akademiyasida dolzarb mavzular bo‘yicha konferensiyalar tashkil etadi. Katoliklar malaka oshirishda nikoh, oila masalalariga, texnologiya va madaniyat sohalariga katta ahamiyat beradilar.
Siyosiy partiyalarga yaqin bo‘lgan fondlar ham malaka oshirishni asosiy vazifalaridan biri deb biladilar. Bunga Kondrad Adinauer (XDS) fondi, Fridrix Zbert (SDPG) fondi, Fridrix Nauman (SVDP) fondi, Gans Zaydel (XSS) fondi, «Rsshanbogay» («Kamalak», «YAshillar») birlashgan fondlari kiradi. Aholi umumta’lim darajasini oshirishda 1000 dan ortiq kurslar tagakil etgan sirtqi xususiy institutlar ham o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. 1989 yilda bu kurslarda qariyb 140000 kishi ta’lim oldi, shulardan 40000 kishi yangi federal viloyatdandir. Bu erda garbdagiga o‘xshab malaka oshirish bo‘yicha ko‘pqirrali muassasalar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.
Germaniya Federativ Respublikasida tadqiqot ishlari 3 turdagi yo‘nalishda olib boriladi: oliy o‘quv yurtlarida, davlat va xususiy institutlarda, ilmiy-tekshirish bo‘linmalarida.
Oliy o‘quv yurtlarida tadqiqot bilan shug‘ullanish ularning qadimiy an’analaridir. O‘tgan asr boshlarida Vilgelm fon Gumboldt pruss universitetlarini isloh qildi, o‘shandan beri «tadqiqot va o‘qitish birligi» ularning hayotiy prinsiplari bo‘lib qoldi. Hozirgi kunda ham shunday oliy o‘quv yurtlari uchraydiki, ularda olimlar mustaqil yoki bir guruh holda tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanadilar. Ammo yuqori chiqim bilan bogliq tadqiqotlar, eng avvalo tabiiy fanlar bo‘yicha o‘tkaziladigan tadqiqotlarni yirik jamoalarda qimmatbaho tshnikani ishlatish orqali amalga oshirish mumkin. Ular juda katta mablag sarflashni talab etadiki, ba’zan bu summa milliardlarni tashkil ztadi.
Oliy o‘quv yurtlari tadqiqotlarning asosiy yo‘nalishi – fundamental amaliy tadqiqot bo‘lib, ularga boshqa ilmiy-tekshirish institutlari, sanoat laboratoriyalari yaqindan yordam beradi. Bu ularning nazariy bilimlarini amalda tadbiq qilish imkoniyatini beradi. Dyusseldorf, Rettingon, Xaydelburg, Mayns va Myunxendagi oliy o‘quv yurtlari va Fanlar Akadsmiyasi mustahkam aloqa o‘rnatganlar. Ular o‘zaro ilmiy axborotlar bilan almashib turadilar, ijtimoiy fanlar, masalan, ensiklopediya nashr etish kabi uzoq muddatli loyihalarni qo‘llab-quvvatlaydilar. Oliy o‘quv yurtidagi tadqiqotlarni Nemis Tadqiqotlari Jamiyatiiing yordamisiz tasavvur qilish mumkin emas.
YUqoridagi ma’lumotlardan ma’lum bo‘ldiki, Germaniya ta’limi o‘ziga xos yo‘nalishga, juda murakkab tizimga ega. Germaniya davlatida, taraqqiy etgan davlatlar qatoridan o‘rin olishda o‘zini oqlab kelayotgan ta’lim tizimi mavjud.

Xulosa
Shuni ta`kidlash lozimki, iktisodiy rivojlangan davlatlarda 80- yillarda tabiiy ilmiy ta`lim dasturi tarkibiga fizika, ximiya, biologiya, ba`zi xollarda astranomiya, geologaya, mineralogiya, fiziologiya, ekologiya elementlari kiritilib, u AK,Sh va Fransiyada 4 yil, Buyuk Britaniyada 6 yil, Germaniyada 2 yil ukitiladi. Ukuv predmetlarini integratsiyalash jarayonida yangi-yangi kurslar paydo bula boshladi. Fransiyada 70-80-yillarda tuliksiz urta maktablar ukuv dasturidagi tabiiy-ilmiy va gumanitar turkumiga eksperimental, iktisodiy gumanitar kurslar kiritiladi.


Xozirgi paytlarda rivojlangan mamlakatlar ukuv dasturiga integratsiyalashtirilgan kurslarni kiritish tula amalga oshirishdi.
Maktablarda amalga oshirilayotgan isloxotlar ta`lim ishini tabakalashtirish muammolarini keltirib chikardi. Iktisodiy rivojlangan xorijiy mamlakatlarda ta`limni tabakalashtirish engdolzarb masalaga aylangan. Ta`lim oluvchilarni tabakalashtirib ukitish xorijiy mamlakatlarda asosan boshlayetich ta`lim kursidan keyin amalga oshiriladi. Masalan, fransuz pedagoglari ta`lim jarayonida sinf ta`lim oluvchilarini uch tabakaga ajratib ukitishnn afzal kuradilar.
Bularkuyidagilar :


  1. Gomogenlar — matematika va gumanitar yunalishda ish olib borsa buladigan ta`lim oluvchilar.

  2. Yarim gomogen — tabiiy turkumdagi fanlarni uzlashtira olishga moyil ta`lim oluvchilar.

  3. Gegeron — barcha predmetlarni xar xil saviyada uzlashtiradigan ta`lim oluvchilar va xokazo.

Tabakalashtirish jarayoninig yangi muxim yunalishi tuldiruvchi ta`limni rivojlantirish bulib kolmokda.


Ukuv jarayonlarini tabakalashtirib olib borish buyicha chet mamlakatlarining kupchiliida tadkikotlar davom ettirilmokda.
Rivojlangan davlatlarda iktidorli bolalarga e`tibor tobora ortib bormokda. Keyingi davrlarda uz tengdoshlariga nisbatan kobiliyatda bir necha barobor ilgarilab ketgan bolalar kuplab topilmokda. Ular ukuvni jud erta boshlab ta`lim kurslarini uzlashtirishda katta shov - shuvlarga sabab buladigan darajada muvaffakiyatlarga erishadilar. Shunday iktidorlar maktabi Garbda 60 - yillardayok paydo bulgan edi. Bunday maktablarning ukuv dasturlari bolalar kobiliyati va imkoniyatini tula ruyobga chikarishni ta`minlab berish darajasida murakkab tuzilgan. Kobiliyatli bolalar bilan ishlash dasturlari AKShda keng kuloch yoygan. Ayrim shaxarlarda kobiliyatli bolalar boFchalari ochilgan bulib, ularda 4-5 yoshli ta`lim oluvchilarmaktab dasturida ukitiladilar. AKShda “Merit” dasturi asosida xar yil yukori sinflar va kollejlardan eng kobiliyatli bolalardan 600 mingtasi tanlab olinadi. Ular urtasida test sinovlari utkazilib eng kobiliyatli 35 ming ta`lim oluvchi tanlab olinadi va ukitiladi. Ularga turli imtiyozlar, stipendiyalar, yaxshi shart - sharoitga ega bulgan turarjoy, eng oliy darajadagi universitetlarga kabul va boshkalar amalga oshiriladi. Lekin iktidorli bolalarga karama - karshi kutbda turgan akli zaif ta`lim oluvchilarning takdiri xam xorijlik xamkasblarnitobora tashvishlantirmokda, bunday xolni kelib chikish sabablarini urganish, oldini olish buyicha kupgina profilaktik ishlar olibborilmokda va ular uchun maxsus maktablar ochilmokda.

Germaniya maktablarida sinfda ta`lim oluvchilar sonini kiskartirish sari yul tutilgan. Bunday ta`lim oluvchilarni - xar biriga individual paketlar (topshiriklar) tarkatiladi. Toshiriklarni ta`lim oluvchi mustakil bajaradi, lozim bulganda u pedagogdan konsultatsiya oladi.

Yukorida bayon kilinganlardan kuzda tutilgan maksadlari :
maktablarning insonparvarlik, umuminsoniylik yunalishlarini kuchaytirish.


  • ta`lim oluvchi shaxsini shakllantirishning eng samarali yullarini kidirib topish.

  • tarbiyaning yangi formalarida - ta`lim oluvchilar kengashi, maktab kengashlaridan, tarbiyaviy uyinlardan foydalanish.

  • maktab ukuv dasturlarini ixtisoslashtirish, fanlarning uzaro alokasini mustaxkamlash, takomillashtirish.

  • maktabni mexnat, insoniy faoliyat bilan yakinlashtirish, kasbga yunaltirish ishlarini kayta tashkil etish.

  • tabakalashtirib ukitishni yulga kuyish, maxsus ukuv muassasalarini (xam talantlar, xam akliy, jismoniy zaif ta`lim oluvchilar uchun) rivojlantirish.

  • yangi, ya`ni ukuv texnik vositalarini ta`limdagi salmokni oshirish, pedagoglar korpusida kompyuter ta`limini yulga kuyish.

  • pedagogik F0yalarni amalga oshirishda keng kamrovli eksperiment tadkikotlarni amalga oshirishdan iborat dir.

Chet el ta`limidagi bunday ibratli jixatlarni Vatanimiz ta`lim tizimlarida kullash Resublikamizda ta`lim—tarbiya ishlarini islox kilish jarayonini tezlashtiradi.

Insoniyat jamiyatining xozirgi zamon rivojlanish darajasi mustakil respublikamiz ijtimoiy xayotining barcha soxalarida amalga oshirilayotgan tub uzgarishlarda uz aksini topmokda.

Mamlakatimizda ta`lim oluvchi-yoshlarning ijodiy F0yalarini xar tomonlama kullab-kuvvatlash xamda raFbatlantirish maksadida keng kulamli isloxotlar olib borilmokda. Xususan, yoshlarning ilmiy- tadkikot va innovatsiya faoliyatini rivojlantirish maksadida Vazirlar Maxkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi “Xalk ta`limi tizimida ta`lim sifatini baxolash soxasidagi xalkaro tadkikotlarni tashkil etish chora - tadbirlari tuFrisida”gi 997-sonli karori kabul kilindi. Mazkur karor ijrosini ta`minlash maksadida Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi xuzuridagi Ta`lim sifatini nazorat kilish davlat inspeksiyasi, Xalk ta`limi vazirligi, Tashki ishlar vazirligi xamda Moliya vazirligining xalkaro baxolash dasturlari buyicha xalkaro tadkikotlarni tashkil etishi belgilandi.

Endilikda boshlang`ich 4-sinf ta`lim oluvchilarining matnni ukish va tushunish darajasini baxolash uchun Progress in International Reading and Literacy Study (PIRLS) tadkikoti joriy etiladi.

Shuningdek, Trends in International Mathematics and Science Study (TIMSS) tadkikotidan 4 va 8-sinf ta`lim oluvchilarining matematika va tabiiy yunalishdagi fanlardan uzlashtirish darajasini baxolash uchun foydalaniladi.



The Programme for International Student Assessment (PISA) tadkikoti 15 yoshli ta`lim oluvchilarning ukish, matematika va tabiiy yunalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baxolash uchun kullaniladi.
The Teaching and Learning International Survey (TALIS) - raxbar va pedagog kadrlarning umumiy urta ta`lim muassasalarida ukitish va ta`lim olish muxitini xamda pedagoglarning ish sharoitlarini urganish uchun joriy etish kuzda tutilgan.
Karorga kura, Uzbekistan Respublikasi Vazirlar Maxkamasi xuzuridagi Ta`lim sifatini nazorat kilish davlat inspeksiyasi xuzurida Ta`lim sifatini baxolash buyicha xalkaro tadkikotlarni amalga oshirish milliy markazi tashkil etildi.
Milliy markazning asosiy vazifalari va faoliyatining yunalishlari etib kuyidagilar belgilandi:
xalkaro tadkikotlarni tashkil etish xamda muvofiklashtirishda Uzbekiston Respublikasining vakili sifatida ishtirok etish;

  • ta`lim tizimida ukish, matematika va tabiiy yunalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini rivojlantirishning innovatsion metodlarini ishlab chikish va joriy etishga yunaltirilgan ilmiy izlanishlar olib borish;

  • ta`lim sifatini baxolash soxasida xalkaro alokalarni urnatish, xalkaro loyixalarni ishlab chikish va amalga oshirish, xalkaro ilmiy anjumanlar va simpoziumlarni tashkil etish va utkazishda ishtirok etish;

  • ta`lim sifatini baxolash soxasida fundamental va amaliy tadkikotlar utkazish;

  • ta`lim sifatini baxolash buyicha tadkikotlarni ilmiy va uslubiy jixatdan kullab-kuvvatlash;

  • umumiy urta ta`lim muassasalarining xalkaro tadkikotlarda muvaffakiyatli ishtirok etishini ta`minlash;

  • Uzbekiston Respublikasining xalkaro baxolash dasturlarida kayd etgan natijalarini boshka davlatlar natijalari bilan kiyosiy takkoslash;

  • xalkaro baxolash dasturlarini ta`lim jarayoniga joriy etish buyicha tizimli monitoring olib borish, ushbu soxadagi i^or tajribani ommalashtirish va uning asosida ta`lim muassasalari uchun tavsiyalar va kullanmalar ishlab chikishda ishtirok etish;

  • ukitishning innovatsion usullaridan foydalangan xolda ukish, matematika va tabiiy yunalishdagi fanlar buyicha pedagog kadrlarning malakasini oshirish buyicha ukuv-uslubiy tavsiyalar tayyorlash.

Ta`lim oluvchilarning bilim va malakasini umumiy ravishda taxlil kilish mamlakatdagi ta`lim sifati darajasini belgilaydi. Shu maksadda ukuv yili davomida xar bir ta`lim muassasasida ichki va tashki monitoring utkazib boriladi. Uning natijasiga kura, eng namunali maktablar ketma-ketligi, pedagoglar saloxiyati va ta`lim oluvchilarning uzlashtirish darajasi aniklanadi. Bu jarayon ta`lim tarakkiyotini belgilovchi muxim mezon bulgani uchun Xalk ta`limi vazirligi tashabbusi bilan umumiy urta ta`lim maktabi ta`lim oluvchilari bilimini baxolash buyicha xalkaro dasurlarni amaliyotga joriy etish maksadida ilk kadamlar tashlandi. Ya`ni, ta`lim oluvchilar bilimini xalkaro talablarga yetkazish, unga mosligini urganib borish maksadida PISA (Programme for International Student Assesment), TIMSS (Trends in Mathematics and Science Study) kabi baxolash dasurlarini keng kullash rejalashtirilmokda.

PISA - 15 yoshli ta`lim oluvchilarning savodxonligi va kompetensiyasini baxolovchi xalkaro dastur bulib, Xalkaro Iktisodiy xamkorlik va rivojlantirish tashkiloti tomonidan 3 yilda bir marta utkaziladi. Unda ta`lim oluvchilarning bilim sifati ukish, matematika va tabiiy fanlar buyicha monitoring kilinadi va ballik tizimda baxolanadi. Ushbu xalkaro dasur 1997 yili ishlab chikilib, 2000 yilda ilk marotaba amaliyotda skullangan. Dastur kumagida turli davlatlar ta`lim tizimidagi uzgarishlar aniklanadi, solishtiriladi, baxolab boriladi. Bu tadkikotlarning natijasi dunyo buyicha katta kizikish bilan kuzatib kelinadi. Shu bois yildan-yilga uning axamiyati va kamrovi oshib boryapti.


Misol uchun, 2000 yilda dastur testlarida 32 davlatdan 265000 nafar ta`lim oluvchi ishtirok etgan bulsa, 2018 yilda bu kursatkich 2 barobarga otpishi, ya`ni 78 davlatdan 540000 nafardan ziyod ta`lim oluvchikatnashishi kutilmokda. X,ar bir davlatdan ishtirok etuvchi ta`lim oluvchilar soni mamlakatdagi jami 15 yoshli bolalarning 2 foizi mikdorida shakllantiriladi. PISA dasturi test sinovlari Iktisodiy xamkorlik va rivojlantirish tashkiloti tomonidan yetakchi xalkaro tashkilot va milliy markazlar ishtirokida tashkil etiladi.
TIMSS- maktabda matematika va tabiiy fanlarni ukitish sifatining xalkaro monitoringi bulib, Ta`lim yutuklarini baxolash xalkaro assosatsiyasi (IEA) tomonidan tashkil etiladi. Ushbu tadkikot turli davlatlardagi 4- va 8-sinf ta`lim oluvchilarining matematika va tabiiy fanlar buyicha egallagan bilim darajasi va sifatini solishtirish xamda milliy ta`lim tizimidagi farklarni aniklashga yordam beradi. kushimcha ravishda maktablarda matematika va tabiiy fanlar buyicha berilayotgan ta`lim mazmuni, ukuv jarayoni, ukuv muassasasi imkoniyati, pedagoglar saloщiyati, ta`lim oluvchilarning oilalari bilan boFlik omillar urganiladi. Ushbu ma`lumotlar belgilangan fanlarni uzlashtirish xolatini kursatishda asos buladi.
Tadkikot turt yilda bir marta dunyoning kuplab ilmiy-tadkikot markazlari va tashkilotlari, xususan, AKShiing ta`lim soxasidagi test xizmatlari (ETS-Educational Testing Services), Kanadaning statistik markazi (Statistic Canada), Ta`lim yutuklarini baxolash xalkaro assosatsiyasi (GEA)ning Sekretariati ishtirokida utkaziladi. Shuningdek, turli davlat mutaxassislaridan iborat maslaxat kumitalari tashkil etiladi.
STEAM-xozirgi kunda dunyo ta`lim tizimining eng asosiy urf bulgan innovatsion metodlaridan biri xisoblanadi. Bir karaganda STEAM abbreviaturasi juda murakkab kurinadi, lekin uni aloxida kuradigan bulsak sodda va anik ekanini kurishimiz mumkin, ya`ni: S - science, T - technology, E - engineering, A - art, M - mathematics, yoki tabiiy fanlar, texnologiya, muxandislik san`ati, ijod, matematika. Oddiy suz bilan aytganda, zamonaviy dunyoda eng kup talab etilayotgan fanlardir.


Download 314.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling