Rivojlanish falsafasi bilish nazariyasi
Download 0.84 Mb.
|
Rivojlanish falsafasi bilish nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rivojlаnish fаlsаfаsi Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyutsiyasi.
Rivojlanish falsafasi bilish nazariyasi.Reja:
Аxborot sivilizatsiyasi davriga qadam qoʼyayotgan hozirgi zamon kishisi uchun jadal surʼatlarda oʼzgarayotgan dunyo haqidagi tasavvur uning dunyoqarashining ajralmas tarkibiy qismidir. Аmmo rivojlanayotgan dunyoning yaxlit nazariy obrazini yaratish – ogʼir va mashaqqatli vazifa. Uni yechishning falsafiy yoʼli ikki yarim ming yil muqaddam boshlangan boʼlib, shundan beri oʼtgan davr mobaynida rivojlanish falsafasi shakllangan va bosqichma-bosqich atroflicha ishlab chiqilgan. Falsafaning mazkur boʼlimi rivojlanish muammosini turli nuqtai nazarlardan oʼrganuvchi kontseptsiyalarni oʼz ichiga oladi. Ularning orasida dialektika, metafizika va sinergetika alohida oʼrin egallaydi. Ularning ayniqsa keng eʼtirof etilgani va mufassal ishlab chiqilgani dialektikadir. Rivojlаnish fаlsаfаsi Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyutsiyasi. Dialektika nima, uning mazmuni nimadan iborat, rivojlanishning dialektikaga muqobil qanday kontseptsiyalari mavjud? Dialektikaning tarixiy shakllari va xususiyatlari .«Dialektika» (yunon. dialektike – suhbat qurish sanʼati) soʼzining «dialog» (yunon. dialogos – ikki yoki bir nechta suhbatdoshlar soʼzlashuvi) soʼzi bilan umumiy jihatlari bisyor. Dastlab dialektika bahslashish, munozara qilish sanʼati sifatida tushunilgan, bunda fikrlar, qarashlar qarama-qarshiligi vositasida haqiqatning tagiga etish maqsadida muammoni oʼzaro manfaatdor muhokama qilishga qaratilgan munozara nazarda tutilgan. Dialektik – bu savol berish va javob qaytarishga usta odam, deb hisoblangan. Stixiyali dialektika. Keyinchalik qadimgi mutafakkirlar ziddiyatlilik va oʼzgaruvchanlik fikr-mulohazalardagina emas, balki real borliqda ham mavjud ekanligini payqaganlar. Bu faktning tagiga yetgan ilk mutafakkirlardan biri efeslik Geraklit boʼlgan. U dunyoni «jonli olov» yoki «ikki marta kirish» mumkin boʼlmagan daryo oqimi sifatida tasavvur qilgan. Harakatchan dunyoda zamon oʼtishi bilan hamma narsa oʼzining dastlabki shakl-shamoyilini yoʼqotadi va asta-sekin oʼzining qarama-qarshiligiga oʼtadi: hoʼl narsa quriydi, quruq narsa esa nam tortadi; bir narsa boshqa narsaga: sovuq issiqqa, tirik oʼlikka oʼtadi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling