Rivojlanish istiqbollari dissertatsiya


Download 0.82 Mb.
bet2/22
Sana20.02.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1215475
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
dddddddddd

Kalit so’zlar: Madaniy turizm, ichki va tashqi turizm,moddiy meros,mahalliy turizm, madaniy iste'mol, tarixiy va ziyoratgoh joylar, madaniy joylar.
Аннотация:В данной научной работе показаны развитие культурно-исторического и паломнического туризма в стране, факторы воздействия пандемии на туризм, роль и значение внутреннего туризма и направления их развития, методы эффективного использования туристских ресурсов в регионы.
Ключевые слова: культурный туризм, внутренний и внешний туризм, материальное наследие, местный туризм, культурное потребление, исторические и паломнические объекты, объекты культуры.
Annotation: The article describes the development of cultural tourism in the country, the impact of the pandemic on tourism, the role and importance of domestic tourism and their development, and ways to effectively use tourist resources in the regions.
Key words: Cultural tourism, internal and external tourism, material heritage, local tourism, cultural consumption, historical and pilgrimage sites, cultural sites.


KIRISH
Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va dolzarbligi. Turizm sohasi dunyo iqtisodining eng jadal rivojlanayotgan sohalaridan biridir. Uning keng qamrovli taraqqiyoti esa, ko‘plab mamlakatlar uchun katta daromad manbaiga aylanib bormoqda. Qisqa davr mobaynida u ayrim mamlakatlarda milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlaridan biriga, milliy daromadni shakllantirishning asosiy manbaiga aylandi.
Turizm XXI asrda jahon iqtisodiyotiga juda katta ijobiy ta’sir qiluvchi ijtimoiy-iqtisodiy soha sifatida kirib keldi. Butunjahon turizm tashkilotining ma lumotlari bo‘yicha, dunyoda ishlab chiqarish va servis aylanmasining 10 foizi turizmga to‘g‘ri kelmoqda. Keyingi 20 yil ichida xalqaro turizmning rivojlanishi dunyo bozorida tovar va xizmatlarning kuchli eksport qilinayotganligi bilan e’tiborlidir. Ya’ni turistik xizmatlarning eksporti 8 foiziga o‘sib, jahon bo‘yicha umumiy xizmatlar savdosining 30-35 foizini tashkil qilmoqda.
O’zbekistonning turizm sohasidagi imkoniyatlari juda katta va bu imkoniyatlardan to’la foydalanishga erishilsa, tarmoqning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi turizm yuqori rivojlangan va turistik bozorda peshqadamlik qilayotgan mamlakatlar safidan o’rin olish uchun imkoniyatlar mavjud. Bugungi kunda mamlakatimizda turizm jadallik bilan rivojlanib bormoqda va shu kunga qadar turizm sohasida ko’plab farmon, qaror va yangiliklar kuzatildi. Xususan, mamlakatimiz Prezidentining 2016-yil 2-dekabrda “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash choratadbirlari to‘g‘risida1” gi farmoni bu sohada muhim dasturi amal bo’ldi.
Ushbu farmonni ijrosini ta’minlash maqsadida mamlakatimizda turizmni jadal rivojlantirish, mavjud ulkan turizm salohiyatidan yanada to‘liq va samarali foydalanish, an’anaviy madaniy-tarixiy turizm bilan birgalikda turizmning boshqa salohiyatli turlarini — ziyorat qilish, ekologik, ma’rifiy, etnografik, gastronomik, sport, davolash-sog‘lomlashtirish, qishloq, sanoat, ishbilarmonlik turizmi va boshqa turlarini jadal rivojlantirish, bolalar, o‘smirlar va yoshlar turizmini, oilaviy turizmni, keksalar uchun ijtimoiy turizmni rivojlantirish hisobiga turizmning ijtimoiy ahamiyatini kuchaytirish, hududlarda yangi turizm yo‘nalishlarini tashkil etish, ularni pasportlashtirish, turizm yo‘nalishlari va turizm obyektlari bo‘yicha yagona milliy reyestrlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ichki, kirish va chiqish turizmini kompleks rivojlantirishning milliy va hududiy dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish kabi ustuvor vazifalar turizm sohasi vakillarining o’z oldiga qo’yildi. Yuqoridagi biz mutaxassislar oldiga qo’yilgan vazifalardan biri madaniy turizmni rivojlantirish jamiyatning yanada birlashishi, ayniqsa, millatlarao munosabatlarning mustahkamlashishida katta ahamiyatga ega ekanligi xalqaro tajribalarda ham e’tirof etilgan.
BMTning Jahon sayyohlik tashkiloti ma'lumotida 2015 yilda dunyo bo‘yicha 1 milliard 184 million sayyoh qayd etilgan bo‘lsa, 2016 yil yakuni bo‘yicha bu ko‘rsatkich 1 milliard 235 millionga ya'ni, 3.9 foizga oshgan. Sayohatchilarga ko‘rsatilgan eksport xizmatlari qiymati 2015 yilda qariyb 1,5 trillion AQSh dollarini tashkil qilgan. 2016–2017 yillarda ham bu raqamlarda katta tafovutni ko‘rish mumkin.
Bundan ko‘rinib turibdiki, sayyohlik sohasi bugungi kunning eng muhim iqtisodiy sohalaridan biriga aylandi. Shu bois dunyoning ko‘plab davlatlari ushbu sohani yanada rivojlantirish, bu borada tegishli infrastrukturani jahon standartlari darajasida yaratish va sayyohlar oqimini oshirish bo‘yicha barcha chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.
Darhaqiqat, O’zbekistonda madaniy turizm turini rivojlanishida oilaviy turistlarga turistik xizmatlar ko’rsatishda anchagina kamchilik va muammolar mavjud. Ushbu muammolarning mavjudligi va ularni hal qilishning obyektiv zarurat ekanligi O’zbekistonda turistik xizmatlarni takomillashtirish tadqiqotiga bag‘ishlangan mazkur mavzusining dolzarbligidan dalolat beradi.
Butunjahon turizm tashkilotining statistik ma’lumotiga ko‘ra, 2020-yilga borib xalqaro turistlaming soni 1,6 mlrd. kishini tashkil qilishi, turizmdan olinadigan daromad 2 trln. AQSH dollari bo‘lishi kutilmoqda. Turistik oqimning barqaror ravishda o‘sishi har yili 3-5 foizgacha ko'payadi, deb ta’kidlanadi.2
Kelajakda O‘zbekistonda kiruvchi va chiquvchi turizm bozorida turistik biznes nafaqat turizm industriyasi, balki milliy iqtisodiyotning turizmga turdosh bo’lgan bir qator boshqa sohalaming rivojlanishini ta’minlaydi. Shu tufayli, yurtimizga sayohat qiladigan mahalliy va xorijiy turistlarga sifatli xizmat ko‘rsatish uchun turizmni nazariy hamda amaliy jihatdan o‘rganish va bilish talab etilmoqda.
Turizm nafaqat o‘tmishni o‘rganish, o‘zga xalqlar va elatlar, ularning urf-odatlari, an’analari, milliy meroslari bilan tanishish, ularning madaniy yodgorliklaridan bahramand bo’lish, shu bilan birgalikda, katta biznes manbasi bo’lib hisoblanadi. Mazkur faoliyatni yo’lga qo'yish esa mutaxassislarga bog’liq bo’lganligi tufayli, yuqori malakali kadrlami tayyorlash hozirgi kunning muhim vazifalaridan biriga aylanmoqda. Ushbu vazifani amalga oshirishda mavjud o‘quv maskanlarida qator mutaxassislik fanlari o‘qitilib, ularda kasb ilmiga taalluqli muammolar o‘z yechimini topmoqda.
O‘zbekiston bu sohada hali ancha orqada ekanligini ko‘rish mumkin. Xususan, Butunjahon turizm va sayohatlar bo‘yicha kengashi (BTSK) tomonidan berilgan bahoga ko‘ra, O‘zbekiston sayyohlar tashrifi bo‘yicha dunyo mamlakatlari orasida 150-o‘rinni egallaydi.
Yurtimiz jahon sayyohlik bozorida o‘z o‘rniga ega bo‘lishiga qaramasdan, turistlarga qulay sharoit yaratish, servis xizmatini yaxshilash, sayyohlik obidalarining jozibadorligini oshirish va reklamani kuchaytirish darajasi juda past. Shuning uchun bu borada sezilarli o‘sish haqida fikr yuritish ana shu omillarga bog‘liq.
Ma'lumotlarga ko‘ra, ayni paytda turizmning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 2 foizni tashkil etadi. Bu judayam past ko‘rsatkich. Turizm faoliyatini amalga oshirgan firma va tashkilotlarning soni esa 433 tadan iborat.3

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling