Rivojlanish psixologiyasi va pedagogik psixalogiya


Bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan o’tkaziladigan guruhiy va individual tadbirlar


Download 299.5 Kb.
bet12/19
Sana04.04.2023
Hajmi299.5 Kb.
#1327450
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
Jurayeva Madinabonuning kurs ishi

Bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan o’tkaziladigan guruhiy va individual tadbirlar.
Boshlang’ich sinf o’quvchisi tarbiyaviy ta’sirlarni tanlashda, bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchi ham jamoat topshiriqlaridan chetga qolmasligi, balki bunday topshiriqlarga faol ishtirok etishiga e’tibor qaratmog’i lozim. O’quvchilarda bu topshiriqlarni bajarish jarayonida ongli tartib intizom va javobgarlik hissi shakllanadi.
Bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilarda o’qishga qiziqishni ortirish uchun turli xil ommaviy tadbirlarga jalb etish lozim, bu ularda irodaviy sifatlarni shakllantiradi.
Jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilarda o’qishda har xil turdagi yordam uyushtirishi lozim. Bunda yaxshi o’qiydigan bolalarga biriktirishi, har xil fanlar bo’yicha maslahatchilar guruhini tashkil e’tish lozim. O’qish va jamoat faoliyatlarida bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilarning kichik muvaffaqiyatiga ham e’tibor berish, maqtash muhim.
Ba’zi hollarda topshiriqlarni almashtirib turib, oldindan turlicha yordam ko’rsatib, o’ziga ishonch va hissiy faollikka undash uchun o’qishda va mehnatda muvaffaqiyat vaziyatlarini yaratish ham mumkin. Javobgarlik va tartib – intizom evaziga bazi o’quvchilarning o’zlashtirishi yaxshilanayotganligini doimo ta’kidlash lozim. Bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilar, tarbiyasi qiyin o’quvchilar bilan ishlashda ba’zi hollarda majburlash va bo’ysunish choralarini qo’llashlari mumkin, lekin ulardan foydalanish vaqti – vaqti bilan bo’lib, tarbiyaviy ta’sirining boshqa usullari bilan birgalikda olib boriladi. Talabchanlik, adolatli, to’g’ri va me’yoriy bo’lish lozim.
Bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchi shaxsining irodaviy intelektual va hissiy sohalarida o’zaro muvofiqlik yo’qligini hisobga olib, topshiriqlarini va o’z – o’zini tarbiyalash vositalarini topishda har kuni yordam ko’rsatish lozim. Bu ishlarni xulosa qilganda jamoa oldida qo’llab quvvatlash orqali ularni rag’batlantirishi mumkin.


O’quvchilarda o’zlashtirmaslikni bartaraf etish bo’yicha tadbirlar tizimi.
Bo’sh O’zlashtiruvchi o’quvchi o’qishdan orqada qolishini bartaraf etishga yo’naltirilgan tadbirlar tizimi har doim ham maqsuldor bo’lavermaydi. O’quvchilarni chuqur va to’liq o’rganishning yetishmasligi, yashash joyining o’zgarish va boshqa bir qator sabablarga ko’ra o’quvchilarda dastlab vaqtinchalik, keyinchalik barqaror o’zlashtirmaslik sodir bo’ladi.
Bunday hollarda o’quvchilar o’zlashtirmasliklarining oldini olish chora tadbirlari bilan bir qatorda uni yo’qotishga qaratilgan tadbirlar ham zarur bo’ladi. Agar o’zlashtirmaslikning oldini olish bo’yicha tadbirlar umum sinfiy va guruhiviy xarakterga ega bo’lsa, o’zlashtirmaslikni bartaraf etishga qaratilgan tadbirlar individual xarakterga ega bo’ladi.
Psixologik – pedagogik konsimumda o’zlashtirmaslik sabablari muhokama qilingach, hozirgi vaqtdagi asosiy sabablar aniqlanadi. O’quvchi o’zlashtirmasligining asosiy sababini bilish ko’pincha pedagogik ta’sir vositalari orasidagi qo’llashini tanlash, qisqa vaqt ichida ijodiy natija beradigan o’qishdan orqada qolishini asosiy sababini yo’qotishga qaratilgan usullarni tanlash imkonini beradi.
O’zlashtirmaslik hodisasi bilimlar hamda maxsus ko’nikma va malakalar mavjudligiga uzulish bilan tavsiflanar ekan, tanlanadigan chora – tadbirlar tuzish dasturdagi mavzularni o’zdashtirishdagi uzulishlarni bartaraf etishga qaratilishi maqsadga muvofiq.



Download 299.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling