Rivojlanish psixologiyasi va pedagogik psixologiya
-Mavzu. Ilk bolalik davri xususiyatlari
Download 370.23 Kb.
|
маъруза матни ривож
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilk bolalik davriga xos psixologik xususiyatlar.
7-Mavzu. Ilk bolalik davri xususiyatlari
Mavzu rejasi: Ilk bolalik davriga xos psixologik xususiyatlar. Ilk bolalik davrida bilish jarayonlarining rivojlanishi. Bolaning emotsional sohasidagi o’zgarishlar. Ilk bolalik davriga xos psixologik xususiyatlar. Ilk bolalik davri: go‘daklik davridan so‘ng rivojlanishning yangi bosqichi - ilk bolalik (1-3 yosh) davri boshlanadi. Ilk bolalik davri bola hayotidagi eng ahamiyatga molik, uning kelajakdagi psixologik rivojlanishini belgilab beruvchi muhim davr hisoblanadi. Bu davrdagi rivojlanishning asosini bolaning to‘g‘ri yurishi, muloqotga kirishishi va predmetli faoliyatni egallash xususiyatlari tashkil etadi. Tikka va to‘g‘ri yura olish imkoni bolani, doimiy ravishda yangi ma’lumotlarni egallashga zamin bo‘ladi. Bu yoshdagi bolalar o‘z xatti-harakatlari bilan juda faol va kattalar bilan muloqotga kirishishga intiluvchan bo‘ladilar. Yurishni o‘rganish bolaning jismoniy o‘sishi uchungina emas, balki uning psixik taraqqiyoti uchun ham muhim ahamiyatga egadir. Bolaning mustaqil harakat qilishi -- yurishi tufayli ko‘plab predmetlarga duch keladi, ularning nimalarga ishlatilishini «amal»da ko‘rib biladi va o‘zi ham ulardan kerakli o‘rinda foydalana boshlaydi. Bola yurishni o‘rgangach, fazoni ham bila boradi. Kichkintoy bolalar «yaqindagi» fazoni qo‘llarining harakati yordamida bilib oladilar, bunda ko‘z ham ishtirok eta boshlaydi. Bog‘chagacha yoshdagi bola «uzoqdagi» fazoni orientirovka qila boshlaydi. Bola yura boshlaganda, o‘z oyog‘i yordamida masofa va yo‘nalish bilan tanishadi, uning ko‘z, qo‘l va oyoqlarining o‘zaro kelishib harakat qilishi, boshlang‘ich ko‘z o‘lchovi o‘sadi hamda masofa va predmetlarning turgan joylarini birmuncha aniq aytib berish ko‘nikmasi vujudga keladi. Bog‘chagacha bo‘lgan yosh davrining birinchi yarmida bolalar predmetlar bilan harakat qilib, ular bilan tanishib boradilar. Harakatlarning barcha koordinatsiyasi bolada barqaror diqqatning rivojlanishiga, idrokning aniq bo‘lishiga va iroda kuchining o‘sishiga olib keladi. Ammo bolalarning harakatlari kattalarning harakatlariga taqlid qilish harakterida bo‘ladi. Biror bir harakatni o‘z vaqtida o‘zlashtirishi bilan bola uni asta-sekin mustaqil bajara boradi, bu harakat unda dadillik, ishonch va sabr-matonatlilik kabi ijobiy hislatlarning tarkib topishiga yordam beradi. Bola hayotining uchinchi yilida, ya’ni organizmning intensiv o‘sishi va rivojlanishi davrida harakatlarning kam bo‘lishi bolaning umumiy o‘sishiga salbiy ta’sir etadi. Shu sababli asosiy harakatlar (yurish, yugurish, predmetlarga tirmashib chiqish) bilan birgalikda, qo‘l harakatlariiing ham to‘g‘ri va o‘z vaqtida rivojlanishi haqida g‘amxo‘rlik qilish zarurdir. Bolaning harakatlarini asosan uning kundalik faoliyati jarayonida o‘stirib borishga e’tibor berish kerak. Masalan, mustaqil ravishda yuvinish, kiyinish, ovqatlanish, gigienik mashqlar, o‘yin va boshqalar. Hap xil harakatlarni bajarish va predmetlar bilan harakat qilish tevarak-atrofdagi olamni bilishga olib keladi. Bola predmetlarning fazodagi o‘rni, joylanishi, sifati, hajmi, shakli va holatlari bilan tanishadi. Bularning hammasi sezgi organlarining o‘sishiga ijobiy ta’sir etadi. Bir yoshlik bola nisbatan yaxshi rivojlangan sezgirlikka egadir. Bola bog‘cha davrining boshlanishida ba’zi tovushlarni, o‘ziga yaqin kishilarning ovoz tempini aniq ajrata oladi, ba’zi bir narsalarning ta’mi va hidini farq qiladi, ranglarni taniy boshlaydi. Bu yosh davrida ko‘rish va eshitish analizatorlarining rivojlanishi ayniqsa yuksak darajaga еtadi. Bola asosiy ranglarni bir-biridan farq qiladi. Lekin bolaga ranglarning nomini aytishga qaraganda, ularni bir-biridan ajratish osonroqdir. Bolalar ranglarni bilsalar ham, bu sohadagi o‘z bilimlaridan еtarli darajada yaxshi foydalana olmaydilar. Bolalar qizil rangni osonlik bilan ajrata oladilar-u, binafsha rangni ajratishda ko‘pincha yanglishadilar. Ko‘pincha bolalar har bir rangning tusini, tovlanishini yaxshi ajrata olmaydilar. Bu yoshdagi bolalar uchun idrok qilinayotgan predmet obrazlarining bir-biriga o‘xshashib ketishi harakterlidir. Masalan, ular olmani biladilar, olma bolaga bir butunligicha tanish, lekin bola olmaning rangini ham, shaklini ham alohida holda ajrata olmaydi. Predmetni har tomonlama ko‘ra bilish, ya’ni uni qismlarga ajratish, belgi va turlariga qarab farqlash — uni analiz qilish demakdir. Bu esa bolaga butunlikni tushunish imkonini beradi. Shu sababli, bolalarni yangi predmetlar bilan tanishtirganda, ularni bir-biridan ajratib turadigan shakli, rangi va qismlariga e’tibor berish lozim. Mana shunday rivojlantiruvchi ta’sir natijasida bolalarning predmetlar haqidagi tasavvurlari o‘sadi. Bola bir yarim yoshga еtganda, o‘zlari tez-tez uchratib turgan predmetlarni, ularning rangi, hajmi, shaklining o‘zgarishidan qat’iy nazar, xatosiz tanib oladilar. Bola ikki yoshga to‘lish arafasida tanish kuy va tovushlarni bilib oladi. Borliqni bilish jarayonida bola o‘z hayotida va tevarak-atrofidagi kishilar turmushida o‘rnatilgan tartibni tushuna boshlaydi. Bu olamni bilishning eng muhim tomoni bo‘lgan zamon - vaqtni bilib olishi uchun asos bo‘ladi. Bolaning organizmi ma’lum tartibga ko‘nika boshlaydi, bu vaqt bilan tanishishdagi dastlabki qadamdir. Keyinchalik bolalar tabiat hodisalari va odamlarning kundalik hayoti singari tushunchalarni anglay boshlaydilar. Albatta, buning uchun kattalar bolalarning e’tiborini hayotning muhim belgilariga qaratishi lozim. Bolaning har bir sezgan va idrok etgan narsalari o‘ziga xos sezgilar bilan mustahkamlanishi kerak. So‘z bolaning ko‘rayotgan predmetlarini tushunib olishini osonlashtiradi, predmetni so‘z yordamida bilib olish ko‘z va quloq ishini kuchaytiradi. Download 370.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling