Rivojlanish psixologiyasi va pedagogik psixologiya
-Mavzu: Andragogika – kattalar ta’limining o‘ziga xos xususiyatlari
Download 370.23 Kb.
|
маъруза матни ривож
24-Mavzu: Andragogika – kattalar ta’limining o‘ziga xos xususiyatlari
Mavzu rejasi: Kattalarni o‘qitishning o‘ziga xosligi. Androgogik model. O‘qish-o‘rganish qadriyat sifatida. Bugungi kundalik hayot har bir katta insonga katta ijtimoiy talablar qo‘ymoqda. U kelajakni ko‘ra olishi, imkon qadar muvaffaqiyat bilan faoliyat yuritishi va o‘z ishidan qoniqishi kerak. Buning uchun esa katta inson - mutaxassis doimo o‘z ustida ishlashi, o‘z malakasini oshirib borishi, o‘z-o‘zini teran anglashi va hurmat qilishi lozim. Sotsiologlarning ta’kidlashicha, oliy o‘quv yurti bitiruvchisi amaliy faoliyatning samaradorligi 15-20 % egallangan bilimlarga, erishgan muvaffaqiyatlarining qolgan qismi esa bevosita odamlar bilan ishlay olishi mahoratiga bog‘liq bo‘ladi. Shuni ham ta’kidlash joizki, agar oliy o‘quv yurti bitiruvchisi egallagan bilimini 100 % deb olinsa, bir yildan so‘ng u bilimining 20 % ini avtomatik ravishda yo‘qotadi. Shuning uchun mutaxassis fundamental nazariy bilimlarini saqlab qolishi, chuqur bilimli bo‘lishi uchun bir haftada kamida 6-7 soat o‘z ustida ishlashi, shuningdek, malaka oshirish kurslarida o‘qish uchun vaqt ajratishi lozim. Kattalar ta’limini tashkil etish maktabgacha ta’lim muassasalari, maktab, litsey kollej o‘quvchilarining ta’limini tashkil etishdan tubdan farq qiladi.Ushbu ta’lim muassasalari o‘qituvchilarini pedagoglar deb atalsa, kattalarga ta’lim beruvchilarni andragoglar deb ataladi. Maktabgacha ta’lim muassasalari, maktab, litsey va kollejlarda ta’lim, tarbiya ishlari nazariyasi va metodikasi bilan pedagogika fani shug‘ullansa, kattalar ta’limini tashkil etish masalalari bilan andragogika fani shug‘ullanadi. Androgogika o‘qitish nazariyasining bir qismi bo‘lib, o‘quv faoliyatining katta odam sifatidagi sub’ektini yangi bilim va ko‘nikmalarni egallashining o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishi bilan birga, bu yangiliklardan o‘z kasbiy faoliyatlarida foydalanish yo‘llari bilan ham qurollantiradi. Inson motivatsiyasini o‘rganish didaktika, pedagogika va psixologiyaning asosiy muammolaridandir. Kattalar ta’lim motivlari turini mezonlar asosida turkumlash mumkin: - keng ijtimoiy motivlar (burch, ma’suliyat, o‘qitishning ijtimoiy mohiyatini tushunish). Avvalo bu shaxsning ta’lim olishi, jamiyatda o‘z o‘rnini topishi, o‘z ijtimoiy mavqeini belgilab olishi; - tor ijtimoiy motivlar – kelgusida biron- bir mansabni egallashga harakat, atrofdagilar tomonidan tan olinishga erishish, o‘z mehnatiga rag‘bat olish. ijtimoiy hamkorlik motivlari (atrofdagilar bilan munosabat yo‘llarini bilish, o‘z tashkiloti, rolini belgilab olish); keng bilish (motivlari bilish ehtiyojlarini qondirish, o‘quv jarayoni yoki uning natijasidan zavqlanish, aniq bir fanlarni o‘zlashtirish). Katta yoshdagilarning bilish motivlari. Bilish motivlari erkaklar va ayollarda turlicha bo‘ladi. Shuningdek, inson yosh davrlariga mos ravishda unda motivlarning biron-bir turi ustunlik qiladi. Rossiya kattalar ta’limi institut olimlarining natijalarining ta’kidlashicha, 18-25 yosh kasb tanlash zaruriyati, mehnat faoliyatiga moslashish bilan xarakterlanadi. Bu borada erkaklar va ayollarda farq mavjud. Erkaklar mehnat faoliyati bilan bog‘liq yangi ma’lumotlarni olishni istaydilar. Shuningdek ,o‘z kareralari uchun zarur bilimlar egallashni istaydilar chet tili, kompyuter, iqtisod, mehnatni tashkil etilishi, hamkasblar bilan o‘zaro munosabat masalalariga tegishli bo‘lgan bilimlar erkaklarni ko‘proq qiziqtiradigan bilish sohalariga kiradi. Download 370.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling