Kattalar ta’limining prinsiplari
1. Mustaqil ta’limning ustuvor bo‘lishi. Katta o‘quvchilarning mustaqil faoliyati o‘quv ishlarining asosiy turi bo‘lib hisoblanadi. Mustaqil faoliyat deganda bu borada o‘quv faoliyati sifatida mustaqil ishlarni bajarilishi emas, balki o‘z o‘quv jarayonini mustaqil ravishda o‘zi tashkil etishi tushuniladi.
Hamkorlik faoliyati prinsipi. Ushbu prinsip o‘quvchi va o‘qituvchining, shuningdek boshqa o‘quvchilar bilan o‘quv jarayonini rejalashtirish, tadbiq etish, baholash va korreksiya qilish bo‘yicha hamkorlikdagi faoliyati tushuniladi.
Katta o‘quvchining tajribasiga tayanish prinsipi. Bu prinsipga ko‘ra o‘quvchining hayotiy tajribasi o‘zi va o‘rtoqlari ta’limining asosiy manbaasi bo‘lib hisoblanadi.
Ta’lim individualizatsiyasi. Bu prinsipga muvofiq har bir o‘quvchi o‘qituvchi bilan ayrim holatlarda boshqa o‘quvchilar bilan aniq bir o‘quv ehtiyojlari va maqsadlariga yo‘naltirilgan, har bir o‘quvchining tajribasi, tayyorgarlik darajasi, psixofiziologik, kognitiv xususiyatlarini hisobga olingan o‘qishning individual dasturini tuzadi.
Ta’limning tizimliligi prinsipi. Ushbu prinsip ta’limning maqsadi, mazmuni, shakli, metodlari, vositalari va ta’lim natijalarini baholashning o‘zaro bog‘liqligini nazarda tutadi.
Ta’limning qontekstligi. Shunga ko‘ra ta’lim prinsipi bir tomondan o‘quvchi uchun hayotiy muhim bo‘lgan maqsadlarni nazarda tutib, ular tomonidan ijtimoiy rollarni bajarishni yoki shaxslarini shakllantirilishiga yo‘naltirilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan o‘quvchilarning kasbiy, ijtimoiy, maishiy faoliyatlari va ularning maqoniy, vaqtli, kasbiy, maishiy omillarini hisobga olgan holda bajarishga yo‘naltirilgan.
Ta’lim natijalarining aktualizatsiyasi prinsipi. Ushbu prinsip o‘quvchilar tomonidan egallangan bilimlar, ko‘nikma, malakalarni darhol hayotga joriy etishni nazarda tutadi
Do'stlaringiz bilan baham: |