Rivojlanish psixologiyasi va yosh davrlar psixologiyasi. Rivojlanish psixologiyasi amaliy psixologiya sohasi. Rivojlanish psixologiyasining asosiy vazifasi
Yosh davrlar psixologiyasi fan sifatida
Download 49.28 Kb.
|
Mavzu 1 Rivojlanish Psihologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazariy vazifalar
- Amaliy vazifalar
- Psixologik rivojlanishning determinantlar muammolari
- A.P.Nechaev, N.E. Rumyantsev
- A.S.Makarenko
Yosh davrlar psixologiyasi fan sifatida
Yosh davrlar psixologiyasi boshqa psixologiyaning boshqa sohalari bilan uzviy aloqador. Umumiy psixologiyaning shaxs psixikasi borasidagi bilimlariga tayanadi. Psixologik rivojlanishning determinantlar muammolari Determinantlar muammosi dastlab falsafa fanida ilgari surilgan. Psixologik rivojlanishni harakatlantiruvchi kuch sifatida asosan ikki omil: biologik (ichki, tabiiy, genetik) va ijtimoiy (tashqi, madaniy, atrof - muhit) omillar muhim rol o‘ynaydi. An’anaviy tarzda rivojlanishning tabiiy (nasliy) va muhit (ta’lim – tarbiya) ta’siridagi turlari ajratib ko‘rsatiladi. Tabiiy yondashuv – nativizm – J.J. Russo (1712 - 1778) nomi bilan bog‘liq. Unga ko‘ra, rivojlanishning tabiiy qonuniyatlari mavjud va bolalarga kattalar tomonidan ta’sir ko‘rsatilsa bas. Biologiyada biogenetik dasturni kengaytirishga qaratilgan preformizm deb ataluvchi biologik yo‘nalish mavjud edi. Preformizmda inson organizmiga “biologik matryoshka” sifatida qaraladi. Ya’ni inson organizmi keyingi avlodni dunyoga keltiruvchi mexanizm, shuning uchun, hech qanday yangilanishlar ham, o‘zgarishlar ham, evolyutsiya ham sodir bo‘lmaydi. Psixologiyada nativist – preformistlar ko‘nikma va malakalar inson organizmi tuzilishiga kiradi, xususan, nasliylik – belgilovchi va asosiy faktordir. Ingliz faylasufi Dj. Lokk (1632 – 1704) yangi tug‘ilgan chaqaloqni tabula rasa (toza yozuv tahtasi) ga qiyoslaydi hamda o‘rgatish va hayotiy tajribani inson rivojlanishining asosiy sharti sifatida belgilaydi. Biologiyada davomiy yangilanishlar paydo bo‘lish va rivojlanish jarayonini epigenez deb nomlaydilar. Falsafada va psixologiyada bu yo‘nalishlarni empirizm va sensualizm deb nomlaganlar. Zamonaviy psixologiyada tadqiqotchilar rivojlanish jarayonini tavsiflashga urindilar. Aksariyat hollarda metafora sifatida K. Uoddingt tomonidan taklif etilgan “epigenetik landshaft” iborasi qo‘llanilardi. Unga ko‘ra, rivojlanib boruvchi organizm tepalikdan pastga qarab dumalab ketayotgan va chuqurlikka tushib, undan chiqib ketishi qiyin bo‘lgan dumaloq sharga o‘xshatiladi. Rivojlanishning asosiy tamoyili, egallanishi lozim bo‘lgan natija turli usullar va yo‘llar bilan erishilishi mumkin6. Bolaning psixologik rivojlanishiga o‘zgacha yondashuvni L.S. Vigotskiy taklif etgan. Uning fikricha, bola rivojlanishini preformlanmagan ya’ni nasliy dasturdan tashqari bo‘lgan rivojlanish shaklidek qarash lozim. 1906 yil Peterburgda pedagogik psixologiya bo’yicha I s`ezd chaqirildi. Pedagogik psixologiya namoyondalari – A.P.Nechaev, N.E. Rumyantsev va boshqalar pedagogik adabiyotlarni keskin tanqid qilib chiqdilar. Psixologiyani pedagogik amaliyot bilan yaqinlashtirish eksperimental tadqiqotlarni ta`lim-tarbiya jarayonining o’zida o’tkazish orqaligina mumkin degan muhim xulosa chiqarildi. Ya`ni eksperimental ma`lumotlar tashqaridan emas, balki psixologik-pedagogik tadqiqotning o’zidan olinishi kerak, degan xulosaga kelinadi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun esa yosh va pedagogik psixologiyaning muhim nazariy, metodologik masalalarini hal qilishning to’g`ri yo’llarini izlab topish lozim edi. SHu tufayli psixik taraqqiyotning manbalari va uning ta`lim jarayoniga munosabati masalasi yosh va pedagogik psixologiyaning markaziy muammosi bo’lib qoladi. XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida AQSH larida pedologiya deb ataluvchi yangi fan vujudga keladi. Uning namoyondalari – S.Xoll, E.Meyman, V.Preyer. Bu oqim namoyondalari bola rivojlanishining biologik, fiziologik va psixologik nazariyalarini mexanik ravishda qo’shadilar. 20 - 30 yillarda pedologiya “Bola haqidagi yagona marksistik fan” rolini da`vo qila boshlaydi va pedagogika hamda bolalar fiziologiyasini siqib chiqarishga harakat qiladi. Pedologlarning qarashlari idealistik va mexanistik xarakterda edi. Ularning o’quvchilarni “aqliy qobiliyat koeffitsenti”ni aniqlashga oid testlari asossiz bo’lib, psixologiya va pedagogikaga salbiy ta`sir ko’rsatdi hamda maktabga katta ziyon etkazdi. SHuning uchun 30 yillarning boshlarida pedologiyani keskin tanqid qilish boshlandi. 1936 yil 4 iyulda VKP (b) MK ining “Xalq maorifi komissarligi sistemasidagi pedologik buzg`unliklar haqida” gi qarori chiqdi. Bu qarorda pedologiya fani marksistik nuqtai - nazarga zid ekanligi ta`kidlanib, katta tanqid ostiga olindi. SHu tariqa pedologiya faniga barham berildi. 20 - 30 yillarda pedagogik psixologiyada juda ko’p ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi, hozirgi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan bir qancha psixologik-pedagogik qontseptsiyalar vujudga keldi. Ayniqsa, A.S.Makarenkoning bola shaxsi va bolalar jamoasiga bo’lgan ilmiy qarashlari, L.S.Vigotskiyning oliy psixik funktsiyalarning rivojlanish nazariyasi katta ilmiy qimmat kasb etadi. Hozirgi kunda yosh va pedagogik psixologiya - psixologiya fanining eng rivojlangan sohasi hisoblanadi. YOsh va pedagogik psixologiya masalalari bilan bir qator ko’zga ko’rinarli psixologlar shug`ullanganlar va shug`ullanmoqdalar. Ulardan: B.G. Ananev, L.I.Bojovich, P.YA.Galperin, V.V.Davidov, A.V.Zaporojets, L.V.Zankov, G.S.Kostyuk, A.N.Leontev, N.A.Menchinskaya, N.F. Talizina, D.B.Elqonin va boshqalarni ko’rsatish mumkin. Bolalar psixologiyasi muammolari bilan shug`ullangan o’zbek olimlaridan: professorlar M.G. Davletshin, E.G`. G`oziev, M.Vohidov; R.I. Sunnatova, Z.T. Nishonova, dotsent S.A.Axunjanova, SH.A. Do’stmuhamedova, S.X.Jalilova kabi psixologlarni keltirishimiz mumkin. Yosh davrlar psixologiyasining kalit so‘zi – rivojlanishdir. Rivojlanish – oddiydan murakkabga, pastdan yuqoriga o‘tish, miqdor va sifat o‘zgarishlari. Psixik rivojlanish – psixologik jarayonlarni vaqt, sifat va miqdor jihatdan o‘zgarishi va rivojlanib borishi. O‘sish – rivojlanishning miqdoriy ko‘rsatkichi. Rivojlanishning o‘sishdan asosiy farqi – o‘sish miqdor ko‘rsatkichiga ko‘ra tahlil qilinsa, rivojlanish sifat ko‘rsatkichi, yangilanishlar, yangi jarayonlarning vujudga kelishi bilan tavsiflanadi. Rivojlanish va kamolotga yetishishi farqlay olish lozimdir. Yosh davrlar psixologiyasida kamolot masalasiga ko‘plab to‘htalib o‘tganlar. U rivojlanishning asosiy bosqichidir va u ko‘plab erishilgan yutuqlarni tavsiflaydi. Zamonaviy rus psixologiyasida o‘sishga markaziy asab tizimi va organizmdagi yosh bilan bog‘liq psixofiziologik o‘zgarishlar ketma – ketligi hamda ular asosida psixologik funksiyalarning rivojlanishiga zamin yaryatiluvchi jarayon sifatida qaraladi. Kamolot, yetuklik tushunchalari bilan yosh davrlari psixologiyasining asosiy tamoyillaridan biri – geteroxron rivojlanish bog‘liq. U inson shart – sharoit, ijtimoiy muhit, individual xususiyatlar ta’sirida turli yosh davrlarida yetuklikka erishishni tavsiflaydi. Bu esa turli yosh davrlari o‘zining betakror psixofiziologik tuzilishidan darak beradi va shu yosh davrini psixologik imkoniyatlari potensialini belgilaydi. Rivojlanish jarayonining psixologiya va pedagogika uchun zarur bo‘lgan xususiyatlari ajratib ko‘rsatilgan. Ular quyidagilar: sifat jihatdan o‘zgarish va yanada mukammalroq bosqichga ko‘tarilish; rivojlanishni qaytara olmaslik (rivojlanish ro‘y bergandan so‘ng, avval mavjud bo‘lgan narsa – hodisalarni to‘laligicha ortga qaytarishning iloji yo‘qligi); progress va regress elementlarining umumlashmasi (bir sohadagi progressiv rivojlanish, boshqa bir sohadagi regress yuz berishi mumkinligini bildiradi); notekis rivojlanish (sifat o‘zgarishlarining tezkor o‘zgarishi, miqdor o‘zgarishi bilan almashadi); zigzagsimon rivojlanish (yangilanishlarning paydo bo‘lganida, natijalar oldingi holatlarga qaraganda, sifat jihatdan yaxshi natija bermasligi. Masalan, bola emaklashdan tik turib yurishga o‘tgan davrda, sekin harakatlanadi va jarohatlar olishi mumkinligi ham kuzatiladi); rivojlanish darajalaridan bosqichlariga o‘tish (yangilanishlar paydo bo‘lganda, avval o‘zlashtirilgan ko‘nikmalar yoqolib ketmaydi, balki yangilanishlar uchun asos sifatida saqlab qolinadi); barqarorlik ko‘rsatkichi. Psixologik rivojlanishning asosiy uch turi mavjud: filogenetik, ontogenetik va funksional. Filogenez psixikasi – insoniyat tarixida insonning psixik shakllanishi va biologik evolyusiyasi. Ontogenez psixikasi – individning butun umri davomida psixologik tuzilishining shakllanishi. Funksional rivojlanish psixikasi - psixologik funksiyalar, yangilanishlar, yangi intellektual, perseptiv, mnetik, aqliy funksiyalarning paydo bo‘lishi. Bu ontogenetik taraqqiyotning bir qismi hisoblanadi. Psixik rivojlanishning yuqoridagilardan tashqari me’yoriy va individual rivojlanish shakllari ham mavjud. Me’yoriy rivojlanish shu yosh davridagi insonlarga xos bo‘lgan o‘zgarishlarni tavsiflaydi. Aksariyat hollarda me’yor borasida, psixologik va shaxs rivojlanishining yuqori darajasi deb qaraladi. Individual rivojlanish shaxsning alohida xususiyatlarining vujudga kelishini anglatadi. Psixologiyaning asosiy tushunchalaridan biri – psixologik yoshdir. U individni ontogenezdagi ob’ektiv, tarixiy va xronologik jihatlarini belgilaydi. Download 49.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling