Rivojlanish rsixologiyasi va pedagogik psixologiya fanining rivojlanish
Oz-ozini tekshirish uchun savollar
Download 1.02 Mb.
|
Rivojlanish rsixologiyasi va pedagogik psixologiya fanining rivo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilk bolalik davridagi psixik osish. Reja
Oz-ozini tekshirish uchun savollar.
Godaklik davri harakat mexanizmlariga doir tadqiqotlar. Godaklik davrida predmetlar bilan harakatlar. Godaklik davri muloqot kolamini kengaytirishi. Godaklik davrida nutq rivojlanishi haqida psixologik nazariya Ilk bolalik davridagi psixik osish. Reja: 1. Ilk bolalik davri togrisidagi psixik nazariyalar. 2. Ilk bolalikda jismoniy osish. 3. Ilk bolalikda psixik jarayonlarning osishi. 4. Bolaning psixik osishida oyinning ahamiyati Inson ontogenezida uning 1 Yoshdan 3 Yoshgacha osish davri alohida ahamiyat kasb etadi. CHunki bu davrda inson zotiga xos eng muhim sifatlar, xarakter hislati, atrof-muhitga, ozgalarga munosabat, xulq-atvor, tafakkur va ong kabi psixik aks ettirishning turli korinishlari shakllanadi. Bularning barchasi qarama-qarshiliklar kurashi ostida tarkib topadi. Bolaning yurishga urinishi, turli narsalar bilan ovunishi va mashgul bolish imkoniyatlari kengayishi, uning kattalarga bevosita tobeligi, ularga bogliqligi nisbatan kamayishiga olib keladi. Binobarin, uning mustaqil harakat qilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi. R.YA.Abramovich-Lextmanning tadqiqotlarida ifodalanishicha, bir Yoshli va bir Yoshu ikki oylik bolada turli narsalar bilan harakat qilishning oddiy turi jadal rivojlanadi. Boshqacha aytganda, unda jismlar bilan muayyan harakatni amalga oshirishning nisbatan barqaror usullari shakllana boradi. SHunday harakatlar tobora ortadi va murakkablashadi, ularning mohiyati borgan sari chuqurlashadi. D.B.elkonin fikricha, bolalarda keng kolamli va kop miqdordagi predmetlarni tanish, idrok qilish, ularning xususiyatlarini ozgartirish ehtiyojining ortishi katta Yoshdagi odamlar bilan muloqotga kirishishi mayli, tuygusi va istagini kuchaytiradi. SHunday bolsada, bu muammo bola shaxsiy oyin faoliyatini tashkil qilishda hali kattalarning madadiga va yordamiga muhtojligini korsatadi. Bir Yoshli va undan sal oshgan bolaning har xil harakatli oyinlarda muvaffaqiyatsizlikka uchrashi, kozlagan ishni bajarishdagi noxush kechinmalar uning ruhiy dunyosida dastlabki jazava (affektiv) tuygu va hisni vujudga keltiradi. SHuningdek, oz faoliyatida uchraydigan kongilsiz voqealarga shaxsiy munosabatini bildirish-aks ettirishning yangi shakli tasirlanish (reaksiyaga kirishish) ni tarkib toptiradi. Achchiqlanish, jahl qozgalishi, qahru gazab tuygularining xususiyatini taqiq qilgan T. E. Konnikova malumotlariga binoan, bir Yoshli bolada kopincha bezovtalanish, xatti-harakatdagi portlash, qahri qattiqlik yozaga keladi. Olimaning fikricha, uning psixikasida paydo bolayotgan hulq hosilasi tirishqoqlikning oziga xos korinishidan iborat bolib, u ozi yoqtirgan narsani tezroq qoliga olish hoxishi bilan ozviy bogliqdir. Odatda, affektiv holatga berilishni yoki affektiv tasirlanishni bola kattalar bilan muloqotda psixik jihatdan qoniqmasligi shosil qiladi. Psixologik malkmotlarga kora, portlash, lov etish xususiyatiga ega bolgan affektiv quyidagi sabablar bilan vujudga keladi: 1) katta bolani hoxish istaklarini tushunmasligi, imo-ishorasi va yoz-chehra harakatlariga, pantomimikasiga (yoz bilan tana harakatlari qoshilishi) etiborsizligi; 2) bolaning ixtiyorsiz xatti-harakatiga batamom qarshilik korsatishi, shuningdek, uning talabini bajarmasligi; 3) boladagi ozgarishlarga oid bilimlardan bexabarligi, bu ozgarishlarni oldindan seza olmasligi va boshqalar. Jazavaga tushishning xususiyati va darajasi bolaning yashash sharoiti hamda unga kattalarning munosabatida oz ifodasini topadi va mahalliy mezonlar yormasi bilan aniqlanadi. N. A. Menchinskaya oz kundaliklarida bir yarim Yoshli oglining ojarligini shunday tariflaydi: Mumkin emas! taqiqlashga javoban Sasha ojarlik qilar, shoxligini yana zor berib davom ettirishga urinar edi; uning ojarona hohishini boshqa boshqa obektga tortish bilangina bartaraf qilsa bolar edi; kopincha taqiqlashga qarshi yiglab injiqlik qilar, hatto, ozini polga otar, qol va oyoqlarini tapillatar, ammo bunday jazava uning xulqida juda kam sodir bolib, uni bunday shoxliklaridan tez va oson chalgitish mumkin edi. ... Psixologlardan V.S.Vigotskiy, P.P.Blonskiy va ularning shogirdlari olib borgan ishlardan korinadiki, bolada paydo bolgan dastlabki soz-ibora godaklik davridan ilk bolalik davriga otishning eng muhim jihati va sharti hisoblanadi. harakat bilan sozning boglanshi bolaning mustaqillgi va mustaqil faoliyatga amalga oshirish uchun zarur sharoit yaratadi. Yirik psixologlar V.SHtern, K.Byuler va boshqalarning tadqiqotlarida bayon qilinishicha, bola qollaydigan dastlabki sozlar ikita muhim xususiyatga egadir: birinchi xususiyati ular kattalar nutqidagi sozlardan fonetik jihatidan keskin farqlanishidir; ikkinchi xususiyati esa ozining qamrovi bilan kop manoli egadir. Boshqacha aytganda, mazkur sozlar, iboralar malum predmetni emas, balki qator narsalarning nomini, hatto, guruhlarini anglatadi. YUqoridagi mulohazalarning dalili sifatida T. E. Konnikova tajribasidan namuna keltiramiz: Olimaning nuqtai nazaricha, kattalar bilan bolalar muloqotida ishlatiladigan sozlarning farqlari turli manbaga va asosga bogliqdir: a) bolalar nutqida shunday sozlar qollaniladiki, ular hech qachon katta odamlarga shunday manoni bildirmaydi (adiga-baliq moyi, ika-sharf, gili-giliga-qalam); b) kopincha bola nutqidagi sozlar kattalar sozlashuvining malum bolagini emas, balki uning ozagini tashkil qiladi, xolos (is-issiq, di-keldi); v) bolalar kattalar qollaydigan sozlarni bozib talaffoz qilsalarda, lekin predmetning timsoliga asoslanib, ularning umumiy fonetik va ritmik jihatlarini saqlaydilar (ti-ti-soat, pa-pa-mashina, ling-ling radio, televizor); g) taqlidiy sozlar (vov-vov-it, mu-mu-sigir, ba-ba-qoy kabilar). D. B.Elkonin tajribasida bir Yoshu uch oylik Galya uchun aka degan tushuncha (suniy bolsada) hol mevalar, konfet, qand, zoldir singari narsalarni anglatadi. T.E.Konnikova tajribasida esa xuddi shu Yoshdagi Nonna kx-kx deganda mushuk, soch, moynani atagan. Bu misollarni psixologik nuqtai nazardan tahlil qilsak, ularda umumpsixologik qonuniyatlari zamirida ona tilining grammatik tuzilishini faol egallash uchun keng imkoniyatlar yotadi. Umuman, dialogik nutq bolaning kattalar bilan hamkorlikdagi faoliyatini ajralmas tarkbiy qismi hisoblanadi. A.N.Gvozdev ilk bolalik Yosh davrida rus tilining grammatik qurilishin organib, uni ikki bosqichga ajratidi. Birinchi bosqich-1Yoshu 3 oylikdan 1Yoshu 10 oylikkacha. Bu bosqich ham muayyan davrlarni oz ichiga: a) bir sozdan tuzilgan gaplar bosqichi(1,3-1,8); b) ikki va undan ortiq sozdan tuzilgan gaplar. Ikkinsi bosqich-1Yoshu 10 oylikdan 3 Yoshgacha. Bu bosqich ham bir necha davrlarga ajratiladi: a) sodda va murakkab gaplarning shakllanishi (1,10-2); b) sintaksistik aloqalarni ifodalovchi gaplardan foydalanish (2,1-2,3); v) yordamchi sozlarni ozlashtirish bosqichi kabilar. Psixologik adabiyotlarda ilk bolalik davrida tilning grammatik shakllarini jadal surat bilan ozlashtirish omillari boyicha qator muammolar ifodalangan. Masalan, K. Byuller bolani tilni flektiv (turlanish, tuslanish) tabiati bilan tanishish muammolariga alohida ahamiyat bergan. Uning fikricha, bola mazkur holatni intuitiv ravishda kashf qiladi, bu narsa grammatik aloqalarda, morfologik ozgarishlarda namoyon boladi. Bolada tilning grammatik qurilishini organishda bagishlangan anchagina tadqiqotlar mavjud. Ularning mualliflari F.A.Soxin, L.S.Slavina, D.B.Elkonin, K.I.CHukovskiy, M.I.Popova, G.L.Rozengart-Popko, A.R.Luriya, F.YA.YUduvich, P.YA.Galperin va boshqalardir. D.B.Elkonin fikricha, ona tili (rus tili) grammatikasini ozlashtirish quyidagicha amalga oshadi: a) yaqqol idrok qilinayotgan vaziyat tilning leksik vositasi bilan ifodalanib, obektiv munosabatni aks ettiradi; b) predmetli vaziyatning grammatik shakli ajratiladi; v) grammatik munosabatlar shaklini bildiruvchilarni umumlashtirish va mavhumlashtirish yozaga keladi. Tadqiqotchi N.X.SHvachikin mulohazasiga kora, bolada avval unli harflarni, keyin undosh harflarni farqlash konikmasi vujudga keladi. Godaklik davrida bola qarashi, eshitishni (quloq solishni) va oz qul xarakatlarini boshqarishni organadi. U juda aktiv xarakatga kattalar bilan muloqotga kirishish va boshqalar eng katta yutugi. Emaklash endi bolaning 1 Yoshdan 3 Yoshgacha bolgan (ilk bolalik) davri boshlanadi. Bu Yoshdagi xarakatdagi eng katta yutugi togri va tik yura boshlashi psixikasining rivojlanishini taminlovchi predmetli faoliyatning yolga qoyishi va gaplarni tushunib nutq rivojlanishidir. YUrish vaqtida toGri yurish ularni qoniqtirmaydi. Orqaga kozlarini yumib baland pastqam joylardan yurib ozlari ozlariga qiyinchilik tuGdiradi va uni engishga xarakat qiladi. Uyqu vaqti kamaya boradi. 1,5 Yoshdan 13,5 soat kechasi va 2 maxal, kundozi 3 Yoshga etganda 12 soat kechasi va 1 maxal kundozi uxlaydi. Jismoniy jihatda osishi quyidagi korsatkichlar atrofida boladi. 1 yashar boyi 75 (yiliga 25) vazni 9 (yiliga 6) 2 yashar boyi 85 (yiliga 10) vazni 12,5 (yiliga 3,5) 3 yashar boyi 92 (yiliga 7) vazni 14 (yiliga 1,5) Suyaklar qotishi va osishi protsessi davom etadi. 3 Yoshga etganda sut tishlari chiqib boladi. Umurtqasi rivojlanib bola gavdasini kotaradigan boladi. Ichki organlarda ham osadi. opka va yurak xarakatlarining aktivligi xisobiga vazn ortib faolligi ortadi. Leykotsit kam bolganligi uchun yuqumli kasalliklarga tez beriluvchan boladi. Nerv sistemasi ham tez taraqqiy etadi. Bu davrda bolalarda qozGalish tormozlanishda ustunlik qiladi. Bolada shartsiz reflektor faoliyatiga endi bosh miya posti nazorati ostida yozaga keladigan xilma-xil xarakatlar boladi. Masalan, issiq choynak. Bu 1 signal sistemasini faoliyati bolib, endi 2 signal sistemasi yani nutq soz orqali xatti xarakatlarni boshqarishda katta rol oynaydi. Bu davrda sezgi organlari yaxshi takomillashadi. (eshitish, tuygu, ogriqni sezish) bular psixik taraqqiyot uchun zamin yaratadi. Idrok va tasavvurni osishi. Bolada shartsiz orenterovka refleksi asosida xar narsaga qiziqish va dunyoni bilish ishtiyoqi uchun ularda idrok va tasavvur xisobiga boladi. Bu analizator (sezgi organlari) takomilashishi sababli godak tevarak atrof haqidagi tarqoq tasavvurlar butun-butun obrazlardan idrokka aylanadi. YAna xarakat kopaygan sari uning bilish imkoniyati kengayadi. Faqat emaklab yurib qolmasdan zinalardan tushish tosiqlarni aylanib otish, stulga chiqish, oyinchoqlarni mustaqil oynash va boshqalar. Tortmalarni sumkalarni titkilab, qiziqib, tekshirib yangiliklarni bilib oladi. Bu bola idroki rivojlanishini korsatadi. Differensiallashish (rang katta kich.) idrokda nusxa kochirish shakllangan. (rasmda kuchuk kallasi) Soyasini kozatadi. Bola narsalarning katta kichikligini idrok etishda qiynaladi. Fazani tusmallab idrok qiladi. Vaqtni idrok qilishga juda kop tirishadi. Erta-bugun kecha tushunchalarini ishlatishda qiynaladi. Maktab Yoshida ham qiynaladi. (bazida). Nutq idrok uchun boy materiallari bolib, u yordamida tasavur ham shakllana boradi.Diqqat Bu Yoshda bolalarga ixtiyorsiz diqqat xosdir. Rang-barang narsalarga koproq etibor beradi. Beqaror diqqat (bir oyinchoqdan ikkinchi oyinchoqga otib ketishi) fiziologik asosi bosh miyada qozgalish tormozlanishiga nisbatan kuchli. SHuning uchun miyada muvozanatga kelish qiyin boladi. Bogchagacha davr oxirlarida diqqatni barqarorligi 2 barobar osadi. Bu davrda ixtiyoriy diqqat xali bolmaydi. Xotira. Bu davrda ixtiyorsiz xotira boladi. Bola materiallarni ongli ravishda esda saqlab qololmaydi. Lekin tanish protsesslar esga tushirishga sabab boladi. 2 Yoshga yakin uylarni, oz buyumlarini tanib oladi. Rasmlardan ismlarini aytib beradi. Dastlabki xotiralar paydo boladi. Bolada kuchli kechinma va juda yorqin obraz tugdirgan narsa uzoq vaqt esda qolishi va esga tushishi mumkin. Bola idrok qilgan narsasini konkret obraz tasavvurlar shaklida esda saqlab qoladi. Taqlid qilish. Kattalardan nusxa kochirish orqali ularning imo ishoralarini organib, shu xarakatlarni takrorlashga intiladi. (Telefonda, chaqaloqqa qarash, kir yuvish sopurish sigaret chakish) Ularda mexanik xotira yaxshi osgan boladi. 3 Yoshga yaqin bolada ertak mazmunlarini ham 4 satrlik sherlarni ham ordan bir oy vaqt otkazib ayttirilganda yaxshi eslagan. Savol berib uning manosini ham bilishga xarakat qiladi. Nutq va tafakkur. Sekin sozlarni tushuna boshlaydi. 1 davr. 1-1,5 Yosh 20-30ta sozni biladi. oyi sozini imo ishoralar bilan aytadi. Bu situativ nutq vaziyat nutqi deyiladi. Birga bolgan kishisi tushunadi. Bolada lugatpassiv ravishda rivojlanadi, yani 1 tomonlama faqat tushunib, oziga singdirib beradi. 2 davr. Aktiv lugat rivojlanadi. Nutq egallash protsessi sifati ozgaradi. YAngi sozlarni osonlikcha organa boshlaydi. 1 Yoshda organgan soz 3ta 1,3 Yoshda organgan soz 19-20 1,6 Yoshda organgan soz 25-30 1,9 Yoshda organgan soz 120 2 Yoshda organgan soz 280 2,6 Yoshda organgan soz 450 3 Yoshda organgan soz 800-900 Bu korsatkichlar turlicha bolishi ham mumkin. Koproq muloqotda bolishning ham tasiri kop. Faoliyatni soraydi. Avval faqat nutqda extiyojlari ifodalangan bolsa, endi nutqning kam berish funksiyasi oshadi. Mano kira boshlaydi. Bu nima? Nima qiladi?. Nutqning rivojlanishi tevarak atrofni bilish uchun vosita bolib ifodalanadi. Imo ishora qilib Tafakkur bolada idrok va ish xarakatlar bilan bevosita boGlangan boladi. Fikarlarni sozlar bilan tushuntira olmaydilar. YAqqol konkret tafakkur boladi. 3 Yoshga qarab ketganda nutq orqali tafakkurni shakllana boshlaydi. Asosiy fikrlash operatsiyalari oddiy korinishda paydo boladi. Analiz taqqoslash sintez umumlashtirish, sodir bola boshlaydi. Tom manoda fikrlash operatsiyalari emas, grammatika rivojlangan sari fikrlarni aniq ayta boshlaydi. Kattalar nutqidagi notogrilikni anglab tez takrorlashga xarakat qiladilar. Bolada tafakkur rivojlanishi undagi qiziquvchanlik va sinchkovlik xususiyatidan kelib chiqadi. Titkilash, bu nima? Savollar berish kattalar ishiga tiqilish va x.k. bola atrofdagi informatsiyalarni kattalarning tushuntiriglari bilan ozlashtirig yaxshiroq tushunadi. YUqorida aytilgan operatsiyalarni miyalari ayniqsa solishtirish analiz sintez rivojlanadi. Bolada qol tafakkuri davri 2 Yoshda boladi. Masalan vazani ichidan biror buyumni olish. Endi savollar bu nima? SHaklidan buni nima qiladi? Korinishga yani predmetning funksiyasini bilishga qaratilgan. Nutq osishi tafakkur osishi uchun zamin deyilgan edi. Tafakkur rivojlanishi ham oz navbatida soz zapaslarini oshishiga olib keladi. SHunday qilib, yuqoridagi mulohazalar asosida umumiy bir xulosaga kelish maqsadga muvofiqdir. Malumki, ikki Yoshga tolgan bola tilninig barcha tovushlarini fonetik jihatdan idrok qilish asosida nutqni tushinish imkoniyatiga ega boladi. Ilk bolalik davrida harakatlarning shakllanishi orientirovka faoliyati xususiyati ozgarishi bilan ozviy bogliqdir. Bola u yoki bu harkatni amalga oshirish uchun avval predmet bilan tanishadi: unga koz yugurtiradi , qoliga oladi va hokazo. Bolaning predmetlarning shakli, rangi, vazni bilan tanishtirshda kattalar amalga oshrish moljallangan harakatning mohiyatini tushuntiradilar va harakatni qay yosinda bajarishni orgatadilar: Bolani Olib kel, Joyiga qoy, Rasm chiz, Ushlab tur kabi soz birikmalaridan iborat topshiriqning mohiyati bilan tanishtirib, keyin unga harakatni bajarish yollari (Qalamni mana bunday ushla, Avval qolingga ol, Oldin ong qoling bilan tut, Qoshiqni bunday ushlab ogzinga olib bor deb) korsatiladi. SHuning uchun ham bolada predmetli harakatni ostirish murakkab jarayondir. Ilk bolalik amaliy harakat tafakkuri vujudga keladigan davr hisoblanib, qol qol operatsiyalari turli narsalar va qurilmalar bilan almashinadi. Bola ijtimoiy qurollardan foydalanish usullarini ozlashtirish natijasida unda predmetli harakat konikmasi shakllanadi. Jismlar bilan turli harakatlarni ozlashtirishda ulardagi muhim va ozgarmas alomatlarni ajratish konikmasi hosil boladi, natijada umumlashtirish va umumiy tushunchalarni ozlashtirish jarayoni roy beradi. YAngi sharoitda predmetli harakatdan foydalanish bolaning aqliy osishiga ijobiy tasir qiladi. oz xatti-harakatini kattalarning harakati bilan solishtirish va uning oxshash jihatlarini topish bolaning aqliy osishi uchun muhim ahamiyatga ega. Aqliy osishi togri yonaltirish uchun bola bilan maxsus reja asosida mashgulotlar otkazish zarur. Maktabgacha Yosh davrida oyinning takomillashuvi Rolli oyin faoliyati syujet va mazmundan tashkil topadi. Odatda syujet deganda, oyin faoliyatida bolalar aks ettiradigan voqelikning doirasi tushuniladi. Oyin syujeti turli davrga, sinfiy xususiyatga, oilaviy turmush tarziga, geografik va ishlab chiqarish sharoitlariga bogliq holda yaratiladi. Bola munosabatga kirishadigan voqelik doirasi qanchalik tor, cheklangan bolsa, oyin syujeti shunchalik xira va bir xil boladi. Oyinlarning syujeti xilma- xilligiga qaramay, ularni maxsus guruhlarga birikitish mumkin. Masalan, atoqli psixolog E.A.Arkin oyinlarni kuyidagicha tasnif qiladi: Ishlab chiqarish- (texnikaga) sanoat, qishloq xojaligi, qurilish, kasb hunarga oid oyinlar; maishiy va ijtimoiy siyosatga: rozgor, bogcha, maktab, kundalik turmushga oid oyinlar; harbiy: urush-urush oyinlari; drammalashtirilgan: kino, spektal va boshqalarga oid oyinlar. Biz shu tasnif haqida L.S.Vigotskiy, A.N.Leotev, D.B.Elkonin singari psixologlarning tanqidiy mulohazalariga tola qoshilamiz, chunki harbiy va drammalashtirilgan oyinlarni ham ijtimoiy siyosiy guruhga kiritish mumkin. Bizningcha maktabgacha Yoshdagi bolalarga xos rolli oyinlarning syujetiga kora uchta guruhga ajratgan D.B.Elkoninning tasnifi maqsadga muvofiq: 1) maishiy mavzu syujetiga oid oyinlar; 2) ishlab chiqarishga syujetiga taalluqli oyinlar; 3)ijtimoiy- siyosiy syujetli oyinlar. Muallif ayrim oyin turlari maktabgacha Yoshdagi bolalarning barcha boginlariga mosligini, syujetlart maishiydan ishlab chiqarishga qarab va undan ijtimoiy siyosiy voqealarni aks ettirishga qarab rivojlanishini alohida uqtiradi. Uning fikricha, oyin syujetidagi bunday izchillik bolaning bilim saviyasining turmush tajribasining kengayishi, uning katta Yoshdagi odamlar turmushiga chuqurroq kirib borishi bilan bogliqdir. Darhaqiqat, oyin syujetining osishi tobora turmushning yangi qirralarini aks ettirish bilan cheklanib qolmay, balki muayyan syujetning oziga xos boshqa korinishlari bilan boyishi sababli ham amalga oshadi. Bolalardagi illatlarni yoqotish va yangi fazilatlarni shakllantirish maqsadida ularga tarbiyaviy tasir korsatish jarayonini togri tashkil qilish orqali oyin syujetlarining kolamini reja asosida kengaytirsh mumkin. Bolalar psixologiyasi fanida qatiy ifodalanganidek, bola bogchaga kelganda uning oyin syujet faqat oilaviy turmushdagi voqealarni aks ettirsa, sayrlarga olib chiqish, tabiatni kozatish natijasida oyinning turlari kopayib boradi: bogcha, hayvonot bogi, oshxona, poezd, paroxod, sartarosh, sotuvchi kabi oyinlar qoshiladi. Bolaning Yoshi ulgaya borishi bilan oyinning muddati ham ozayib boradi. Mazkur jarayonni tadqiq qilgan A.P.Usovaning malumotiga kora, 3-4 Yoshli bolalarning oyin faoliyati 10-15 daqiqa, katta maktabgacha Yoshidagi bolalarning oyin faoliyati bir necha soatgacha chozilishi mumkin. Hatto, bir turdagi oyinlarning syujetlari butun kun boyi,qolaversa, undan ham ortiq vaqt davom etadi. Biroq bu hol bola oyin faoliyati jarayonida hayot faoliyatining u yoki bu qirrasini, muhim jihatini alohida ifodalab ijro etadi, deyishga asos bola olmaydi. D.B.Elkonin oz tadqiqotida rolli oyinning syujeti bilan bir qatorda uning mazmuni ham mavjud ekanligini bayon qiladi. Uning fikrcha oyinda bola kattalar faoliyatining asosiy jihati (tomoni)ni aniqroq aks ettirish oyinning mazmunini tashkil qiladi. Tadqiqotchi L.S.Slavina toplagan maxlumotlarga qaraganda, maishiy turmushga aloqador bir xil syujetli oyin, maktabgacha Yoshdagi bolalarning Yosh xususiyatlariga qarab (kichik, orta, katta) turlicha yosinda amalga oshirilgan. Kichik maktabgacha Yoshdagi bolalar bir xil oyinchoqlar bilan bir necha marta takroriy yoki ortiqcha harakat qiladilar. Ularning oyin mazmunini oyinchoq bilan bajarish kattalarning harakatlarini takrorlashdir. Agar ular Mehmon-mehmon oynayotgan bolsalar, barcha harakatlarni (mehmonni kutib olish, dasturxon yozish, hol- ahvol sorash va hokazolarni) buyumlar bilan izchil bajaradilar. Harakatlarni soz bilan qisqartish hollari bolalar faoliyatida kam uchraydi. Oyinning mazmuni asosan oyinchoqlar bilan bajariladigan harkatlarda oz ifodasini topadi, rolni ijro etish hamkorlikda emas, balki yonma-yon, bir-birini toldirishdan ancha yiroq tarzda amalga oshadi. Katta maktabgacha Yoshdagi bolalarda oyin faoliyati mutlaqo boshqacha tarzda otadi, chunonchi bir harakat ikkinchi harakat bilan ozluksiz boglanib ketadi, bazan bir harakatlar esa soz yordamida qisqartiriladi, chunonchi(keling, xush kordik harakat bilan emas, balki soz orqali ifodalanadi) va umumlashtiriladi. Rolli oyin bolalarning hamkorlikdagi faoliyatning mahsuli tariqasida vujudga keladi. Bu Yoshda rol tanlashda ishtirokchilar ortasidagi nizolar, tortishuvlar kamayadi, rolga ozini loyiq deb bilish ozidagi mavjud buyumlardan kelib chiqmaydi (masalan, qalam- oqituvchi, qaychi tikuvchi, rolini olish uchun asos bola olmaydi), balki oyinning mazmunidan, hamkorlikdagi faoliyat nuqtai nazardan kelib chiqadi. Natijada ular kichik maktabgacha Yoshdagilarga oxshab rolni almashtirsh, bir buyumdan boshqasiga bir obrazdan ikkinchisiga otishdek beqaror harakatlar qilmaydilar. Orta maktabgacha Yoshdagi bolalarda rolni taqsimlash yoki uni tanlash oyin faoliyatiga kirishishdan ancha ilgari amalga oshiriladi, bunga shu guruh boshligi bevosita rahbarlik qiladi. SHuning uchun ham qanday rolga munosibligi uzoq tortishuvlarga sabab boladi. Tortishuvlar va bahslar katta Yoshli odamlarning aralashuvi natijasida adolatli hal qilinadi. Bolalar va asar qahramonlarining bir-biriga munosabati oyin faoliyatida bosh masalaga aylanadi. Ular amalga oshiradigan xatti harakatlar umumlashgan bolsa ham oyinning mazmuni ona va bola, pattachi va yolovchi, sotuvchi va xaridor, tarbiyachi va tarbiyalanuvchi kabi shaxslararo munosabatlarni aks ettirishga kochadi. Katta maktabgacha Yoshdagi bolalarning oyin faoliyati negizida va mazmunini ular oz zimmasiga olgan rolning mohiyatidan kelib chiqib oyinning barcha qoidalariga roiya qilish tashkil etadi. Tengqurlar orasidagi bahs va tortishuvlar oyin qoidalar va talablari qanchalik togri bajarilayotgani haqida boladi. Oyin mazmunining rivojlanishi bolaning kattalar hayoti va faoliyatining mohiyatiga chuqurroq kirib borishida, atrofdagi voqealarga munosabatining ozgarishida, shuningdek, oyin mazmuni hamda syujet ijtimoiy shart- sharoit va jamiyat azolari turmushining tobora togri aks ettirishida korinadi. SHuning uchun bolalarda rolli oyin qobiliyatining osishi oz-ozicha yozaga kelmaydi, balki kattalarning, tarbiyachilarning tasiri natijasida, atrof- muhit bilan tanishish, sayrlar uyushtirish, shaxslararo munosabatlarning mohiyatini tushunish va hoqazolarning bevosita tasirida amalga oshadi. Psixolog A.P.Usovaning tadqiqotida takidlanishicha, rolli oyin ishtirokchilarining safi Yosh ulgayishiga qarab, jinsiy tafovutlarga binoan kengayib boradi: a) uch Yoshli bolalar 2-3 tadan guruhga birlashib 3-5 daqiqa birga oynay oladilar; b)4-5 Yoshlilar guruhi 2-5ishtirokchilardan iborat bolib, ularning hamkorlikdagi faoliyati 40-50 daqiqa davom etadi; v)6-7 Yoshli bolalarda rolli oyinni guruh yoki jamoa bolib birga oynash istagi vujudga keladi, bunda avval rollar taqsimlanadi, oyinnnig qoidalari va shartlari tushuntiriladi (oyin davomida bolalar bir- birlarining harakatini qattiq nazorat qiladilar). Qator ilmiy tadqiqotlarda isbotlanishicha, oyinda tarbiyaviy tasir jamoasi togri uyushtirilsa, bolalar hayotida juda murakkab, yuksak va nozik psixologik mexanizm paydo boladi va shaxslararo munosabat boshqacharoq tus oladi. Bolalar jamoasidagi ozaro munosabatlar, muloqotlar oyin mazmunini boyitadi, syujetning kolamini kengaytiradi, rollardagi goyalarni barqarorlashtirib boradi. Guruh va jamoa bolib oynash orqali bolalarda jamoa harakati qoidalari, axloqiy meyorlari ozaro yordam konikmalari va boshqa umuinsoniy qadriyatlar, manaviyat va ruhiyatning tarkibiy qismlari shakllanadi. SHuning uchun oyin faoliyatida jamoa azolarining qoidaga muvofiq harakat qilishlari alohida ahamiyat kasb etadi. Mazkur jarayonda rollarni bajaruvchilar ozlarining aloqalari orqali bir- birlari bilan oyinni yakunlash, oxiriga etkazish uchun birgalikdagi harakat qanchalik zarurligini anglay boshlaydilar. D.B.Elkonin va uning shogirdlar toplagan malumotlarga va shaxsiy kozatishlarimizga kora, bolaning biror rolni oynashni oz zimmasiga olishining eng zarur sharti unda kattalar faoliyatining muhim xususiyati va belgilarini aniq ifodalash oquvining mavjud bolishidir. Oyin faoliyatida bola oz hatti-harakatini real harakatlar mantiqiga moslashtiradi, oyin talablariga tola boysundiradi. Binobarin, mazkur jarayonda voqelikdan uzoqlashmaydi, aksincha unga yanada yaqinlashadi, oyindan tashqari holatda qurbi etmaydigan mohiyat ichiga chuqur kirib boradi. D.B.Elkonin harakatli oyinning qoidalar mazmuni ozaro bogliqligidan kelib chiqib, ularni besh guruhga ajratadi: 1)harakatga taqlid qilish: taqlidiy- protsessual oyinlar; 2)muayyan syujet dramalashtirilgan oyinlar; 3)syujeti oddiy oyinlar; 4)syujetsiz qoidali oyinlar; 5)aniq maqsadga qaratilgan mashqlardan iborat sport oyinlari. Bolani oyinga undagan omil uning katta Yoshdagi odamlarning borlik togrisidagi va shaxslararo munosabati haqidagi tasavvuri va ularni oz shaxsiy faoliyatida sinab korish istagi, shuningdek, jamoa bolib oynayotgan tengqurlari bilan bevosita muloqotga kirishish ishtiyoqidir. Bolalar psixologiyasi fanida toplangan malumotlar tahliliga asoslanib, mazkur Yosh davri boyicha quyidagi xulosalarga kelishi mumkin: 1.Oyin faoliyatida bolada turli harakatlarni tolaligicha namoyish etishga, ularni bajarish usullarini korsatishga ishtiyoq hosil boladi. 2. Keyinchalik esa barcha hatti harakatlarni umumlashtirib aks etirishga urinadi. Bola osib borgan sayin narsalar va oyinchoqlarning nomini ozgartirish, yangi nom bilan atash engillashib boradi.SHuningdek u faqat yangi vaziyatda jismlar nomini ozgartirish bilan kifoyalanib qolmay, balki ularni yangi nomga muvofiq qollashga ham intiladi. Bu esa faoliyatida foydalaniladigan narsalar yangicha nomlash qator muammoli vaziyatlarni vujudga keltiradi. Oyin faoliyatida narsalarning nomini ozgartirish ozining psixologik mohiyati bilan murakkab holat hisoblanadi. Ayniqsa, soz bilan predmetning ozaro munosabatida ularga ozviy bogliq harakatlarni bajarish alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu mulohazalar asosida aytish mumkinki, katta Yoshdagi odamlar hayoti va faoliyatining ornini bosuvchi ashyolar ularning harakatini umumlashgan holda ifodalashning moddiy tayanchi hisoblanadi. Oyin faoliyatida bola harakatining rivojlanishi oyin mazmuniga koproq bogliqdir, chunki bolaning xatti- harakati qanchalik ixcham va umumlashgan bolsa, u kattalarning faoliyati mazmunini aks ettirishdan shunchalik yiroqlashadi. U amalda odamlarning narsalarga va bir- biriga munosabatini bajarishga otadi va shuning uchun narsalar bilan harakat qilishda katalarning ijtimoiy munosabatlarini togri ifodalashga intiladi. Har qanday oyinning va oyin faoliyatining markazida bola katta Yoshli kishilarning faoliyati va ozaro munosabatini, muomalasini oziga xos tarzda aks ettirishi, takrorlashi imkoniyati turadi. SHunga kora oyin ijtimoiy ahamiyat kasb etib, bolaning insoniyat tomonidan asrlar davomida yaratilgan qimmatli bilimlar, amaliy konikmalar, malakalar va odatlarni organishiga imkon yaratadi va uni shaxslararo muloqotning mohiyatiga olib kiradi. Bolaning psixik osishida oyinning ahamiyati Kopchilik psixologlar hamda pedagoglar oyinning psixologik masalalar bilan bevosita shugullanib, oyinlarning bolani psixik kamol toptirishdagi ahamiyatiga alohida toxtalib otganlar. Malumki, oyin bola uchun voqelikni aks ettirishdir. Bu voqelik bolani qurshab torgan voqelikdan ancha qiziqarli bolib uni anglab etishish ancha osondir. Kattalar hayotida faoliyat, xizmat, yumush qanday ahamiyatga ega bolsa, bola hayotida oyin ham xuddi shunday ahamiyat kasb etishi mumkin. Jahon psixologiyasi fanida toplangan boy malumotlar eng sodda psixik jarayondan eng murakkab psixik jarayongacha hammmasining eng muhim jihatlarini shakllantirishda oyinlar katta orin tutishini takidlaydi. Maktabgacha Yoshdagi bolalarda harakatning osishida oyinning tasiri haqida gap borganida avvalo shuni qayd etish kerakki, birinchidan, oyinni tashkil qilishning oziyoq mazkur Yoshdagi bolaning harakatini ositirish va takomillashtirish uchun eng qulay shart sharoit yaratadi. Ikkinchidan, oyinning bola harakatiga tasir etishining sababi va xususiyati shundaki, harakatning murakkab konikmalarini subekt aynan oyin paytida emas, balki bevosita mashgulot orqali ozlashtiradi. Uchinchidan, Oyinning keyinchalik takomillashuvi barcha jarayonlar uchun eng qulay shart- sharoitlarini vujudga keltiradi. SHu boisdan oyin faoliyati hatti harakatni amalga oshirish vositasidan bolaning faolligini taminlovchi mustqali maqsadga aylanadi. Negaki, oyin subekt (bola) ongining dastlabki obekti darajasiga osib otadi. Maktabgacha Yoshdagi bola muayyan xususiyatga ega bolgan rolni tanlaydi, shu bilan birga u yoki bu personajga xos qatiy yurish turishni ongli ravishda ijro etishga intiladi. Demak oyin bola uchun eng zarur faoliyatga aylana boradi va yangi shakldagi harakatlarni takomillashtirish. Ularni anglagan holda esga tushirish ehtimoli konkert voqelikka aylana boshlaydi.Mazkur harakatlarni egallash bolada jismoniy mashqlarni ongli ravishda bajarish imkoniyatini vujudga keltiradi. Bu fikr va mulohazalar akademik A.V.Zaaporjets tadqiqotlarida isbotlab berilgandir. Bolaning oyinlar shart-sharoitidan kelib chiquvchi ongli maqsadi harakatlarni bajarish payt oz aksini topadi, esda olib qolish va esga tushirish xususiyat rivojlanib, asta- sekin tafakkurning oddiy korinishlari bilan ozviy boglanib ketadi. Bolalar laboratoriya sharoitiga nisbatan oyinlarda koproq sozlarni eslab qolish va esga tushirish imkoniyatiga ega boladilar, bu esa ixtiyoriy xotira xususiyatini chuqurroq rivojlantirishga yordam beradi. Malumotlarni tahlil qilish quyidagi xulosalarga kelish imkonini vujudga keltiradi: 1.Oyinda bola tomonidan malum rol tanlash va uni ijro etish jarayoni bir qator axborotlarni eslab qolishni talab qiladi. 2.SHu bois personajning nutq boyligini egallash, xatta-harakatini takrorlashdan iborat ongli maqsad bolada oldinroq paydo boladi va osonroq amalga oshadi. Oyin faqat bilish jarayonlarini takomillashtirib qolmay, balki bolaning hulq-atvoriga ham ijobiy tasir korsatadi. Maktabgacha Yoshdagi bolalarda oz xulqini boshqarish konikmalarini tarkib topitirishga bogliq psixologik muammoni tadqiq etgan Z.V.Manuylenkoning fikricha, biror maqsadga yonaltirilgan mashgulotga nisbatan oyinda xulq konikmalarini oldinroq va osonroq egallash mumkin. Ayniqsa, bu omil maktabgacha Yoshdagi bolalarda Yosh davrining xususiyati sifatida yorqin ifodasini topadi. Katta maktabgacha Yoshdagi bolalarda oz xulqini ozi boshqarish konikmasi oyin faoliyatida ham, boshqa sharoitlarda ham qariyb baravarlashadi.Ayrim vaziyatlarda ularda yuqoriroq korsatkichga erishishlari ham mumkin. Umuman aytganda, oyin va oyin faoliyati bolada oz xulqini boshqarish konikmalarini shakllantirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.Oldingi bobda qayd qilinganidek narsalarni yangi nom bilan atashda yoki yangicha nomlash holatidan kelib chiqib, subekt oyin paytida faol harakat qilishga urinadi. CHunki u moddiy narsalarga asoslangan harakat rejasidan tasavvur qilinayotgan, fikr yuritilayotgan jismlar mohitini aks ettiruvchi harakat rejasiga otadi. Bola jismlarning moddiy shaklidan birdaniga xayoliy, fikriy korinishga otishida unga tayanch nuqtasi vazifasini otuvchi narsalarning aksariyatidan oyinda bevosita obekt sifatida foydalaniladi.Oyin faoliyatida mazkur jismlar qandaydir alomatlarni aks ettiruvchi sifatida emas, balki ana shu tayanch narsalar togrisida fikrlash uchun xizmat qiladi, shuningdek, tayanch nuqtasi harakatning konkert narsa bilan bogliq jihatini aks ettiradi. YUqorida aytilganidek, narsa bilan oyin harakatlarining takomillashuvi harakatning shakli, xususiyati, bosqichi kabilarni qisqartirish va umumlashtirish hisobiga amalga oshiriladi. Oyin harakatlarining qisqarishi umumlashuvi ularning aqliy korinishdagi mantiqiy , izchil, yigiq shaklga otishining asosini tashkil qiladi. Jenevalik psixolog Jan Piaje oyinda jismlarga yangi nom berish omiliga jiddiy etibor bilan qarab, bu ish ramziy manoli tafakkur shakllanishining tayanchi, degan xulosaga keladi. Lekin bu vaziyatni aks ettirishning birdan bir togri yoli degan gap emas, narsalarning nomini ozgartirish bilan bolada tafakkur va aql-zakovat osishini kutish ham mantiqqa mutlaqo ziddir. Aslida narsalarni qayta nomlash emas, balki oyin harakatlarining xususiyatini ozgartirish bolaning aqliy osishiga sezilarli tasir otkaza oladi. Darhaqiqat, oyin faoliyatida bolalarda harakatning yangi korinishi, yani uning fikriy Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling