Rivojlanishi va ahamiyati
Download 0,59 Mb.
|
23.04.2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-jadval Tola tarkibidagi moddalar miqdori
Sellyulozaning tuzilishi
Sellyuloza o‘simlik tolalarining asosiy moddasi bo‘lib hisoblanadi. Sellyuloza ayrim sunʼiy kimyoviy tolalarni (viskoza, atsetat, triatsetat) olishda ham ishlatiladi. Sellyuloza hamma o‘simliklarda bo‘ladi, lekin hech vaqt sof holda uchramaydi. O‘simliklarda sellyuloza boshqa moddalar bilan o‘rilgan holda uchraydi. Sellyulozaning yo‘ldoshiga pentonzan, geksozan, lignin, pektin moddalari kiradi (2-jadval). Sunʼiy tolani olishda asosan archa yog‘ochlaridagi va paxtaning kalta tolasidagi sellyulozadan foydalanadi. Sellyuloza glyukozaning qoldig‘idan tashkil topgan, uning emperik formulasi quyidagicha: (S6N10O3)n yoki (C11H7O2(OH)n bu yerda: n-polimerlash koeffitsiyenti, yaʼni qoldiqlar soni. Qanchalik «n” katta bo‘lsa, shuncha tolalardagi sellyuloza molekulasi uzun bo‘ladi. Pishgan paxta tola uchun ikkita qoldiq bir-biriga nisbatan 1800 buralib joylashgan bo‘ladi. 2-jadval Tola tarkibidagi moddalar miqdori
Lignin sellyulozaga qattiqlik, yaʼni yog‘ochlik hususiyatini beradi. Sellyulozaning solishtirma og‘irligi 1,54-1,56 g/sm3, sellyulozani 120-1300S qizdirganda tarkibi o‘zgarmaydi, 160-1800S da molekula tuzilishi buziladi. Quyosh nurining taʼsirida sellyulozaning glyukozid bog‘i oksidlanadi va molekula tuzilishi nochorlashadi. Sellyuloza yaxshi dielektrik xususiyatiga ega. Sellyuloza suvda, benzolda, spirtda erimaydi. Sellyulozaga ishqor bilan ishlov berilsa tolasi yaltiroq bo‘ladi. (muline ili) Sellyulozadan tashkil topgan tolalar yaxshi bo‘yaladi va yuviladi. Gigroskopik hususiyati yaxshi bo‘ladi. Jonivorlardan olinadigan tolalarning (jun, ipak) va ayrim kimyoviy tolalarning asosiy tarkibi oqsil moddalardan tashkil topgan. Oqsil moddalar yuqori molekulali birikmalarga kiradi. Oksil moddalar molekulasi aminokislotalar qoldiqlaridan tashkil topgan. Jun tolasining asosiy moddasi - keratin deb ataladi. Ipak tolasining asosiy moddasini fibroin deb ataladi. Kerotin va fibroin yuqori molekulali birikmalarga kiradi. Oddiy sharoitda tolalarning tarkibida oqsil moddalarning molekulasi egilgan, buralgan holda bo‘ladi. Molekula uzunligi, ularning ko‘ndalang o‘lchamidan 100 va 1000 barabar katta bo‘ladi. Oqsil moddalarining molekulasi fibrilar yoki globular tuzilishida bo‘ladi. Jun tolasi ko‘proq globular amorf tuzilishida bo‘ladi. Ipak tolasi fibrilar tuzilishida bo‘lib, ayrim joylari kristall tuzilishga ega. Molekulalarning ayrim qismlari kristal tuzilishga ega. Fibroinning solishtirma zichligi 1,25 g/sm3, keratinniki 1,28-1,3 g/sm3. Tolalar 130-1500S ga qadar qizdirilganda ularning tuzilishi o‘zgarmaydi, 1700S xaroratdan oshganda esa tarkibi buziladi. Gigroskopik xususiyati yaxshi. Masalan, jun tolasi 35-40 %ga qadar namlikni o‘ziga yutganda ham tola quruq holatda bo‘ladi. Oqsil moddalar havodagi kislorod bilan tez oksidlanadi (jun, ipak sarg‘ayadi) kuchsiz mineral kislotalar tolaning pishiqligiga taʼsir etmaydi. Download 0,59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling