Rivojlanishning institutsional nazariyasi va tashkiliy innovatsiyalar subektalari
Rivojlanishning institutsional nazariyasi
Download 310.13 Kb. Pdf ko'rish
|
12-mavzu
1. Rivojlanishning institutsional nazariyasi
Tashkilotning uchta asosiy turi – firma, davlat va uy xo‘jaligining yuqoridagi tahlili (IX, XII, XIV – boblar) bizni uzoq muddatli rivojlanishning institutsional nazariyasini ifodalashga imkoniyat beradi. Birinchi o‘rinda eslatib o‘tish zarurki bitimlar bo‘yicha kafil sifatida davlatning unga aralashuvi ikkita iqtisodiy o‘zgarishga zamin yaratdi. Ikkinchi tomondan, demokratik davlat o‘z fuqarolarining ishlab chiqarish faoliyatiga bo‘lgan qiziqishini doimo qo‘llab – quvvatlashi va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirgan holda mulk huquqlarining samarali taqsimlanishini mustahkamlashi lozim. Firma va uy xo‘jaligi haqida gapirganda ular faoliyatdagi tez o‘zgaruvchanlik jihatlarini ta‘kidlash lozim. Shu nuqtai nazardan rivojlanishni nazariyasini institutsional talqin etishda davlat, firma, uy-xo‘jaligini ana shu va boshqa unsurlarini tizimga solish zarur. Shularni hisobga olib birinchi galda rivojlanish nazariyasining asosiy variantlari va ularda institutsional omillar tutgan o‘rin haqida to‘xtalib o‘tamiz. Birinchidan, rivojlanish nazariyasining neoklassik variantida (R.Solou, R.Barro, R.Lukas) kapitalni to‘plash, omonotlar normasining o‘zgarishi, aholining o‘sishi, inson kapitalini to‘plash va texnik taraqqiyot kabi uzoq muddatli o‘sish omillariga urg‘u beriladi. Institutsional omillar jumlasiga ushbu holatda faqat inson kapitalini kiritish lozim, chunki uni takror barpo etish uy xo‘jaligi, firma (learning- by-doing orqali) va davlatning (ta‘lim sohasidagi siyosat orqali) birgalikdagi sa‘y-harakatlari yordamida amalga oshiriladi. Ikkinchidan, iqtisodiy rivojlanishning Keyns yondashuvini statiklik uchun tanqid qiluvchi neokeynsian nazariyalari (R.Xarrod, E.Xansen). Neokeynsian nazariyasi vakillari omonatga bo‘lgan o‘ta moyillikka, davlat xarajatlarining miqdorlariga, kapitalning eng yuqori samaradorligi miqdoriga e‘tibor qaratadi. Rivojlanishning neokeynsian nazariyasi vakillari ko‘rsatgan omillardan har birini institutsional nuqtai nazardan talqin etish mumkin bo‘lsa-da (masalan, omonatga bo‘lgan o‘ta moyillikka – uy xo‘jaligi mutaassibligi orqali), kapitalning eng yuqori samaradorligi talqini katta qiziqish uyg‘otadi. Bunday qiziqishning sababi kapitalning eng yuqori samaradorligi bilan iqtisodiy agentlar kutishlarining shakllanishi jarayoni o‘rtasidagi bog‘liqlikda hisoblanadi. «Aynan ushbu kapital fondi eng yuqori samaradorligining kutishlardagi o‘zgarishlarga bog‘liqligi kapital eng yuqori samaradorligining keskin o‘zgarishlarga moyilligini belgilab beradi». Kutishlar esa iqtisodiy agent tomonidan fond bozoridagi bitimlarning boshqa ishtirokchilarini kuzatish asosida shakllanadi. Bundan ko‘plab muvazanatli yakuniy holatlar ehtimoli paydo bo‘ladi va ularning har biriga erishish uchun ushbu yakunning haqiqiyligiga bozor ishtirokchilari yetarlicha sonining ishonishi kifoya qiladi. «Kutilayotgan voqea bir vaqtning o‘zida kutishlarning natijasi hisoblanadi» (self- fulfilling prophecies, etats autorealisateurs). Boshqacha aytganda, iqtisodiy o‘sish sur‘atlari bozorda optimistik holatlarning hukumronligini aks ettiradi. O‘sish istiqbollari davlatning yuqori optimistik ruhga ishonch hissini uyg‘otishga qodirligi bilan belgilanadi. SHuningdek, agar davlatga ishonch bo‘lmasa, uning kutishlarni shakllantirish borasidagi har qanday siyosati muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Download 310.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling