Rivojlanishning institutsional nazariyasi va tashkiliy innovatsiyalar subektalari


Download 310.13 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana21.04.2023
Hajmi310.13 Kb.
#1369976
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
12-mavzu

 
2. Innovatsiyalar tasnifi 
Innovatsiyalarni amalga oshirishga rag‘batlantiruvchi omillarni 
bilish muhim ahamiyatga ega. Bunday omillarni ijtimoiy tanlov 
nazariyasi yordamida, ya‘ni xususiy va ijtimoiy ne‘matlarni bir – biriga 
taqqoslash orqali tasniflash mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi. Masalan, 
faoliyatning institutsional doiralarini o‘zgartirish, uning barcha 
ishtirokchilarga nisbatan ijtimoiy ne‘mat hisoblanadi va, o‘z navbatida, 
barcha ijtimoiy ne‘matlarning ishlab chiqarilishida kuzatiladigan boshqa 
shaxslar hisobiga tekinga yurish muammosi bilan bog‘liq. ««Yakka, 
oqilona maqsadli xatti-harakatning neoklassik modeli doirasidan chetga 
chiqmaydigan institutsional o‘zgarishlarning dinamik nazariyasi hech 
qachon jamiyatda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarning aksariyatini 
tushuntirish imkonini bermagan bo‘lar edi».
Ikkinchi tomondan, tashkilotlar darajasidagi o‘zgarishlar klub 
ne‘matlari xususiyatiga ega. Ulardan foydalanuvchilar soni tashkilot 
a‘zolari, yoki «insayderlar» bilan cheklangan. Bunday innovatsiyalar 
tashkilot doiralari bilan cheklangan. Chunki taqlid (immitatsiya) qilish 
va innovatsiyalarni tashkiliy doiralar tashqarisiga tarqatishga uni alohida 
tilda va mutaassiblikda «kodlash» fakti to‘sqinlik qiladi. Biroq, 
«insayderlar» tomonidan innovatsiyalardan foydalanilishini nazorat 
qilish ham qiyin. SHuning uchun tashkiliy innovatsiyalarni klub 
ne‘matlari sifatida belgilash mumkin.


Va nihoyat, yangi mahsulotni yaratish, o‘z mohiyatiga ko‘ra, 
ayniqsa ixtiro huquqlarini himoya qiluvchi patentlar mavjud bo‘lgan 
hollarda, shaxsiy ne‘matni ishlab chiqarishga yaqin. Biroq, hatto agar 
patentlar bo‘lmagan taqdirda ham, bozorda paydo bo‘lganidan so‘ng 
dastlabki davrda yangi mahsulot monopol holatda bo‘ladi. Yangi 
mahsulotga taqlid qilish boshlangunga qadar uning ixtirochisi 
«innovator rentasini» - monopol qo‘shimcha foydani oladi, aynan ushbu 
holat yangi mahsulotlarni ishlab chiqishga undaydi. Demak, 
innovatsiyalar ijtimoiy, klub va shaxsiy ne‘matlar xususiyatiga ega 
bo‘lishi mumkin 

Download 310.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling