Rivojlantirish instituti
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Terapevtik stomatologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Terapevtik va jarrohlik davolash usullari
- Ildiz cho‘qqisini rezeksiyasi.
- M U S T A Q I L T A Y Y O R G A R L I K U C H U N S I N O V S A V O L L A R
- Periodontit bilan og‘rigan bemorlarni davolash jarayonida qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatoliklar va ular oqibatida kelib chiqadigan asoratlar
- Tish kariyes kovagini borlar bilan ishlov berganda bo‘lishi mumkin bo‘lgan xatolar va ular oqibatida kelib chiqadigan asoratlar
- Tish kanallarini tozalash, ulardan chiriklarni olib tashlash jarayonida uchraydigan xatolar va kelib chikadigan asoratlar
- Tish kanali (lari) ni plombalash jarayonida bo‘lishi mumkin bo‘lgan xatolar va kelib chiqadigan asoratlar
- Xroniointoksikasiya holatining kechishi, tashhisi va davolash usullari
- Xroniosepsis holatining kechishi, tashhisi, davolash usullari va bu holatlarning oldini olish chora-tadbirlari (profilaktika)
13- rasm. Yod bilan elektroforez usuli. www.ziyouz.com kutubxonasi 1 9 5 mashina yordamida ishlatiladigan turli drilborlar, Kerra ignalari kabilar keng qo‘llaniladi. Kanallar kengaytirilgach yoki ko‘p ildizli tishlarda o‘tmas kanallar iloji boricha kengaytirilgach, rezorsin-formalin aralashmasi (Alberxt, 1913) va kumush nitratini (Howe, 1916; Govseev, 1923; Ya.S. Pekker, 1930 va boshqalar) makro- va mikrokanallarga shimdirish — impregnasiya qilish qo‘llaniladi. Buning uchun rezorsin-formalin usulida: 40% li formalin, rezorsin kristallarining suvdagi to‘yingan eritmasi va katalizator sifatida 7% li natriy nitrati (NaOH) ishlatiladi. Rezorsin chirindi tarkibidagi mikroblarni va zararli moddalarni kuydiradi, formalin tarkibidan formaldegid gazi ajralib u ham antiseptik ta’sir etadi. Rezorsin bilan formalin o‘rtasida polimerizasiya reaksiyasi boradi va I.G. Lukomskiy (1958) ta’biricha, 10—14°C issiqlik ajralish (ekzotermik) bilan kechadi. Bu reaksiyani katalizator natriy nitrati kuchaytiradi, tezlashtiradi. Bu usulni qo‘llashning bir necha modifikasiyalari bor (A.I. Evdokimov, I.G. Lukomskiy, E.E. Platonov va boshqalar). Bular- ning natijasida, impregnasiyadan keyin iloji boricha o‘tmas kanallarning o‘tuvchi qismlari rezorsin-formalin pastasi bilan to‘ldirilishi bilan davolash oxirigacha etkaziladi. Rezorsin-formalin (1:2 mikdorda — 1 tomchi rezorsinga 2 tomchi formalin qo‘shish bilan) aralashmasiga yumshoq pasta hosil bo‘lguncha Sink oksidi tukuni (poroshok) qo‘shilib pasta holida kanalga ildiz ignalari va kanalto‘ldiruvchilar yordamida kirgizilib, kanallar to‘ldiriladi, uning ustiga suvli sun’iy dentin pastasi, taglik va nihoyat, kovakka doimiy plomba qo‘yiladi. Keyingi yillarda rezorsin-formalin usuli o‘rniga depoforez (periodont to‘qimasiga zarar keltirmaydigan) usul qo‘llanila boshladi. Bu usulda, dorilar kanalda to‘planadi. Kumush nitrati bilan impregnasiya o‘tkazish uchun: 4% li kumush nitratining (AgNOa) spirtli eritmasi va tiklantiruvchi 4% li gidroxinon- ning spirtli eritmasi qo‘llanadi. Bular orasida tiklanish reaksiyasi, ya’ni AgNOa dan toza, ion shaklida Ag ajraladi va mikrokanallar ichida cho‘kadi. Kumush ionining mikroblarni o‘ldirish xususiyati qadimdan ma’lum: Agar kumush idishlarda suv ma’lum vakt saqlansa, undagi mikroblar o‘lib suv tozalanadi. Demak, kichik kanallardagi ion shaklidagi erkin kumush uzoq saqlanib, shu davr ichida mikroblarga qarshi kurashish bilan birga mikrokanallarni yopib turadi va ulardan mikroblarni makrokanalga tu- shushga va u erdan periodont to‘qimasiga o‘tib (reinfeksiya) uni yallig‘lanishga olib kela olmasligini ta’minlab turadi. Undan tashqari, makrokanal devorlarida kumush oksidi (Ago) hosil bo‘lib, parda shaklida devorni yopib turgani uchun ham mikrokanallardan mikroblarni makrokanalga tushishini to‘sib turadi. Shuni ta’kidlash zarurki, kumush nitratidan toza kumush ionini tiklanishi faqat tiklovchi gidroxinon ta’sirida bo‘lmaydi, balki kanallar- www.ziyouz.com kutubxonasi 1 9 6 dagi organik moddalar — chirindi tarkibidagi mikroblar va ular o‘lishidan hosil bo‘lgan organik moddalar ta’siri ostida ham bo‘lishi mumkin. Lekin, bu jarayon sekinlik bilan kechadi, ana o‘sha reaksiyani tezlashtirish uchun gidroxinon qo‘llanadi. Kanallarni kumushlagandan keyin ularni iloji boricha davolash pasta- lari (yodoformli, rezorsin-formalin, fosfat-sement, adgezor va shunga o‘xshashlar) bilan plombalanadi va doimiy plomba qo‘yiladi. Bu ikki impregnasion usuldan oldin, Bucleu (1904—1905) birinchilar qatorida infeksiyali, pulpa chirindilari bilan to‘lgan ildiz kanallarini zararlantirish maqsadida trikrezol formalin preparatini tavsiya etgan edi. Bunda trekrezol formalin bilan qo‘shilib, unda formalin pulpa chirindi- larining hosil qilgan narsalarini zararlantirishi, trikrezol esa u erdagi yog‘larni parchalashi ko‘zda tutilgan edi. Undan tashqari, trikrezol chirindilarni zararlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi degan edi, muallif. Lekin keyingi kuzatuvlar bu usulning periodont to‘qimasiga salbiy ta’sir etishi (ildiz uchida turli patologik o‘zgarishlar) ni ko‘rsatdi. Shuning uchun, bu usul hozirgi vaqtda qo‘llanilmaydi. Terapevtik (konservativ) davolash usullarini bir ildizli va ko‘p ildizli tishlarni davolashda, ya’ni barcha tishlardagi surunkali periodontitlar, qaytalangan surunkali periodontitlar, kista-granulemalar (kattaligi 2 sm gacha)ni davolashda qo‘llash mumkin. Bunda kanallardagi infeksiyaga qarshi kurash choralari ko‘rilgach, kanallarni iloji boricha to‘liq plombalash, kerak bo‘lganda ildiz uchidan plomba ashyolarini granulema ichiga o‘tkazish bilan tugatish lozim. Ma’lum vaqt o‘tgach, kasal shikoyatlari davolangan tishda bo‘lmasada, rentgenogrammadagi o‘zga- rishlar bilan (6—12—18—24 oyda) ma’lum muddatdan keyingi rentgeno- logik o‘zgarishlarni solishtirish kerak bo‘ladi. Agar oldingiga nisbatan emirilgan suyak o‘zgarishlari kamayib borsa, demak davolash foyda keltirilganidan darak beradi. Terapevtik va jarrohlik davolash usullari Terapevtik usullar keng va muvaffaqiyatli qo‘llanadi. Lekin ba’zi hollarda bir tishni davolashda uning ma’lum qismini terapevtik yo‘l bilan va ikkinchi bir qismini jarrohlik usul bilan davolashga to‘g‘ri keladi. Bunda, saqlangan tish qismi sun’iy koronka bilan yopilsa o‘z vazifasini bajara oladi. Bir ildizli tishlarning ildiz cho‘qqi qismlari qiyshaygan, ularning cho‘qqisida granulema yoki kistagranulema bo‘lsa, ularni rezeksiya qilish jarroh-stomatologlar tomonidan bajariladi. Shunday qilib, quyidagi terapevtik-jarrohlik usullari mavjud: Ildiz cho‘qqisini rezeksiya qilish (kesib olib tashlash), toj ildizli (korono- radikulyar separatsiya) qirqib tashlash, gemiseksiya va ildiz amputatsiyasi, tishni replantatsiya qilish. www.ziyouz.com kutubxonasi 1 9 7 Bu usullarni qo‘llashdan oldin ildiz kanallari plombalangan bo‘lishi shart. Ildiz cho‘qqisini rezeksiyasi. Bunda cho‘qqining teshigi va uning atrofidagi patologik o‘zgargan to‘qimalarni kesib olib tashlashdan iborat jarrohlik ishlari bajariladi. Periodontitni bu davolash usuli, ildiz cho‘qqisida destruktiv suyak o‘zgarishlari (emirilish, surilish) va anatomik ildiz qiyshiqligi, kanalning torligi tufayli plombalashning iloji bo‘lmagan va kanalda mayda asbob- larning sinib qolgan hollarda qo‘llaniladi. Ildiz cho‘qqisi rezeksiyasi hamma tishlarda emas, faqat yuqori jag‘da o‘tkazilishi mumkin. Koronoradikulyar separatsiyasi pastki katta chaynov (molyar) tishlarda o‘tkaziladi. Ildizlar bo‘linadigan (bifurkatsiya) joyidan tish ikkiga-distal ildiz toj qismi bilan va medial ildiz toj qismi bilan — bo‘linadi. Distal ildiz kanali o‘tuvchi bo‘lgani uchun, uni oxirigacha plombalash mumkin. Medial ildizdagi ikki kanal tor, o‘tmas bo‘lsayu, ildiz uchida granulema bo‘lsa, kanallarni to‘la plombalashni imkoniyati bo‘lmasa unda gemisek- siya va ildiz amputatsiyasi operatsiyasi bajarilib, medial toj qismi bilan medial ildiz olib tashlanadi. Agar medial ildizdagi kanallar ham yaxshi plombalansa, tish go‘yoki ikki qismga ajratilib, ikkala qismga ham sun’iy qoplami kiygiziladi va tish atrofidagi o‘zgargan to‘qima olib tashlanadi. Tish replantasiyasi deganda, kasallangan tish sug‘urib olinadi, kanal(lar)i plombalanadi va doimiy plomba qo‘yilib, yana jarroh uni o‘z o‘rniga o‘tkazadi (qo‘yadi). Jarrohlik usuli bilan periodontitlarni davolash deganda, terapevtik, terapevtik-jarrohlik usullari yordam bermagan paytlarda kasallangan tishni olib tashlash tushuniladi. M U S T A Q I L T A Y Y O R G A R L I K U C H U N S I N O V S A V O L L A R 1. Qaysi turdagi surunkali periodontitlarni bilasiz? 2. Surunkali periodontitlarni tashhislash qay usulida o‘tkaziladi? 3. Eng ko‘p asoratlar beruvchi, qaytalanib turuvchi surunkali periodontit turini asoslab bering. 4. Yaxshi o‘tuvchi kanallarni davolash usullari. 5. Yomon va o‘tmas kanalli tishlarni davolash usullari nimalardan iborat? 6. Surunkali periodontitlarni davolashda qaysi fizioterapevtik usullar qo‘llanadi? 7. Germetizmga chidamsiz surunkali periodontit bilan og‘rigan tishlarni qaysi usul bilan davolash mumkin? 8. Stomatogen o‘choq deganda nimani tushunasi? 9. Terapevtik usullar yordam bermaganda, surunkali periodontitda qaysi davolash usullari qo‘llanadi? www.ziyouz.com kutubxonasi 1 9 8 Periodontit bilan og‘rigan bemorlarni davolash jarayonida qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatoliklar va ular oqibatida kelib chiqadigan asoratlar Boshqa tish kasalliklari (kariyes kasalligi, pulpit) ga o‘xshash, perio- dontit kasalligini davolash jarayonida ham shifokorning e’tiborsizligi yoki bilimining pastligi oqibatida turli xatolarga yo‘l qo‘yilishi va ular oqibatida kelib chiqadigan asoratlar kuzatilishi mumkin. Xato va asoratlar tashhislash, qiyosiy tashhislashda ham bo‘lishi mumkin bo‘lib, o‘tkir periodontit bilan og‘rigan bemorlarda, xususan, o‘tkir umumiy perio- dontitlarda paydo bo‘ladigan og‘riq xuddi shunday umumiy pulpit bilan og‘rigan bemorlarda uchraydigan og‘riqlarga o‘xshashdir, lekin diqqat bilan kuzatilsa ular bir-biridan og‘riqlarni paydo bo‘lishi, rivojlanishi, hamda bemorning umumiy ahvoli turlicha turlicha bo‘lganligi bilan farq qiladi. Yoki bo‘lmasa, surunkali periodontitlar, xususan surunkali granu- lematoz, surunkali granullashgan periodontitlarni e’tiborsiz ravishda almashinib tushinish mumkin. Buning uchun rentgenologik o‘zgarishlarni yaxshi bilish kerak. Tish kariyes kovagini borlar bilan ishlov berganda bo‘lishi mumkin bo‘lgan xatolar va ular oqibatida kelib chiqadigan asoratlar Periodontitni davolash uchun tish kariyes kovagi (yoki plomba, yoki plomba qoldiqlari)ni borlar bilan tozalash, amputatsiya shaklida ishlov berib, kanal(lar)ga kirish qismigacha ochish talab etiladi. Ana shu jara- yonda yupqalashib qolganligi natijasida, yoki shifokorning e’tiborsizligi oqibatida tish kovagi devorining bir qismi sinib og‘iz bo‘shlig‘iga tushishi, nafas yo‘li yoki oshqozon — ichak yo‘liga tushishi mumkin. Xuddi shunday, borning bir qismi ham sinib og‘iz bo‘shlig‘iga va undan tomoqqa yoki nafas yo‘liga tushishi mumkin. Bu hol, xususan nafas yo‘liga, o‘tkir uchli yoki qirrali yot narsaning tushishi, bemorning burilib qolishiga, nafas olishi og‘irlashuviga olib keladi. Natijada tez orada tegishli mutaxassis (lor — kasaliklarni davolovchi shifokor) yordami ko‘rsatilishi, va agar buning iloji bo‘lmasa, shifokor — stomatolog traxeostomiya operasiyasini bajarishi shart. Tish kanallarini tozalash, ulardan chiriklarni olib tashlash jarayonida uchraydigan xatolar va kelib chikadigan asoratlar Tish kovagi "amputatsiya" usulida ishlov berilgach, kanal(lar)ni ildiz ignasi, pulpaekstraktor, drilborlar (qo‘l bilan va bormashina yordamida) bilan ishlov berish natijasida ham bu mayda asboblar yoki ularni singan www.ziyouz.com kutubxonasi 1 9 9 qismlar ish paytida sinib qolishi mumkin, og‘iz bo‘shligiga tushishi va o‘z vaqtida olinmasa, yuqorida keltirilgani kabi, nafas yoki oshqozon- ichak yo‘liga tushib, turli ko‘ngilsiz holatlarga olib kelishi mumkin. (amaliyotdan misollar keltirish kerak). Odatda, kanallardan chiriklarni olib tashlash bosqichma bosqich o‘tkaziladi. Shu jarayonni bajarishda nihoyatda hushyor bo‘lib, bu chiriklarni periodont to‘qimasiga o‘tkazib yuborilmaslik chorasini ko‘rish zarur. Chirik massani periodont to‘qima- siga kirgizib (tiqib) yuborish; o‘tkir periodontitlarda jarayonni og‘irlashu- viga, surunkali periodontitlarda esa, yallig‘lanish jarayonini qaytalanishiga olib keladi. (Oqibatlarini tushuntirish kerak). Tish kanali (lari) ni plombalash jarayonida bo‘lishi mumkin bo‘lgan xatolar va kelib chiqadigan asoratlar Tish kanali (lari) ni plombalash jarayonida ham ishlatiladigan mayda asboblar sinib qolishi va yuqoridagi ko‘ngilsiz hodisalar ro‘y berishi mumkin. Periodontitlarda kanal (lar) ni plombalash davolashning oxirgi bosqichi hisoblanadi. Shuning uchun, ildiz atrofi (uchi) dagi suyak yemi- rilishi. granulemaning katta-kichikligi (granulyoma, kista-granulema), umuman periodont to‘qimasining ildiz uchi qismining holatiga qarab, plomba ashyosining ildiz uchidan chiqarmasdan kanal (lar) ni plombalash kerakmi? degan savolga turlicha qarash (javob) bor. Bir guruh mualliflar (A.A.Anishchenko, M.I.Groshikov, A.I. Marchenko va boshqalar) kanal (lar) ni plombalashda, plomba ashyosi ildiz uchidan chiqarilishi kerak deyishsa, boshqa bir guruh mualliflar (Ya.I. Gutner, T.T. Shkolyar, G.D. Ovruskiy 1968 va boshqalar.) bunday qilish shart emas yoki zararli deb hisoblashadi. A.I. Sholoxova (1965) esa bu ikki usul plombalashning bir biridan ustunligi yo‘q deb hisoblaydi. E.V. Levitskaya va boshqalar (1973) o‘z tadqiqotlariga asoslanib yozishadiki, ildiz uchidan periodont to‘qimasiga chiqarilgan plomba ashyosi fosfat sement, yot narsa bo‘lib, uzoq muddat ildiz uchidagi surunkali yallig‘lanish jarayonini saqlanib kelishiga sabab bo‘ladi. Bizning kafedramizning fikricha, periodont to‘qimasini holatiga qarab, ildiz uchigacha yoki ildiz uchidan chiqarib plombalash mumkin. Ayrim paytlarda, ildiz uchidan chiqarilgan plomba ashyosidan keyin yallig‘lanish jarayoni qaytalanib, doimiy og‘riq, ozmi-ko‘pmi ildiz atrofidagi to‘qimalarning shishishi mumkin. Bu asoratlarni davolash uchun fizioterapevtik usullar (UVCH-terapiya, flyuktuorizatsiya, darson- valizatsiya) ham og‘izni iliq sodali eritma, shalfey, romashka kabi dorivor o‘tlaridan tayyorlangan damlamalar yordamida chayish yaxshi natija beradi. www.ziyouz.com kutubxonasi 2 0 0 Xroniointoksikasiya holatining kechishi, tashhisi va davolash usullari Surunkali ichki zararlanish deganda, biz organizmdagi ma’lum a’zolar yoki tizimlarda joylashgan, yashirinib yotgan, bir qarashda, hattoki klinik-laboratoriya usullar bilan tekshirilganda, aniqlanishi qiyin bo‘lgan yallig‘lanish o‘choqlaridan infeksiyani qon orqali uzoq muddat davomida butun organizmga tarqalishini tushunamiz. Bu ta’sirotga organizm tomonidan ko‘rsatilayotgan javob reaksiyasida xroniointoksikasiya darajasi namoyon bo‘ladi. Yallig‘langan o‘choqdan infeksiyani organizmga qon orqali tarqalishi xronosepsis holati deb tushuniladi. Demak, xroniosepsis va xroniointoksikatsiya bir-biri bilan uzviy bog‘liq jarayondir. Shuning uchun bu ikki holatni birlashtirib o‘rganamiz. Xroniosepsis holatining kechishi, tashhisi, davolash usullari va bu holatlarning oldini olish chora-tadbirlari (profilaktika) Xronionsepsis va xroniointoksikatsiya muammosi umumtibbiyot muammosidir. Chunki xronioseptik o‘choqlar, nafaqat og‘iz bo‘shlig‘i organlarida, balki ichki a’zo va tizimlarda (masalan: jigarda, oshqozon — ichak yo‘llarida, bo‘g‘inlarda, buyrak-siydik yo‘llarida va hokazo) ham bo‘lishi mumkin. Bu o‘choqlar ko‘pincha yashirin holatda joylashgan. Hozirgi zamon tibbiyot fanining asosiy vazifalaridan biri bo‘lib, organizmda yashirinib yotgan surunkali yallig‘lanish o‘choqlarini topib davolash va ular asorat- larini oldini olish (profilaktika) chora-tadbirlarini ko‘rishdan iborat. Sepsis — bu umumiy infeksion kasallik bo‘lib, uning kelib chiqishida organizmda mavjud bo‘lgan infeksiya o‘chog‘i sababchidir. I.V. Davi- dovskiyning ta’kidlashicha, sepsis kasalligida infeksiya turlaridan qat’iy nazar, kasallikning asosiy ko‘rinishi barcha odamlarda deyarli bir xil bo‘ladi. Ko‘pincha stafilakokk, strepokokk va ichak tayoqchalari sepsis- ning kelib chiqishida asosiy rolni bajaradilar. Kasallikning ko‘rinishi, rivojlanish darajasi, har bir kishida odam organizmining kuchli yoki kuchli emasligi, ya’ni reaktivligi hamda immunologik holati bilan bog‘liq. Infeksiya o‘chog‘i deganda nimani tushunish kerak? Bu — orga- nizmning ma’lum joyida surunkali yallig‘lanish o‘chog‘i bo‘lib, u bir necha marotaba har xil dorilar ta’sirida bo‘lgan bo‘lishi mumkin, lekin o‘choqda bo‘lgan mikroblar kasallik qo‘zg‘alishi yoki boshqa surunkali kasalliklarni quvvatlab turish qobiliyatiga ega bo‘lishi mumkin. I.G. Lukomskiy, D.A. Entinlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar va klinik tekshiruvlar natijasida o‘choqli infeksiya va og‘iz sepsisi toksiko- www.ziyouz.com kutubxonasi 2 0 1 allergik va asab-trofik yo‘llar bilan rivojlanishi taxmin qilingan. Bu mualliflar, og‘iz bo‘shlig‘i surunkali yallig‘lanish o‘choqlarini aniqlash ustida ishlar olib borishgan. Infeksiya o‘chog‘i- bu mikroblar yig‘ilgan joy bo‘lib, ularning yashash joylarida hosil bo‘lgan mahsulotlar, mikrob toksin — zaharlari hamda chirigan to‘qimalar (antigenlar vazifasini o‘taydi) bo‘lib, bu erdan reflekslar orqali doimiy ravishda asab reseptor- larining ta’sirlanishi bo‘lib turadi. Shuning uchun ham mahalliy va umumiy ta’sir kuchi nisbiydir. O‘choqlar o‘tkir (bir necha soat yoki kunlar davomida) va surunkali (bir necha yillar) turlaridan iborat, shuning uchun ham septik reaksiyalar turlicha davomli bo‘lishi mumkin. Septik o‘choqlarning joylashishiga qarab quyidagilarga bo‘linadi: 1. Odontogen sepsis. 2. Otogen sepsis. 3. Tonzilyar sepsis. 4. Urogen sepsis. 5. Kindik sepsisi. 6. Paradontal sepsis va hokzzo. Odontogen sepsis o‘choqlari asosan yaxshi davolanmagan tishlarda, pulpasi olingan tishlarda bo‘lishi mumkin. Undan tashqari, kariyes kovaklari ham shunday infeksiya o‘choqlari bo‘lib hisoblanadi. Surunkali periodontitlar, surunkali jag‘lar osteomielitlari va boshqa shuningdek, surunkali kechadigan odontogen sepsis o‘choqlari shu holatlarni tug‘di- radi. Doimiy surunkali infeksiya o‘choqlari organizmda murakkab reak- siyalarning hosil bo‘lishiga olib keladi, bunda infeksiya bilan hosil bo‘lgan to‘qima chirindilari antigen bo‘lsa, bularga qarshi antitelolar hosil bo‘ladi. Oqibatda allergik reaksiyalar kelib chiqadi. Allergik ko‘rinishlarning.mexanizmida ikki omil rol o‘ynaydi. 1. Kasallik keltirib chiqarmaydigan mikroblar. 2. Sensibilizatsiya jarayonida to‘qimalar bilan autoallergenlar va autoantitelolarning o‘zaro ta’siri. Shuni ta’kidlash muhimki, og‘iz bo‘shlig‘ini sog‘lomlashtirish (sana- tsiya) odontogen infeksiya o‘choqlarini kamayishiga, surunkali sepsis kasalligini oldini olishda muhim ahamiyatga egadir. Bu holat revmatizm bilan og‘rigan bemorlar og‘iz bo‘shlig‘ini sanasiya qilinganda yaqqol ko‘zga tashlanadi: sanasiyadan keyin ikki yil o‘tgach, sog‘ayish 59%, yaxshilanish 30%, va faqat 10% revmatizm bilan og‘rigan bemorlarda o‘zgarish qolgan. Revmatizm qaytalanishida yana ham yaqqol ko‘rinadi: Sanatsiya qilingan bemorlarda faqat 12,8% revmatizm qaytalangan bo‘lsa, sanasiya qilinmaganlarda esa bu miqdor 47,2% — ni tashkil etgan. Eng qizig‘i shundaki, Zabadning yozishicha, ruhiy kasalliklar (tutqanok, psixozlar) da og‘iz bo‘shlig‘ini sanatsiya qilish yaxshi natijalar berishi aniqlangan. www.ziyouz.com kutubxonasi 2 0 2 Og‘iz bo‘shlig‘ini sanatsiya — sog‘lomlashtirish ayrim kasallik holatlari va bemorning ahvoliga qarab o‘tkazilishi kerak. Masalan: Revmatizm kasalligining qo‘zg‘algan paytida sanasiya qilish uchun protrombin ko‘rsatkichi (indeksi) ga asoslanish kerak. Bu ko‘rsatkichning pastga tushishi jigar funksiyasini buzilishidan dalolat beradi. Bu paytda sanasiya o‘tkazish mumkin emas. Yoki, infarktdan keyin 6—10 oy o‘tkazib, sanatsiya qilish mumkin, nefrit bilan og‘rigan bemorlarni esa 4-6 haftadan keyin. Albatta stomatologning ishi boshqa tibbiyot xodimlari — nefrologlar, gepatologlar, terapevtlar va boshqa mutaxassislar bilan bamaslaxat olib borilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Surunkali periodontitlardan tashkari, ildiz uchi periodantitlari tirik pulpali tishlarda ham kuzatilgan. Buning sababi, yopiq pulpit (pulpitis clausa). Ketterl 262 tish rentgenogrammalarini tekshirib chiqib, ularda 1393 surunkali yallig‘lanish o‘choqlari borligini aniqlagan. Bulardan pulpasi olingan (depulpasiya) tishlar 18,8% ni, tish bo‘yin qismidagi jarayonlar 13,8% ni, tishsiz odamdagi o‘choqlar 7,8% ni tashkil etgan, holos. Qolgan hammasida pulpa tirik bo‘lgan. Og‘iz bo‘shlig‘idagi surunkali infeksiya o‘choqlarini davolash juda ko‘p kasalliklarni davolashga sababchi bo‘lar ekanligi aniq. Shuning uchun, og‘iz bo‘shlig‘idagi surunkali yallig‘lanish o‘choqlari mahalliy emas, balki umumiy organizmga ta’sir ko‘rsatadi deb tushunish shart. Hozirgi zamon fani, og‘iz bo‘shlig‘idagi o‘choq — bu geterosensi- bilizasiya manbai (mikrob, dorilar) va organizmning autosensibili- zasiyasiga olib keladigan omildir. Og‘iz bo‘shlig‘ining autosensibilizasiyasiga sababchi bo‘ladigan omil- lar surunkali tonzillit, surunkali periodontitlar, surunkali pulpit va para- dontitlar, shuningdek olib tashlanmagan ildiz atrofi kistalari, surunkali jag‘ osteomiyelitlari, so‘lak bezlarining surunkali yallig‘lanishlari (sialo- denit, sialostoz, sialodoxit), tish orqali rivojlanadigan gaymoritlar va boshqalar bo‘lib hisoblanadi. Uzoq yillardan beri (A.I. Evdokimov. 1936 va boshqalar) paradont to‘qimasidagi o‘zgarishlar gingivit, paradontit kasalliklari surunkali yallig‘lanish o‘choqlari bo‘lib hisoblanishi ma’lum degan fikr bor. G.Z. Balyanskaya mikrobiologik, immunologik tekshiruv- lar o‘tkazib, paradont kasalliklarida kamida 15 sm masofadagi milk, suyak to‘qimalarida yallig‘lanish jarayonining kechishi va bu jarayon uzoq, surunkali davom etishi haqqoniy surunkali yallig‘lanish o‘chog‘i bo‘lib faoliyat ko‘rsatishini ta’kidlaydi. So‘lak bezlarining surunkali yallig‘lanishlari (sialodenit, sialostaz, sialodoxit), tish orqali rivojlanadigan gaymoritlar va boshqalar bo‘lib hisoblanadi. Surunkali septik o‘choqlar turlicha belgilangan: 1) "surunkali yallig‘lanish o‘chog‘i"; 2) "surunkali infeksiya o‘chog‘i"; 3) "uyqusiradigan infeksiya o‘chog‘i"; www.ziyouz.com kutubxonasi 2 0 3 4) "odontogen infeksiya o‘chog‘i"; 5) "stomatogen o‘choq". Hozirgi vaqtda og‘iz bo‘shlig‘idagi barcha surunkali infeksiya o‘choqlari stomatogen o‘choqlar deb ataladi. Shunday qilib, og‘iz bo‘shlig‘i a’zolaridagi surunkali yallig‘lanish o‘choqlari organizmning autoinfeksiya (ichki, o‘z infeksiyasi) va autoinsoksikasiya (o‘z-o‘zini zaharlash) manbalari bo‘lib, xisoblanadi. O‘choqli infeksiyalar ta’sirida kelib chiqadigan kasalliklar. Maxalliy joylashgan yallig‘lanish o‘choqlaridan kelib chiqadigan kasalliklar patologik reaksiyaga olib keladi. Ichki a’zo va tizim kasalliklarining (yurak-qon tomir kasalliklari, tayanch-harakat apparati va boshqa kasalliklar) ko‘pchiligi organizmdagi o‘choqli infeksiya ta’siri ostida kelib chiqishi aniqlangan. Bularning aksariyati, sepsisga olib keladi. Sepsis qanday rivojlanadi degan savolga aniq javob bo‘lmasada, infeksion — allergik nazariya asosida bu holatni tushuntirsa bo‘ladi. Ko‘pchilik stomatogen o‘choqlar bilan boglik septik holatlarda bemorlar organizmi-o‘choqdagi streptokokklarga o‘ta sezuvchan (sensibilizasiya) bo‘lishi kuzatiladi. Buning natijasida streptokokklarga qarshi antitelolar antigenlar bilan birga hujayralarga ta’sir qilib, giperergik reaksiyani vujudga keltiradi va ma’lum alohida a’zoni jarohatlaydi. Bunda xarakati sekinlashgan tipdagi reaksiya shakllanadi. Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling