Rivojlantirish instituti


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/29
Sana20.11.2020
Hajmi1.48 Mb.
#148225
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29
Bog'liq
Terapevtik stomatologiya


Hujayra destruksiyasi
Antigen-antitelo reaksiyasi natijasida hujayra tuzilishining buzilishi-
destruksiyasi biologik faol-gistamin, asetil-xolin, serotonin va boshqalarni
hosil bo‘lishiga olib kelib, bu moddalar esa, qon orqali organizmga
tarqalib turli a’zo va to‘qimalarni o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Bular
natijasida hosil bo‘ladigan patologik reaksiyalar turli klinik ko‘rinishlarni
paydo qiladi. Shunday qilib kasallik kelib chiqadi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, o‘choqli infeksiyaning hosil bo‘li-
shida juda ko‘p sabablar bo‘lishi ma’lum. Ular orasida etakchi o‘rinda
tish kanallarining turli anatomik xususiyatlarga ega bo‘lishidir.
Kruger 129 ta o‘liklardan olingan tish kanallarini o‘rganib, asosiy
ildiz kanalidan tashqari, yon kanallar borligini aniqlagan. Ba’zida ular
asosiy kanal (lar) ni plombalagandan keyin rentgenogrammada ko‘rinadi.
Bitta qoziq (klik) tishda yon kanal milk cho‘ntagiga tushishi va uning
ichida chirindilar borligi qayd etilgan. Undan tashqari ba’zi bir ildizli
tish deb atalgan (masalan, pastki qoziq tishlar) tishlarda ikki ildiz borligi
ham aniqlangan.
Undan tashqari, tish pulpa to‘qimasining o‘lishi yoki undagi, turli
patologik o‘zgarishlar xar xil endodontik (tish ichidagi) o‘choqlarni paydo
bo‘lishiga olib keladi:
www.ziyouz.com kutubxonasi

2 0 4
1) pulpa to‘qimasi yallig‘langanda (pulpitlarda);
2) xar xil sement plombalari bor tishlarda;
3) travmatik okklyuziyada;
4) tish qattiq to‘qimalarining yemirilishida (stertyost);
5) tishlarni o‘ta charxlaganda;
6) pulpitlarni amputatsiya usuli bilan (ildiz qismidagi pulpalarda)
davolaganda;
7) tish yon kanallari bo‘lganda (ular plombalanmagan hollarda);
8) pulpa to‘qimasining ichida bo‘ladigan modda almashinuvi buzilgan
hollarda;
9) tish kariyes kovaklarida.
Bu hollardagi endodontik o‘choqlar asta-sekin autointoksikatsiyaga
olib kelishi aniqlangan.
Albatta kariyes kasallngani va uning asoratlarini oldini olish profilak-
tikasiga asosiy e’tibor qaratilishi shart.
O‘choqli infeksiya sababli rivojlanadigan kasalliklarni klinik
ko‘rinishlari
Birinchi navbatda shuni ta’kidlash zarurki, bemorning subyektiv
sezgilari obyektiv holatga to‘g‘ri kelmaydi. Bemorlar juda ko‘p shifokor-
mutaxassislarga turli shikoyatlar bilan murojaat qilib yuradilar. Stoma-
togen o‘choqlar organizmning boshqa infeksiya o‘choqlariga nisbatan
ko‘p uchrasada, bemorlar bilmasliklari tufayli stomatologlarga murojaat
etmasdan, boshqa shifokorlarga, ko‘pincha umumiy terapevtlarga ko‘proq
murojaat etadilar. Klinik ko‘rinishlari turlicha bo‘ladi. Kasallik ko‘pincha
tananing o‘ta sovushi, o‘ta charchash, jarohatlar, stresslar, o‘tkir yuqumli
kasalliklar (gripp, ORZ va boshqalar) oqibatida organizmning immuno-
biologik xususiyatlarining pasayishi munosabati bilan rivojlanadi,
qo‘zg‘aladi, klinikada namoyon buladi.
I.T. Lukomskiy o‘choqli infeksiyadan rivojlanadigan kasalliklarni 3
guruhga bo‘lib o‘rganishni tavsiya etadi:
1) kasallikning kelib chiqishi stomatogen o‘choqlar bilan bog‘liq;
2) stomatogen o‘choq bor va u kasallikni og‘irlashtirmoqda;
3) o‘choqli infeksiya bilan bog‘liqligi aniqlanmagan kasalliklar.
Ko‘rsatilganlarning amaliyotda ahamiyati uncha yo‘q.
G.D.Ovruskiy kuzatuvlari asosida 4 guruhga bo‘ladi:
1) Streptokkoklar ta’sirida rivojlanadigan infeksion- allergik
kasalliklar;
2) autoallergik kasalliklar;
3) dori-darmonlarga sensibilizatsiyasi bor bemorlarda rivojlanadigan
kasalliklar;
www.ziyouz.com kutubxonasi

2 0 5
4) infeksiyali o‘choqning uzoq muddat davomida ta’siri oqibatida
organizmning nomunosib chidamligini pasayishi oqibatida paydo
bo‘ladigan kasalliklar.
Streptokkoklar ta’sirida rivojlanadigan infeksion-allergik kasalliklarga
xroniosepsis (surunkali sepsis) dan tashqari, septik endokardit,
nomunosib miokardit, vaskulit, nefrit, kon’yuktivit, artrit va boshqalar
ham kiradi.
Bu kasalliklar stomatogen o‘choqlar bilan bog‘liq bo‘lib, asta-sekin
rivojlanadi. O‘choqli infeksiyadan rivojlanadigan autoallergik kasallik-
lariga revmatizm, volchanka, sklerodermiya, revmatizm artritlari, poli-
artrit ham kiradi. O‘z asosida auto-allsrgik komponent yotadigan o‘choqli
infeksiya sabab rivojlanadigan kasalliklarning xususiyatlari shundan
iboratki, bunda o‘choq go‘yoki ikkinchi darajali bo‘lib, kasallik o‘zicha
avj olaveradi, rivojlanaveradi.
Stomatogen o‘choqlarni davolashda ishlatiladigan turli dorilardan
kelib chiqadigan allergik reaksiyalar, odatda, vaskulit va eritemalar,
kapillyaritlar, rinitlar, dermatitlar, bronxitlar, bronxsal astma xurujlari
(pristuplari), artralgiyalar, qon tarkibining o‘zgarishlari (gemorragiya,
anemiya, leykositoz, leykopeniya va boshqalar) kabi kasalliklarda
ko‘rinadi.
O‘choqlar o‘pkaning o‘tkir va surunkali kasalliklari, uzoq va surunkali
kechadigan yurak kasalliklari, oshqozon-ichak yo‘llari kasalliklari, asab
tizimi, buyrak, jigar, qon tizimi, xafaqon (gipertoniya) kasalligi va boshqa
xastaliklarning kelib chiqishi, og‘irlashuvi va davomli kechishiga olib
kelishi mumkin. Organizmning immunnologik holatini buzilishi (o‘zga-
rishi) yuqumli kasalliklarni kechishiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi
aniqlangan.
O‘choqli infeksiyadan hosil bo‘ladigan kasalliklar asta-sekin
rivojlanadi.
Ba’zi bemorlarning umumiy holati o‘zgarsa, ba’zilarida maxalliy
to‘qimalardagi o‘zgarishlar kuzatiladi. Qanday klinik kechishidan qa’tiy
nazar, bu kasalliklar uzoq muddat davom etishi va tez-tez qaytalanish
xususiyatiga ega.
Boshida bexuzurlik, tezda charchab qolish, bosh, bo‘g‘in og‘riqlari,
yurak tez urishlari, unda og‘riqlar, ishtaxaning buzilishi, umuman lanjlik,
tajanglik, qo‘l barmoqlarining ortiqcha dag‘illab qolishi, tananing ozishi,
kam quvvatlik, uyquning buzilishi, tana xaroratining ozgina ko‘tarilishi
(sub’fibrilitet) kabi holatlar birin-ketin sezila boshlaydi. Bemorni obyektiv
tekshirishda, qondagi o‘zgarishlar (granulositopeniya, limfasitoz, eritro-
sitlar cho‘kishini tezlashuvi — SOE, gemoglobin, eritrositlar miqdorini
kamayishi va boshqalar), tez-tez shamollash kabi o‘zgarishlar borligini
qayd qilish mumkin.
Ammo, ba’zi holatlarda ma’lum tana a’zosidagi o‘zgarishlar bi-
rinchi navbatga chiqadi. Masalan, revmatizmda bo‘g‘inlarni shish-
www.ziyouz.com kutubxonasi

2 0 6
ganligi, ulardagi og‘riqlar va ular xarakatlarining chegaralangani ko‘z-
ga tashlanadi.
Umuman olganda, o‘choqli infeksiyadan yuzaga keladigan kasallik-
larda, to o‘choq (asosiy sabab) yo‘qotilmasa, rivojlangan kasalliklar
ko‘ngildagidek davolanmaydi yoki davolash foyda bermaydi.
Ularni tashhislash va tekshirish usullari
Tashhisini aniqlash uchun juda ko‘p usullar taklif etilgan. Ularning
barchasi vegetativ asab tizimining qo‘zg‘aluvchanligini o‘zgarishi, vazo-
motorlar holati va kapillyarlarning o‘tkazuvchanligini aniqlashga
qaratilgan.
Ba’zi testlar maxalliy xarakterga ega, masalan: gistamin testi.
Bu kasalliklarni tashhisini aniqlash ancha qiyin, ba’zida shifokor,
ba’zida bemor o‘choq borligiga ahamiyat bermasligi mumkin, chunki
klinik belgilari uncha rivojlanmagan. Shuning uchun birinchi navbatda
og‘iz bo‘shlig‘idagi davolangan, plombali tishlarni, plombalangan tish
kapali (lar) ni (plombalangan darajasi), ularni davolashda nimalar, qana-
qa plomba ashyolari qo‘llanilgan, depulpasiya qilingan tishlar, ildiz atrofi
va uchidagi suyak to‘qimalari, ildizaro suyak to‘qimasining holati, para-
dont to‘qimasi va undagi o‘choqlar, chiqmay va chala chiqqan aql tishlari
atrofidagi suyak to‘qimasidagi yallig‘lanish holatlariga ahamiyat berish
zarur. Sun’iy qoplamalar bilan qoplangan tishlarga alohida e’tibor berish
kerak.
Surunkali periodontitlarni tashhisi uncha qiyin ish emas, rengeno-
grammada ko‘ringan o‘zgarishlar asosida fikr yuritish kerak. Ba’zi bemor-
larning ayrim metaldan ishlangan plombalar, xar xil xidli (yodoform,
efir yog‘lari) plomba ashyolari (kanal ichidagilar) ham allergik holatga
sababchi, chunki sensibilizasiya holatini paydo qildirishi mumkin.
Stomatogen o‘choqlar ko‘pincha mishyak pastasi qo‘llab davolangan
pulpit kasalligida ko‘rinadi, chunki o‘tmas yoki etarli o‘tilmaydigan tish
kanallarida qolgan qoldiq pulpa qayta yallig‘lanishi (pulpoperiodontit)
va ildiz uchidagi suyak to‘qimasining yallig‘lanishiga olib keladi.
T.X. Safarovning (1967) nomzodlik dissertatsiyasida birinchi bor,
pulpit bilan og‘rigan bemorlar tishlarini mishyak pastasini qo‘llab
davolangandan keyin (4, 5 yil o‘tgandan keyin) ham, o‘tmas yoki yomon
o‘tuvchi tish kanallarida qoldiq pulpa borligi va bu ildiz uchidagi suyak
to‘qimasida emirilishlar, granulyomalar borligi hosil bo‘lganligi termo-
diagnostika, elektrodontodiagnostika va rentgenogrammalarda aniqlan-
gan. Bu hollarda "qoldiq pulpit", "pulpoperiodontit" deb tashhis qo‘yish
tavsiya etilgan. Agar shu bemorlar tekshirilib ko‘rilsa, ularning ko‘pchi-
ligida organizmning ayrim dorilarga nisbatan sezuvchanligi-sensibilizasiya
borligi qayd etiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

2 0 7
Stomatogen o‘choqning ta’sir kuchini aniqlash uchun kapilyaro-
skopiya, elektro testlar, vansinodiagnostika, gistamin testi kabilar
qo‘llaniladi.
Eng yaxshisi, Remke taklif etgan gistominokon’yuktival testi bo‘lib,
bunda ko‘z xaltasiga 1—2 tomchi 1:1000000 yoki 1,500000 miqdorida
suyultirilgan gistamin qo‘yiladi. Agar organizmda stomatogen o‘choq
bo‘lsa, 1 daqiqadan keyin ko‘z kosasining kapillyarlari kengayadi va
ko‘z hamda kipriklar qizaradi. Bu holat taxminan 10 daqiqadan keyin
izsiz yo‘qoladi, bemorga zarari yo‘q.
Teriga elektr toki (elektrotest) ta’sir qilib terida va milkning shilliq
qavatida, stomatogen o‘choqqa yaqin joydagi og‘riq sezgisini va qizarish
o‘chog‘i (giperemiya) borligini bilish mumkin.
Bu o‘zgarishlar asab qon tomirlar tizimidagi morfologik va funksional
buzilishlarga bog‘liq. Shunday qilib, stomatogen o‘choqlar borligi
rentgenologik tekshiruvlar, qon tarkibini tekshirish, kapillyarlar chidam-
liligi, streptokokk allergiklari yordamida aniqlash, teri allergik sinamalar,
revmatizm omillarini aniqlash kabi usullar yordamida aniqlanadi. Albatta
bemor bilan savol-javob o‘tkazish katta ahamiyatga ega.
Davolash. Stomatogen o‘choq borligi aniqlangach, uni davolash qiyin
emas. Agar kasallangan tish, ildizlarini davolashni imkoni bo‘lsa, ularni
(ildizlarni) qayta plombalash, qoldiq pulpani olib tashlash, tish kanal-
larini qayta, organizmga ziyonsiz plomba ashyolari (sementlar, adgezor,
gutapercha va boshqalar) bilan plombalash zarur. To‘la chiqmagan aql
tishlarini olib tashlash kerak. Surunkali periodontit bilan og‘rigan tish-
larni to‘la qonli davolangan deb shuni tushuniladiki, qachonki davolan-
gan tish o‘z vazifasini to‘la ado etsa, kanal (lar) to‘liq plombalangan
bo‘lib, rentgenogrammalarda (davolangandan 8 oy-1,5—2 yildan keyin
tekshirilib ko‘rilganda) yemirilgan suyak to‘qimasi o‘rniga yangi suyak
paydo bo‘la boshlagan yoki to‘liq, paydo bo‘lgan hollarda.
Agar kanal (lar) to‘liq plombalangandan keyin ham ma’lum muddat
o‘tgach, ildiz uchidagi emirilgan suyak to‘qimasi qayta tiklanmagan yoki
u yana ham kattalashgan bo‘lsa, bemor ma’lum noqulay sezgilar sezsa,
unda davolanish qaytadan o‘tkazilishi kerak, chunki bu holatlarda
stomatogen o‘choq borligi va u bemorga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganidan
dalolat beradi.
Depulpatsiya qilingan tishlarda esa, kanal to‘liq (iloji boricha)
davolangan — plombalangan va keyingi rentgenogrammalarda ildiz
uchidagi suyak to‘qimasida o‘zgarish bo‘lmasa, yaxshi davolangan deb
hisoblanadi.
Kasalxonada (statsionar) yotgan bemorlar og‘zini sanasiya qilish
uchun stomatolog davolovchi shifokorlar (terapevtlar, endokrinologlar,
jarrohlar va boshqa mutaxassislar) bilan maslaxatlashib olib borishi shart.
Stomatogen o‘choqlar ta’sirida rivojlangan kasalliklarni davolandi
deb xulosa chiqarish uchun, bemorning ahvoli va 6-8 oydan keyin
maxalliy to‘qimalarning holati xisobga olinishi zarur.
www.ziyouz.com kutubxonasi

2 0 8
M U S T A Q I L   T A Y Y O R G A R L I K   U C H U N   S I N O V   S A V O L L A R
1. Kariyes kovgiga ishlov berayotganda qanday xatoliklarga yo‘l qo‘yish va
uning oqibatida qanday asoratlar kelib chiqishi mumkin?
2. Tish kanaliga ishlov berayotganda qaysi xatolarga yo‘l qo‘yish va ular oqibatida
kelib chiqishi mumkin bo‘lgan asoratlar to‘g‘risida nima bilasiz?
3. Tish kanalini plombalashdagi xatoliklar va kelib chiqadigan asoratlarning
eng muximlari to‘g‘risida gapirib bering.
4. Sepsis, xroniosepsis degani nima?
5. Surunkali sepsisda bemor shikoyatlari?
6. Autointoksikatsiyani tashhislash uchun qaysi usullar qo‘llanadi?
7. Stomatogen o‘choq turlari haqida nimalarni bilasiz?
8. Surunkali sepsisni oldini olish va davolash chora-tadbirlari nimalardan iborat?
www.ziyouz.com kutubxonasi

2 0 9
VIII bob
P A R A D O N T O L O G I Y A   T O ‘ G ‘ R I S I D A   U M U M I Y
T U S H U N C H A ,   T E R M I N O L O G I Y A
Par — atrof, odont — tish, logos — fan, demak paradontologiya
degani, tish atrofidagi to‘qimalarni o‘rganadigan fandir.
Paradont to‘qimalariga milk, alveola, suyak to‘qimasi, periodont va
tish to‘qimalari kiradi, paradont to‘qimalari o‘zaro irsiy (genetik),
morfologik va funksional bog‘liqdir.
Demak, paradont — bu tish va uning atrofidagi to‘qimalarning
yig‘indisi, kompleksidir.
Akademik N.N.Nesmeyanov (1905) birinchi bo‘lib, bu to‘qimalarni
kompleksini amfodont a’zosi (organi) deb atashni taklif etgan. Kasallikda
bu to‘qimalarni biri zararlanishining ikkinchisiga o‘tishi yoki birdaniga
hammasi kasallanishini xisobga olib, ularni to‘qimalar yig‘indisi —
kompleksi deb qabul qilishni tavsiya etgan.
Keyinchalik, chet el olimlari turli termin-atamalar bilan atashni taklif
qilishgan — "paradensium", "paradont" kabilar. 1914—1921- yillarda
Weski "paradensium", Kantorovich (1923) "paradont" degan terminlarni
tavsiya etishgan.
Paradont degan atama hozirgi zamonda butun dunyo stomatologlari
qabul etgan atamadir. Paradont to‘qimasida kechadigan kasalliklarni
amfodontoz (I.G. Lukomskiy, 1948), "paradontoz", "paradontit",
"paradontopatiya", "alveolyar piorreyasi" kabi nomlar bilan ataya
boshlashgan.
Hozirgi zamonda, paradont kasalliklarini "gingivit", "paradontit",
"paradontoz", "idiopatik kasalliklar", "paradontomalar" deb atash qabul
qilingan — bu atamalarning har biri o‘z ta’rifiga yarasha o‘z o‘rnida
qo‘llaniladi.
Tarixiy ma’lumotlar
Paradont kasalliklari qadimdan ma’lum. Adabiyotlarda bizning
eramizdan 3000—5000 yil oldin Vavilon, Assiriya kabi mamlakatlar
arxeologlari, o‘sha davrda yashagan odamlarda hayot bu kasallikni
bo‘lganligini aniqlashgan. Bunday ma’lumotlar bizning asrimizdan oldin
www.ziyouz.com kutubxonasi

2 1 0
xitoyliklarda (2500 yil) ham borligi, ularni davolash to‘g‘risida ko‘rsat-
malar borligi ma’lum. Gippokrat asarlarida bizning asrimizdan 500 yilgari
ham paradont kasalliklarini davolash choralari yozilgan. Gippokrat fikri-
cha, tishlarni qimirlab, asta-sekin tushib ketishiga tanadagi sharbat (sok)
larning (qon, shilliq modda, qora va sarig‘ o‘t), muvozanati o‘zgar-
ganligiga bog‘liq.
Shunday qilib, paradont kasalliklarini nomini belgilash, qanday yoki
nima deb atash kerak degan masala uzoq, vaqtlar ko‘ndalang bo‘lib
turgan. Shuning uchun ham turli nomlar yuzaga kela boshlagan. Blessing
50 dan ortiq, Mamlock 100 ga yaqin nomlar taklif etilganini Vma 1911—
1912- yillarda sanab chiqishgan.
Ulug‘ daxo Abu Ali Ibn Sino (Avisenna) (980—1037) ning mashhur
"Tib qonunlarida" ham juda ko‘p stomatologik kasalliklar, jumladan
milk kasalliklariga bag‘ishlangan boblar mavjud. Undan oldin (936—
1013) va bir davrda yashagan Abul Qozim asarlarida paradont kasalliklari
maxalliy sabablarga bog‘liq ekanligi, tish toshlari sababchi ekanligi
keltirilgan. Abul-Qozim o‘z davrida tish toshlarini olish uchun maxsus
asboblar yasagan va qo‘llagan, milk kasalliklarini davolash yo‘llarini
ko‘rsatgan.
XV asr boshlarida Ambroise Pare paradont kasalliklarining kelib
chiqishida ichki kasalliklar, xususan oshqozon kasalliklari, XVI asrda
Forest esa asab kasalliklarn, XVll asrda Fauschard (1726—1746) paradont
kasalligi Skorbug (singa) niig bir turi sifatida kechadigan holat ekanligini
ta’kidlashgan. Fauschard paradont kasalligi kelib chiqishida noto‘g‘ri
turmush tarzi, o‘ta aqliy mehnat va tananing tuzilishi (konstitusiya)-
uning xosligi rol o‘ynashini ham ta’kidlaydiki, bu hozirgi tushunchalarga
ham hamoxangdir.
XIX Toirac paradont kasalligini "alveolyar piorreya" — "alveoladan
yiring oqish" "interalveolyar yiring oqish", ya’ni mahalliy kasallik deb
qarash kerakligini ta’kidlaydi. XX asrda paradont kasalliklarini o‘rganish,
davolash usullarini ishlab chiqishda juda ko‘p ma’lumotlar to‘plana
boshlandi.
XIX asrda rus olimlari N.N. Znamenskiy, XX asrda esa
N.N. Nesmeyanov paradont kasalliklariga bag‘ishlangan doktorlik
dissertatsiyalarini yoqlashdi.
Bu sohada chuqur va qimmatli ma’lumotlarni ishlab chiqqan
N.A.Astaxov, A.I.Evdokimov, L.M.Landenbaum, P.B. Lvov, D.A. Entin,
I.O. Novik, keyinchalik A.I. Ribakov, E.E. Platonov, L.R. Rubin,
V.Yu. Kurlyandskiy, N.F. Danilevskiy va ko‘pgina boshqa olimlar
paradont kasalliklarining turli qirralari bo‘yicha munosib hissa qo‘shdilar.
Keyingi yillarda I.S. Mashchenko, T.V. Nikitina, E.V. Belchikov,
T.X. Safarovlar paradont kasalliklarining kelib chiqish sabablari, undagi
immunologik o‘zgarishlar va ularning paradont kasalligidagi axamiyatlari,
kasallikni davolash, uni oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida hozirgi
www.ziyouz.com kutubxonasi

2 1 1
zamon fan yutuqlaridan foydalanib, qimmatli ma’lumotlar bilan bu
sohani boyitdilar.
Hozirgi paytda, tadqiqotchilar paradont kasalliklarini asosan ichki
a’zo va tizim (oshqozon-ichak kasalliklari, modda almashinuv buzilishi,
yurak-qon tomir kasalliklari va boshqalar) kasalliklari, stress, ekologik
holatlar va boshqa organizmga salbiy ta’sir etuvchi omillardan kelib
chiqishini ta’kidlashadi. Albatta maxalliy sabablar (tish toshlari, og‘iz
tozalik qoidalariga rioya qilmaslik, prikusning buzilishi va hokazo) ham
kasallikni og‘irlashtiradi degan fikrni olg‘a surishadi.
Paradontning anatomik va gistologik tuzilishi, fiziologiyasi
Paradont to‘qimasi quyidagi a’zolarni o‘z ichiga oladi: 1. Milk. Uni
ikkiga bo‘lib o‘rganamiz va bu paradont to‘qimasining anatomiyasini
bilishda axamiyatlidir:
a) yumshoq yoki erkin milk qavati. Bu qavat og‘iz bo‘shlig‘i, aynan
milkni yopib turuvchi epiteliyning ostida joylashgan, xarakatchan,
yumshoq milkdir; b) qattiq xarakatsiz milk qavati. Bu qavat alveola
suyagini yopib turgan, suyak ustki pardasidir. 2. Alveola suyagi. 3. Iyerio-
dopt ildiz sementi bilan alveola suyagi orasidagi bo‘shliq-periodont
yorig‘ini, to‘ldirib turuvchi to‘qima. 4. Tish to‘qimalari (birinchi navbat-
da ildiz sementi, tish toj qismida joylashgan). 5. Emalni yopib turuvchi
Nasmit qobig‘i, pardasi.
Demak, paradont, to‘qimasi yumshoq va qattiq to‘qimalardan iborat
ekan. Yumshoq to‘qimalariga — 1. Milk (uning yumshoq qismi). 2.
Periodont. 3. Nasmit qobig‘i (uni ham yumshok, ham qattiq, ya’ni
oraliq to‘qima desa bo‘ladi) kiradi va qattiq to‘qimalariga. 1. Ildiz
sementi. 2. Alveola ustidagi qattiq milk (uni ham oraliq to‘qima desa
bo‘ladi). 3. Alveola suyak devorlari kiradi.
Bu to‘qimalar genetik va fiziologik (bajaradigan vazifasi, oziqlanishi,
innervasiyasi) umumiyligi bo‘lsada, gistologik tuzilishlari bir-biridan farq
qiladi. Demak, paradont to‘qimasi, deganda biz tish va uni o‘rab turuvchi
to‘qimalar yig‘indisini tushunishimiz lozim: tishning emali, dentini,
sementi, milk, alveola suyagi bir bo‘lib paradont to‘qimasini tashkil
etadi. Paradont to‘qimasini meyyor (norma)dagi holatini bilish, undagi
ke chadigan kasalliklarni aniqlashda, to‘qimaning moslashish (adaptasiya)
darajasini o‘rganishda muxim axamiyatga ega.
Milk epiteliy va xususiy parda (qavat)dan iborat, faqat tishlararo
milkda shilliq osti parda uncha rivojlanmagan holda, bor. Boshka
joylardagi shilliq parda va teridan milkning gistologik tuzilishi ancha
farq qiladi. Bu farqlar, uning bajaradigan vazifalari bilan bog‘liqdir.
Tish bo‘yin qismida qattiq milk qavati kelib, aylanma boylamga
qo‘shiladi, emal ustidagi Nasmit qobig‘i ham bo‘yin qismida aylanma
www.ziyouz.com kutubxonasi

2 1 2
boylam ustiga kelib qo‘shiladi. Tish bilan milk (yumshoq) orasida
chuqurcha hosil bo‘ladi va u normal fiziologik cho‘ntak deb ataladi.
Normada u 2 mm chuqurlikda bo‘ladi deb qabul qilingan.
Shunday qilib, milk: 1) milk so‘rg‘ichlari; 2) mirginal milk; 3) alveola
ustidagi milk qismlaridan iboratdir.
E.V. Borovskiy va boshq. (1998) paradont to‘qimalarini o‘rganishda
milkni ikkiga — tishlararo joylashgan milk va alveola milklariga bo‘lishni
tavsiya etadilar.
Tishlararo milk deb, qo‘shni tishlar oralig‘idagi milk tushinilsa,
alveola ustidagi milk deb, alveola o‘simtasini yopib turuvchi (qattiq
xarakatsiz) milkni tushinish kerak. Alveola milki og‘iz daxlizi (vestibulum
oris) tomonda jag‘ni va og‘iz burmasini yopib turuvchi shilliq pardaga
o‘tadi; og‘iz bo‘shlig‘i tomondagisi esa, yuqori jag‘da qattiq tanglay
shilliq pardasiga o‘tadi. Tishlararo joylashgan tish so‘rg‘ichlari uchbur-
chaksimon, yuqori cho‘qqisi, burchagi, tishlarning kesuvchi (chaynov)
yuzlariga qarab joylashgan va qo‘shni tishlar oralag‘ini to‘ldirib turadi.
Agar tishlar siyrak joylashgan yoki ularning ayrimlari olingan bo‘lsa,
tishlararo so‘rg‘ichlar uchburchaksimon shaklini yo‘qotadi va tish bo‘yin
qismida alveola milkiga o‘tadi.
Tish bo‘yin qismidagi milk marginal — chetki milk deb ataladi.
Bunday bo‘linishlar, paradont to‘qimasining qaysi qismida patologik
o‘zgarishlar borligini ko‘rsatib, klinikada katta axamiyat kasb etadi.
Milk shilliq pardasida shilliq osti qavat bo‘lmaganligi uchun, tishlar
aro alveolyar milklar rangi meyyorda oq-qizg‘ish bo‘ladi. Meyyorda
milk to‘qimasida dog‘lar (pigment) paydo bo‘lishi (melanin yig‘ilib
qolishi) mumkin. Unda oq-qizg‘ish rangli milkda to‘q-jigarrang,
ko‘kimtir rangli dog‘lar paydo bo‘lishi mumkin. Bunday dog‘lar og‘iz
shilliq pardasining ayrim joylarida ham bo‘lishi, ularning ayrim kasalliklar
(og‘ir metal tuzlari bilan zaxarlanish — qo‘rg‘oshin, vismut va boshqalar)
oqibatida paydo bo‘ladigan patologik o‘zgarishlardan farqlash zarur.
Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling