Rivojlantirish instituti
Og‘iz bushlig‘i shilliq (pardasi) qavatida uchraidigan
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
terapevtik stomatologiya (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shilinish
Og‘iz bushlig‘i shilliq (pardasi) qavatida uchraidigan
jarohatlar — morfologik elementlar Og‘iz shilliq qavatida turli kasalliklar belgilari, elementlarini bilish, tashxislashda (diagnostikada) juda katta axamiyatga ega. Asosiy elementlar quyidagilardan nborat: 1) shilliq qavati rangini o‘zgarishi. 2) shilliq qavati satxini uzgarishi. 3) shilliq qavatining ma’lum joyida suyuqlik to‘planib qolishi. 4) shilliq parda ustida qoplama paydo bo‘lishi (bu joylar qolgan sog‘ shilliq parda satxidan ko‘tarilib turadi). 5) shilliq, qavatda kemtiklar (defektlar) bo‘lishi. Bu elementlar birlamchi va ikkilamchi bo‘lishi mumkin. Agar birlam- chi elementlar turli ko‘rishishda bo‘lsa, ko‘p shakli toshma deb tushunsa bo‘ladi. Shilliq qavatda turli jarohatlar (travma) bo‘lishi mumkin: Turli mexa- nik, kimyoviy omillar, kuyish yoki turli xil yallig‘lanishlar oqibatida turli xil jarohatlar bo‘lishi kuzatiladi. Ular chuqurligiga qarab quyida- gilarga bo‘linadi: 2 6 8 1) shilinish; 2) ezilish, (eroziya); 3) yara (yazva). 1. Shilinish (eroziya) da shilliq pardaning faqat yuzaki qismi jarohatlanadi. 2. Ezilish, tirnalishda epiteliy qavatining hammasi (faqat ona-asosiy o‘suvchi) qavatigacha jarohatlanadi, buziladi. Shuning uchun bularni davolangandan keyin shilliq qavatda chandiqlar qolmaydi. Bular yuzaki jarohatlardir. Ba’zida, ezilish, tirnalishlarni davolangandan keyin nozik chandiqlar qolishi mumkin. Bu elementlar nafaqat jarohatlanishlarda, balkim oshqozon-ichak, yuqumli kasalliklarida (shilinish-eroziv stomatit I.A. Novik, A.I. Ribakov va boshqalar) ham kuzatilishi mumkin. 3. Yara (yazva) lap og‘iz bo‘shlig‘ida mexanik jarohatlar, nur kasalligi, kimyoviy, xaroratlar ta’sirida, maxsus infeksiyalar (zaxm-sifilis, sil- tuberkulez, spid, Moxov-Lepra) va boshqalar ichki a’zo va tizim kasalliklarida bo‘lishi mumkin. Yara deganda nimani tushunish kerak? Yara-bu tananing ma’lum qismida to‘qimalarni chirishi (nekroz) oqibatida turli kemtiklar bilan kechadigan patologik holat. Yaralar borki, ular oylab, yillab bitmasdan bemorlarni qiynab yuradi — bu yaralar trofik yaralar bo‘lib, bular diabet kasalligida, yurak- qon tomirlar kasalliklarida, avitaminoz kasalliklarida va boshqa umumiy kasalliklarda bo‘lishi mumkin. Undan tashqari, ba’zan saraton (rak) shishlari ustida ham yaralar (yaralanish) bo‘lishi mumkin. 4. Og‘iz shilliq qavatining rangini o‘zgarishi ham turli patologik holatlarda kuzatiladi. Rang o‘zgarishi barcha ekzo va endogen sabablardan yuzaga keladi. Tashqi ta’sirot (ekzogen)lar ta’siridagi o‘zgarishlar, asosan kasbiy kasalliklar turlariga kiradi. Masalan: kumush yoki kumushli preparatlar, simob, mis va shunga o‘xshash og‘ir metall tuzlari ishlab chiqaradigan korxona ishchilarining og‘iz shilliq qavatida (ko‘proq lablar, milk, lunj, til) qora-qoramtir, qo‘ng‘ir rangdagi dog‘lar, undan tashqari ovqatliklar tarkibidagi (choy, ba’zi mevalar olcha, gilos, kofe, kakao) iste’mol qilgandan keyin sigaret, papiros, tamaki, nos, chekuvchilarda ham tishlarda, shilliq qavatda turli rang o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. Ichki (endogen) sabablar esa, asosiy guruhni tashkil etadi: Botkin kasalligida va jigar xastaliklarida sariq rang, o‘tkir yallig‘lanishlarda- qizil rang, surunkali yallig‘lanishlarda- ko‘k, ko‘k-qoramtir ranglar bo‘lishi mumkin. 5. Shilliq qavat sathining o‘zgarishi, masalan, karash, tangachasimon, do‘mboqchasimon, tugunchasimon, absesslar satxini ko‘tarib (ko‘tarilib) tursa, yara, shilinish, tirnalish, ba’zi jarohatlar, atrofik chandiqlar, teri saratoni va boshqa shilliq qavatdagi kemtiklar esa shilliq qavat satxini pasaytiradi. 2 6 9 D.A.Entin og‘iz shilliq pardasidagi o‘zgarishlarni 4 turga bo‘ladi: 1. Chegaralanib to‘plangan suyuqlik shilliq qavatning o‘tkir yiringli shishlar. 2. Tangachalar. 3. Chegaralangan qattiqlashgan to‘qimalar. 4. Yemirilgan, bujmaygan va atrofiyaga uchragan, o‘zgarishlar. 1. Chegaralanib to‘plangan suyuqliq shilliq qavatning o‘tkir yallig‘lanishlarida bo‘lib, bunda shilliq parda yoki chuqur qatlamlarda, ulardan keyin joylashadigan to‘qimalarda pufak yoki pufakchalar, yiringli xaltachalar, kistalar shakllarida ko‘rinadi. Kichik yiring xaltachalar pustula, kattalari esa absess deb nomlanadi. Pufak-deganda zardob bilan to‘lib turgan bo‘shliqni tushuniladi. Kichik pufaklar vezikula, kattalari, tovuk, tuxumi, olcha kattaligida bo‘lishi mumkin. Kista (cista) -bu holesterinli, zardobli suyuqlik yoki yiring bilan to‘la bo‘shliqdir. Og‘iz shilliq qavatida, xususan so‘lak va shilliq modda ishlab chiqaradigan bezlarning chiqish joylarida bo‘lishi mumkin. Tashqi ko‘rinishi pufakka o‘xshash bo‘ladi. 2. Tangachalar deganda, o‘tkir yallig‘lanish jarayonlarining natijasida shoxlangan epiteliy qavatlaridan iborat bo‘lib, bir-birini ustida joylashgan shoxlangan epiteliy qavatlari, qavatlaridan iboratdir. Shoxlangan joyining ustki qavati tushib turishi mumkin. Pufaklar ochilib, yorilgandan keyin hosil bo‘ladigan yaralar ustki qismida shoxlanish, ya’ni ekssudatning qurib qolishidan hosil bo‘ladi. 3. Shilliq qavat ustida chegaralangan papula yoki tugunchalar deganda infiltrat to‘plangan, lekin bo‘shlig‘i bo‘lmagan elementlarni tushunamiz. Do‘mboqchalar shilliq qavatning chuqur jarohatlari bo‘lib, tashqi ko‘rinishi papulaga o‘xshash va tez-tez parchalanish xususiyatiga ega bo‘lgan o‘zgarishlardir. 4. Yemirilish, bujmayish va atrofiya holatlari juda ko‘p tashqi va ichki ta’sirotlarda kuzatiladi. Shilliq qavatning yemirilishi turli chirish (nekroz) jarayonlarida (masalan, sil, zaxm kasalliklari, yarali stomatitlar, vensanning yarali-chirish gingivostomatitida va boshqalar) bo‘ladi. Yaralar bitishi va turli yallig‘lanishlardan keyin shilliq qavat bujmayishi kuzatiladi. Atrofiya esa, kamqonlikda va boshqa umumiy kasalliklarda bo‘lishi ma’lum. Haddan tashqari shoxlanish giperkeratoz deb, odatda (normada) shoxlanish jarayoni kechmaydigan shilliq parda sathlarida shoxlanish kuzatilgan paytda aytiladi. Bunday joylar-lunjlar, lablar, og‘iz tubi, yumshoq tanglay qavatlarida shoxlanish kuzatilsa, ana o‘sha paytlarda giperkeratoz deb tushuniladi. Bular leykoplakiya, papillamatoz, qizil yassi lishay-temiratki kabi kasalliklarda kuzatiladi. 2 7 0 Parakeratoz deganda shoxlanuvchi epiteliy qavatining qayta hosil bo‘lishini tushunish kerak. Shunday qilib, og‘iz bo‘shlig‘ining shilliq qavatida birlamchi, ikki- lamchi, xaqiqiy va soxta, yuzaki va chuqur jarohatlar bo‘lishi mumkin ekan. Og‘iz bo‘shlig‘i va lablar shilliq qavatlarida uchraydigan o‘zgarishlarni hammasi quyidagicha bo‘lishi mumkin: I. Birlamchi elementlar 1. Dog‘ (macula). 2. Burtma (urtica). 3. Tuguncha (papula). 4. Do‘mboqcha (tuber). 5. Pufakcha (vesicula). 6. Pufak (Bulia.). 7. Qoplagich ichidagi pufak (bulla intepithelielis). 8. Afta (aphta.) II. Ikklamchi elemenglar 1. Shox (Sguama). 2. O‘ta shoxlanish (hiperkeratosis). 3. Ezilish (ewio ex coriatio). 4. Yorilish, timdalanish (Fissura rhages). 5. Yara (ulcus). 6. Shish (tumor). 7. Shoxlanish (crusta). 8. Chandiq (cicatrix). 9. Atrofiya (atrophia). Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling