Rivojlantirish instituti
Og‘iz shilliq qavatini ko‘rish
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
terapevtik stomatologiya (1)
Og‘iz shilliq qavatini ko‘rish. Me’yor (norma)dan tashqari bo‘lgan
holatlarni bor-yo‘qligini aniqlash kerak. Oshqozon-ichak yo‘llari, yurak-qon tomir, jigar, o‘pka, siydik yo‘llari va boshqa ichki a’zo va tizim kasalliklarida og‘iz bo‘shlig‘ida turli 2 7 4 o‘zgarishlar bo‘lishini xisobga olib, tekshirish o‘tkazish kerak. Tekshirish- ko‘rish tabiiy yorug‘likda o‘tkazilishi kerak. Sun’iy lampalar shilliq qavatni rangini o‘zgartirishi va bunda shifokorning adashishi mumkin. O‘tkir yallig‘lanishda shilliq, qavatda patofiziologiyada qayd etilgan yallig‘lanish belgilarining hammasi (qizarish, yallig‘lanish o‘chog‘ida xaroratning ko‘tarilishi, to‘qimalarning shishishi, og‘riq va vazifa- funksiyasini o‘zgarishi) borligi bilan ta’riflanadi. Kasallik-bu turli sabablardan muxitning o‘zgarishi oqibatida organizmning — ma’lum bir a’zosi yoki tizimining vazifalari — funksiyasini o‘zgarishi oqibatida kelib chiqadi. Stomatologiyada, "o‘tkir pulpit", "o‘tkir periodontit", "o‘tkir osteo- miyelit" deganda biz kasallik qaysi a’zoda va qay tarzda o‘tayotganini anglaymiz. Albatta bu kasalliklar zararlangan, yallig‘langan a’zoda kechsada, organizmga umumiy salbiy ta’sir o‘tkazadi (uyqu, ishtaxa buzilishi, tana xaroratining o‘zgarishi, holsizlik va boshqalar). Har bir yallig‘lanish jarayoni o‘ziga xos (spesifik) belgilar-alomatlar bilan kechsada, uch bosqichga bo‘linadi. 1. Boshlang‘ich davri. 2. Rivojlangan, avj olgan davri. 3. So‘nggi, oxirgi davri. Boshlang‘ich davrida xar bir yallig‘lanish joylashgan joyi organizmiing qarshilik kuchi va mikroblarning shiddat kuchi va boshqa sabablar ta’sirida ayrim a’zolarning vazifalari ma’lum miqdorda buziladi. Rivojlangan, avj olgan, huruj qilayotgan yallig‘lanish davri, hamma salbiy ta’sirotlar rivojlanib bemorni ishdan chiqazib, mexnat qobiliyatidan (vaqtincha bo‘lsada) maxrum qilishgacha olib boradi. Oxirgi, so‘nggi davr ikki xil natija — yallig‘lanishning butunlay izsiz o‘tib ketishi yoki surunkali bosqichga o‘tishi bilan tugaydi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling