Rivojlantirish instituti
M U S T A Q I L T A Y Y O R G A R L I K U C H U N S I N O V S A V O L L A R I
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
terapevtik stomatologiya (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- X bob TIBBIYOT ETIKASI VA DEONTOLOGIYASI T O ‘ G ‘ R I S I D A G I M A ’ L U M O T L A R
- Bemor shifokorni tanlashi mumkin, lekin
M U S T A Q I L T A Y Y O R G A R L I K U C H U N S I N O V S A V O L L A R I
1. Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining qaysi xususiyatlarini bilasiz? 2. Og‘iz shilliq qavatining gistologik tuzilishini aytib bering? 3. Shilliq qavat qaysi vazifalarni bajaradi? 4. Og‘iz shilliq pardasida paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan qaysi elementlarni bilasiz? 5. Bemorlarni subyektiv tekshirishda nimalarga e’tibor berish kerak? 6. Qaysi obyektiv tekshirish usullarini bilasiz? 7. Og‘iz shilliq pardasi qaysi umumiy kasalliklarda eng ko‘p jarohatlanadi? 2 7 5 X bob TIBBIYOT ETIKASI VA DEONTOLOGIYASI T O ‘ G ‘ R I S I D A G I M A ’ L U M O T L A R Etika degani, eski yunoncha ethika, ethos, xulq, odat degan ma’noni anglatadi. Etika so‘zini ilmiy iboraga kiritgan Aristoteldir. U "Katta etika" va boshqa asarlari bilan mashxur. Etika — bu erkinlik qonuniyatlari to‘g‘risidagi fan. Etika — bu xulq, odob falsafasi. Deontologiya degani grekcha Deon, Deont (os), bo‘lishi kerak, odatdagidek va logos — fan ma’nolaridan iborat bo‘lib, tibbiyot deonto- logiyasi deganda, tibbiyot xodimlarining xulq, odob (etika) va vazifalarini bajarishlari uchun zarur bo‘lgan muomila, muloqat me’yorlari yig‘in- disidan iborat tushunchalarni tushinish kerak. "Deontologiya" atamasi (termin) XIX asrda ingliz faylasufi Bentam tomonidan muomilaga kiritilgan. Tibbiyot deontologiyasi va etikasi bir-birini to‘ldirib, shifokor faoliyatida nihoyatda katta o‘rin tutadi. Tibbiyot deontologiyasi tibbiyot fanining bir bo‘lagi sifatida insonparvarlik tuyg‘ulari bilan uyg‘unlashadi. Tibbiyot deontologiyasi bemor bilan shifokorning o‘zaro muomala mezonlari xisoblanadi va davolashning muhim bosqichi, omili sifatida baxolanadi, ahamiyat kasb etadi. Shifokorning odobi, axloqi, bemor bilan muomalasi-muloqatining shakllanishi va o‘zgarib borishi, uning qaysi jamiyat, siyosiy muhit, ijtimoiy-iqtisodiy va sinfiy munosabatlar, madaniyat, milliy an’analar, diniy urf-odatlar, bu to‘g‘ridagi davlat amaldagi qonunlari darajalariga qarab uzoq vaqtlardan beri rivojlanib kelmoqda. Shunga qarab shifokorning jismoniy, ma’naviy yetukligi va kasbiy moxirligiga qo‘yiladigan talablar ham turli muhitga qarab, o‘zgarib, takomillashib boradi. Tibbiyotning asosiy muammolari, uning fan sifatida va axloqiy odobiy faoliyati sifatida shakllanishida, ilmiy tibbiyotning asoschisi Gippokrat- ning o‘rni beqiyosdir. Gippokrat ilmiy tibbiyotning g‘oyaviy-falsafiy, amaliy jihatlarini aniqlash bilan bir qatorda, shifokorlik faoliyatining insonparvarlik va axloqiy-odobiy jihatlarini ham aniqlashda katta xizmat qilgan. Shifokorning odobi, xulqi, bemor bilan muomilasi, bemor ko‘rishganda, muloqatda bo‘lganda bajaradigan ishlar qo‘lami, maqsad va axloqtiy norma-me’yorlariga Gippokrat katta ahamiyat berganki, bu 2 7 6 jihatlar hozirgi zamon shifokorlarining faoliyatida ham katta ahamiyat kasb etadi. Gippokrat asarlari-to‘plamlarida "qasamyod", "qonun", "shifokor xaqida" "yaxshi axloq to‘g‘risida" kabi boblari bor. Gippokrat, shifokor donishmand kishi bo‘lishi zarurligi to‘g‘risidagi fikrlari xali ham dolzarb xisoblanadi: "Donishmandda bo‘lgan barcha xislatlar tibbiyotda mavjud, chunonchi: pulga nisbatan jirkanchlik, insofli, diyonatli va kamtar bo‘lish, kiyinishda odiiy, hurmatli, muloxazali, qat’iyatli, saranjom, fikrga boy — ko‘p fikrli, hayot uchun zarur narsalar to‘g‘risida yetarli ma’lumotlar, bilimlarga ega bo‘lgan, nuqsonlarsiz, benuqson, bekamu-ko‘st". Gippokrat o‘zining "qasamyod" ida shifokor- ning bemor oldidagi mas’uliyati — javobgarligini quyidagicha ifodalaydi: "O‘z hayotim va shifokorlik san’atini pokiza va benuqson olib boraman. Qaysi uyga kirishimdan qat’iy nazar, men u yerga kasal foydasi uchun kiraman, har qanday noxaqlik, murtad narsalardan uzoqda bo‘laman. Odamzod hayoti to‘g‘risida aytilmaydigan sirlarni saqlayman, hech kimga aytmayman, sir saqlayman". Tibbiyot deontologiya asoslari madaniyati gullab yashnagan Sharq mamlakatlari, xususan O‘rta Osiyoda Kozim va shunga o‘xshash buyuk hamyurtlarimiz asarlarida keng yoritilgan. Abu Ali ibn Sinoning "Tib qonunlari" qomusida shifokor bilan bemor muammolari, olimning "Etika" nomli asarida ham keng o‘rin olgan. Uyg‘onish davrida shifokorlik kasbining insonparvarlik g‘oyalariga katta axamiyat berilgan. Shifokor va kimyogar T. Parasels yozadi: "Shifokor- ning kuchi, quvvati — uning qalbi, yuragida, uning ishi tabiiy nur va tajriba bilan yoritilishi, ollox irodasi bilan boshqarilishi zarur; eng yaxshi dori-darmonlarning asosini muxabbat, sevgi tashkil etadi" R. Dekart "faqat tibbiyot ulug‘likka va odamzod baxtiga taaluqli muommolarni xal etadi" degan ekan. XIX asr oxirlarigacha, hozirgi paytda tibbiyot deontologiyasi deb yuritiladigan fan shifokorlik odobi deb yuritilgan. Shifokor nafaqat bemorlarni davolash, balki odamlar turmush sharoitlariga, mexnat xavfsizligiga, atrof-muhit sog‘lomligiga, kasalliklar oldini olish chora-tadbirlarini o‘tkazishga ham faol ta’sir ko‘rsata oladi. Demak, bemorning ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy, madaniy, axloqiy jihatlari va qaysi kasallik bilan murojat etishidan qat’iy nazar, shifokor unga yordam berishi shart. Bemor shifokorni tanlashi mumkin, lekin Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling