1-sinfdagi kovaklarning shakllantirish
Katta va kichik oziq tishlarning fissurasida joylashgan tish kovaklarini
shakllantirish boshqa sinfdagi kovaklarni shakllantirishga nisbatan bir
qancha qulay, negaki bu tishlar chaynov yuzasida va ekvatordan yuqorida
joylashgan tabiiy fissurlarda ish olib boriladi.
Tish kovaklari biri chaynov yuzasida, ikkinchisi ekvatordan yuqoridagi
tabiiy fissurada joylashgan bo‘lsa, bular orasida mustaxkam to‘qima ko‘p
bo‘lsa kovaklar alohida shakllantiriladi va alohida plombalanadi. Aksin-
cha bu kovaklar orasidagi masofa juda yaqin bo‘lsa, bu kovaklar bitta
umumiy shaklga aylantiriladi va plomba qo‘yiladi. Karioz kesuv tish-
larining tabiiy chuqurligida joylashgan bo‘lsa shaklni tanglay tomonidan,
ya’ni ko‘r teshik o‘rnida olib boriladi. Bunda pulpa bo‘shlig‘ini yaqin
joylashganligini e’tiborga olish kerak. Shakl berishda silindirsimon yoki
teskarisimon bor bilan ishlanadi.
Shakllantirilayotgan paytda hosil bo‘lgan dentin qipiqlarini ekskavator
bilan olib tashlanadi. Yuza va o‘rta karioz kovakka shakl berilganda
kovakning tubi yassi, tekis bo‘ladi, chuqur karioz kovakda topografiyasiga
qarab ish olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |