Rivojlantirish instituti
Karioz kovaklarni charxlashning umumiy va xususiy usullari
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
terapevtik stomatologiya (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Karioz kovaklarni kavlashning umumiy va xususiy usullari
Karioz kovaklarni charxlashning umumiy va xususiy usullari
Blek karioz kovaklar tasnifini taklif etgan. Karioz kovakni tish yuzasida joylashishiga qarab besh sinfga bo‘ladi. Karioz kovakni charxlab ishlash bir qancha bosqichdan iborat bo‘ladi. Karioz kovaklarni kavlashning umumiy va xususiy usullari Tish karioz bo‘shlig‘idagi chirigan to‘qimani toza to‘qimagacha to‘la olib tashlash kerak, lekin ishlov vaqtida toza to‘qimani ortiqcha olib tashlash emal va dentin to‘qimasini oziqlanishi biroz buziladi. Natijada tish devori mo‘rt bo‘lib qoladi. 2 9 Mana shu karioz kovagidagi chirigan to‘qimani sog‘lom tish to‘qimasigacha olib tashlash va geometrik shakl berilsa, mana shu shakl berilgan karioz bo‘shlig‘ida plomba yaxshi o‘rnashadi va uzoq vaqt turadi. Chirigan to‘qimalarni jarrohlik va kimyoviy usullar bilan olib tashlanadi. 1. Kovak quruq bo‘lishi kerak. Kovak yaxshi ko‘rinadigan bo‘lishi kerak. Dentinni, chuqur kariyes va pulpani zararsizlantirishdan saqlab qolish kerak. Ba’zi bir bemorlarda og‘riqsizlantirish usuli ishlatiladi. 1. Mahalliy og‘riqsizlantirish shimdirish usuli bilan. Og‘riqsizlantirish suyuqligi. Agar mahalliy og‘riqsizlantirish natija bermasa ikkinchi usul ukol yordamida quyidagi dori eritmalari ishlatiladi. 2. Nerv tolalarini og‘riqsizlantirish usuli bilan quyidagi dorilar ishlatilinadi. Piromekain eritmasi 2% li Lidokain eritmasi 2% li. Piromekain eritmasi 2% li. Ksilokain eritmasi 1-2% li Novokain eritmasi 2% li. 3. Ignasiz og‘riqlantirish BI-8 "Pchelka" 4. Elektr og‘riqsizlantirish asbobi bilan. INAAN-3, Eloz-1. 5. Apupunktura (igna sanchish bilan) 6. Narkoz. Sombrevinni vena tomiriga yuborib davolash, zakis azot, ftorotan va boshqalar. Karioz kovakni charxlab ishlash bir necha bosqichdan iborat bo‘ladi. 1. Karioz kovakni ochish. Bu bosqichda osilib turgan emal olib tashlanadi. Bu bosqichni bajarish uchun fissir va sharsimon bor ishlatiladi. Chirigan va osilib qolgan emal sharsimon, u silindirsimon bor bilan kovak tubiga tushirib emal olib tashlanadi, natijada kovak ochiladi. 2. Kovak kengaytirish. Bu bosqichning maqsadi chirigan, rangi o‘zgargan dentin to‘qimasini olib tashlash. Ekskavator, sharsimon va teskari konussimon borlar yordamida bajariladi. Kovakni ochish paytida ko‘pincha biroz sog‘lom to‘qimani ham kesishga to‘g‘ri keladi, chunki karioz kovakda qulay bo‘shliq hosil bo‘lishi kerak, kovak yaxshi ko‘rinishi kerak va asboblar bilan yaxshi ishlanishi kerak. Frontal tishlar guruhida karioz kovaklarini ochish biroz boshqacha bo‘ladi, bu yerda xusn nuqtayi nazaridan tishning oldingi yuzasi, devori yupqa bo‘lsa ham qoldiriladi. 3. Nekroektomiya — bu uchinchi bosqich. Bu bosqichda hamma karioz bo‘shlig‘ida chirigan va yumshab qolgan dentin olib tashlanadi. Karioz tubida ishlaganda tasodifan tish pulpasini ochib qo‘yish mumkin. Bu holatni aniqlashda zond va ekskavator asboblari ishlatilinadi. Bunday hodisa bo‘lmasligi uchun biroz pigmentli dentin qoldiriladi. Karioz ko- vakdan chirigan to‘qimani ekskavator va sharsimon bor bilan olib tashla- nadi. Karioz bo‘shlig‘ida chirigan to‘qimaniolayotganda borni to‘g‘ri |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling