Rivojlantirish instituti
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
terapevtik stomatologiya (1)
Stomatologik moslamalar
Murakkab stomatologik moslama US-30 yuqori saviyali stomatologik yordam ko‘rsatishga moslashtirilgan. Bormashina borni bir daqiqada 30000 gacha aylantiradi. Kompressor yordamida yuqori bosim havo bilan tish kovaklari quritiladi va aerozol yoki suyuqli aerozol shaklida dorilar paradont va og‘iz shilliq qavatiga purkaladi. Suvli uchlik orqali bosimdagi suv bilan karioz kovak yuvib tozalanadi. Bormashinaga o‘rnatiladigan OD-2M uskunasi yordamida tishning sezgirligi tekshiriladi. DKS-2 uskunasi yordamida tish pulpasi va shilliq qavat ko‘rsatmaga muvofiq kuydirib davolanadi. Yoritgich, ventelyator va suv kanalizatsiya moslama- lari bilan jihozlangan. Soddalashtirilgan stomatologik moslama USU-30. ancha sodda- lashtirilgan bo‘lib, bunda diagnostika va diatermogulyatsiya uskunalari qo‘yilmagan. Stomatologik moslama US-30.300 ikki qismdan iborat: bormashina qurilmasi va davolash diagnostika stoli, turbinali bormashina ham bor. Borning bir daqiqada aylanishi 30000 yoritgich, suv, kana- lizatsiya, ventilyator bilan jihozlangan. Stomatologik moslama US-10.100 bir qurilmaga joylashtirilgan. Bormashina mikromotorli bo‘lib, bir daqiqada 10000 aylansa, turbinali bormashinadagi bor 100000 gacha aylanadi. Hamma moslamalari xuddi US-30.300 kabidir. Stomatologik turbinali moslama USP-30.300 yoki USP-30.500 portativ moslama hisoblanadi. Stomatolog ish joyi komplekt K-1M tarkibiga kiruvchi uskunalar: stomatologik moslama US-10.300 M. Stomatologik kreslo KSEM-02. Stomatolog stoli SS-04. Stomatolog stuli S-2. Kom- pressor PK-1. Stomatolog ish joyi komplekti K-2, K-3 ergonomik mukamma- llashtirilgan. K-3 tarkibiga kiradi: KS-3 (stomatologik moslamalar, kreslo, yoritgich, suvli blok), stomatolog stuli S-2, stomatolog stoli SS- 05, kompressor PK-1. Stomatologik kabinetda eng asosiy asbob anjomlarning yana biri stomatologik kreslodir. U bemorga va shifokorga qulay o‘tirib ishlashi uchun sharoit yaratib bera oladigan bo‘lishi kerak. Bemorning boshi, uning og‘zidagi kasalligini davolovchi shifokorning ishlashi uchun qulay bo‘lishi uchun, bosh qo‘ygich moslamasi bor. Uning bandi shifokor yordamida bemor uchun qulay sharoitga o‘rnatiladi. Shifokor qiynalmay, osonlikcha kasallangan tishlarni tozalaydi, davolaydi. Stomatologik kreslo 2 4 asosan ikki qismdan tashkil topgan bo‘ladi: a) yuqori qismida o‘tirgich, bosh va qo‘llarni qo‘yishga mo‘ljallangan moslamalar bo‘ladi; b) pastki qismi — kreslo asosi, tagi bo‘lib, u ikkita bir-biriga kirib joylashadigan yumaloq silindrdan iborat bo‘ladi, katta-kichik pedallar yordamida oyoq kuchini ishlatib, stomatologik kresloni yuqoriga ko‘tarish yoki tushirish mumkin bo‘ladi; suyang‘ich orasidagi ruchkasi yordamida kreslo o‘tir- gichini chapga yoki o‘ngga aylantirish mumkin bo‘ladi. Silindr orasiga mashina yog‘i quyib turish kerak bo‘ladi. Bormashinalar kabi, stomato- logik kreslolarni juda ko‘p turi bor, yildan-yilga yangidan yangilari, qulay, yengil, ijcham, arzon turlari yaratilyapti. Elektr toki yordamida pastga, yuqoriga yoki vertikal, gorizontal holatda bo‘ladigan elektr stomatologik kreslolar ham bor. Ayniqsa, chet mamlakatdan olinadigan asbob-anjomlar, stomatologik kreslolar, bormashinalar, moslamalar sifatlidir. Afsuski O‘rta Osiyoda bunday asboblarni ishlaydigan korxona yo‘q. Hozirgi vaqtda ishlatilayotgan stomatologik kreslolar quyidagilardir: K3-2, K3-8, 9, 10, KSEI-01, 03, 04, KSRD-1 va boshqalar. Bormashinalar turi har xildir: BES-10, BESG-08, 05, BK-1, BEPB- 3, BPK-300, BEO-30-2 va boshqalar. Stomatologik moslamalarning bir necha turi bor: US-30, USU-30, US-30 300, US-10 100, US-30- 05 va boshqalar. Chet ellik stomatologik moslamalardan ko‘pincha "Yunit" Bolgariya, "Yugodent", Yugoslaviya, "Xirodent" Chexoslovakiya, "Kavo", "Probadul" keng tarqalgan. Stomatologik kresloni (bemorni kresloda o‘tirgan holatida) chap tomonida bormashina, moslama o‘rnatilgan, o‘ng tomonida shifokor o‘tiradigan aylanadigan stul o‘rna- tilgan. Shifokor o‘tirib ishlaydigan aylanadigan stul oldida dorilar, mayda stomatologik asboblar, plomba uchun ishlaydigan materiallar va shifokor ishlashi uchun zarur narsalar qo‘yiladigan ikki qavatli kichkina shifokor stoli qo‘yiladi. Bu shifokor stoli va stuli engil, ixcham, ishlashga qulay bo‘lishi kerak. Bormashina yonida bemor tuflashi uchun tufdon qo‘yilishi kerak. Elektr lampochka yorig‘i bemor og‘zini, tishlarini yaxshi yoritib turishi kerak. Ko‘pchilik bormashina, stomatologik moslamalarda elektr nuri bilan yoritib turishi uchun moslamalar o‘rnatilgan. Ba’zilarida rentgenodiagnostika, elektroodontodiagnostika apparatlari, diatermo- koagulyatorlar, so‘lak so‘rib oluvchi, dorilarni isituvchi, yuqori bosimda suv, xavo purkichi bo‘lgan moslamalar, ventilyator va boshqalar o‘rnatilgan. Stomatologiya kabinetida kreslo, bormashina, shifokor stoli, stuli asosiy asbob anjomlarga kiradi. Bulardan tashqari yana yirik va mayda asbob anjomlar, dori darmonlar bo‘lishi kerak. Yana yozish stoli va bir necha stullar bo‘lishi kerak bo‘ladi. Qo‘l yuvish uchun alohida, iflos asboblarni yuvish uchun alohida yuvgich stomatologik kabinetida bo‘lishi kerak. Biri shifokor, tibbiyot hamshirasi qo‘lini yuvishga mo‘ljal- langan bo‘lsa, ikkinchisida kichik shifokor hodimasi ishlatilgan kir stoma- tologik asboblarni, instrumentlarni, lotokchalarni, tufdonni tozalaydi. 2 5 Xonada turli xil kerakli dorilarni asrash uchun tibbiyot javoni, A va B gruppa kuchli va tez ta’sir qiluvchi dorilar uchun qulflanadigan kichik javoncha bo‘lishi kerak. Tozalangan, zararsizlantirilgan, ishlashga tayyor qilib qo‘yilgan shifokor asboblari, stomatologik instrumentlar qo‘yila- digan shifokor hamshirasi ish joyi stoli bo‘lishi kerak. Kichik shifokor hodimasi, tibbiyot hamshirasi ish joyi toza va tartibli bo‘lishi, shifokorga tez yordam berishi kerak. Kichik shifokor xodimasining tozaligiga qaraydi va asbob anjomlarni yuvib tozalab turadi. Shifokor hamshirasi asbob- anjomlarni yaxshilab zararsizlantiradi, shifokorga tayyor qilib olib kelishi kerak. Shifokor javondagi va stoldagi dorilar, mayda asbob-anjomlar, borlar, nakonechniklarni yaxshi, toza, tartibli bo‘lishiga qarab turadi, shifokorga yordam beradi. Bitta shifokor hamshirasi ikkita stomatologik shifokorga xizmat qiladi. Xonada anafilaktik shok, dorilar, allergiya, yurak qon-tomir xastaligida kerak bo‘ladigan zarur dorilar, shprislar bo‘lishi va tez yordam ko‘rsatish uchun hamma sharoit bo‘lishi kerak. Bormashinalar, stomatologik moslamalarni ko‘pchiligida yeng bo‘ladi, undan g‘ildirak yoki elektr motori, rolikdagi aylanma xarakatni uchga (nakonechniklarga), borlarga yetkazadi. Aylanma xarakat rolikdan sterjen o‘qqa o‘tadi, so‘ngra egiluvchan valga, ikki uchli o‘qqa o‘tadi. Egiluvchan eng hozirgi vaqtda kam ishlatilyapti, asosan qattiq yenglar ko‘proq qo‘llanilyapti. Yeng uchida uchni ushlab turadigan moslamalar bor. Uchlar asosan ikki xilga bo‘linadi: to‘g‘ri va burchakli xillardir. To‘g‘ri uch bilan yuqori jag‘dagi tishlarni kavlashda, burchakli uch bilan pastki va yuqori jag‘dagi tishlarni kavlashda, tozalashda foydalaniladi. Borlar bu uchlarga joylashtiriladi, to‘g‘ri uch uchun uzunroq borlar alohida, burchakli uch uchun qisqaroq bor ishlatiladi. Uchdagi borlar yaxshi joylashishligi uchun ushlagichlar bor. Burchakli uch asosan o‘tkazgich, uzun o‘q, bo‘yin qism, oraliq moslama, bor kirib joylanuvchi oltilik aylanmadan tashkil topgan. To‘g‘ri uch asosan o‘tkazgich, o‘tkazuvchi val, aylanuvchi shayba, ulagich, richag, qopqa borni siqib ushlab turuvchi sangadan tashkil topgan. Turli xildagi uchlar bor, ularni glisirin, vazelin va turli xildagi yog‘larga solib qaynatish yo‘li bilan zararsizlantiriladi. Hamma vaqt bemorni davolashda antiseptika, aseptika qoidalariga rioya qilish og‘ritmasdan, og‘riqni qoldiruvchi anestetik dorilarni, usullarni ishlatib, e’tiborlik bilan ishlash kerak. Stomatologik instrumentlarni hamshira shifokorga stomatologik buyraksimon likopchaga solib beradi. Mayda stomatologik instrumentlarni asosan beshta gruppaga bo‘lsa bo‘ladi. 1) Tishlar, og‘iz bo‘shlig‘idagi kasalliklarni tekshirishda ishlatiladigan asosiy instrumentlar uchtadir: stomatologik to‘g‘ri va burchakli zond, bu asbob yordamida tishdagi kovaklar aniqlaniladi, stomatologik oynacha yordamida tishlar, og‘iz shilliq qavatini yaxshilab ko‘rish mumkin bo‘ladi. Stomatologik pinset yordamida tishlarning qimirlashini aniqlaniladi, perkussiya qilib tekshiriladi. 2 6 2) Tishdagi kavakni kavlashda, tozalashda asosan borlar ishlatiladi. Borlar asosan toza po‘latdan tayyorlaniladi, bosh ishlaydigan qismi va sterjenida o‘qi bo‘ladi. Borlar asosan ikki xilga bo‘linadi: to‘g‘ri va burchakli uchlar uchun ishlatiladigan borlarga bo‘linadi. Biri uzunroq, ikkinchisi kaltaroq va bo‘yin qismida ariqchasi bo‘ladi. Qattiq birikmalar (karbidvolframli) bosh qismi olmos bilan qoplangan baquvvat borlar ham bor. Borlarning bosh qismi katta kichikligiga qarab nomerlanadi, ¹0 dan to ¹13 gacha. Burchakli uchlar uchun ishlatiladigan borlar Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling