Rivojlantirish instituti


- rasm. Stomatologik oyna bilan


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/244
Sana02.01.2022
Hajmi0.98 Mb.
#197338
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   244
Bog'liq
terapevtik stomatologiya (1)

2- rasm. Stomatologik oyna bilan
ishlash.
 
3- rasm. Stomatologik zond bilan
ishlash.
4- rasm. Stomatologik borlar.
1 — sharsimon; 2-3 — silindirsimon (fissurali); 4-5 — konussimon;
6 — g‘ildiraksimon.
 


2 7
uch xil uzunlikda bo‘ladilar: 7, 22, 17 mm. Qisqasi bolalar tishini
davolashda ishlatiladi. Bolalarning bosh qismining shakli turlicha qilib,
ishlashga oson bo‘lishini o‘ylab tayyorlaniladi. Shar shakllida, silindr
shaklida, konus, teskari konus shaklida, g‘ildirak shaklidagi borlar bor.
Korborund toshlarning o‘qi temirdan, ishlash qismi obraziv materialdan
tayyorlanadi: diska, frez, finir, polirlar stomatologiyada ishlatiladi.
Matritsa va matritsa ushlagich kam qo‘llaniladi.
3) Tishdagi toshlarni tozalashda ishlatiladigan asboblarni birinchi
marta X asrda (950- yilda) arab tabibi Abdulla Qosim yasagan va
ishlatgandir. Tishlarni tozalashda asosan ekskavator, ilgovchi, emalni
tozalaydigan pichoq va boshqalar ishlatiladi, ular katta kichik o‘lchovda
bo‘ladi. Hozirgi kunda ultrastom, ultradent, kavetron apparatlari
yordamida tish toshlari tozalaniladi.
4) Tish kovaklarini plomba qilishda stomatologik shpatel, shtopfer,
gladilkalar, oyna parchasi va boshqa asboblar ishlatiladi. Juda ko‘p
shunday mayda stomatologik asbob-anjomlarni suvli sterilizatorda 40
daqiqa qaynatish bilan zararsizlantiriladi. Hozir ko‘pchilik poliklinika-
larda asboblar 160°, 180° gradusli issiq havo bilan zararsizlantiruvchi
tibbiyot javonlarida, 40—60 daqiqa ushlab, sterilizatsiya qilinadi. Skalpel,
qaychi, stomatologik oynacha kabi asboblarni spirtda yoki uch birikmali
antiseptik eritmada karbol kislota 3,0 gr, bikarbonat natriy 15,0 gr,
formalin 20,0 gr, distirlangan suv 1000 ml da 30 daqiqa ushlab,
tozalaniladi. Stomatologik asboblarni kimyoviy zararsizlantiriladi. Yana
1% xloramin, 0,25% xlorgeksidin, 2% formalin, 6,% vodorod perooksid
kabi eritmalarni ham qo‘llasa bo‘ladi. Ishlatilgan borlarni yaxshilab yuvib,
tozalagach, tish poroshogi bikarbonat natriy aralashmasida ushlab
tozalash yaxshidir. Xullas hamma ishlatiladigan stomatologik katta-kichik
asbob-anjomlar, yaxshi, toza, zararsizlantirilgan bo‘lishi kerak. Ishlashda
antiseptika, aseptika qoidalariga albatta rioya qilish kerak.
5) Pulpit periodontit kasalliklarini davolashda mayda stomatologik
asboblarning turli xillari ishlatiladi: Myuller taklif qilgan ildiz ignasi
bilan kanallarni tozalash, plombalash bajariladi. Kanalni plomba bilan
to‘ldirishda to‘g‘ri va burchakli uchlarga qo‘yiladigan kanal to‘ldirgichlar
ham qo‘llaniladi. Tish kanallarini kengaytirish, o‘tish uchun qo‘l bilan
ishlatiladigan turli hajmdagi drilborlar ishlatiladi. To‘g‘ri va burchakli
uchga qo‘yib, ishlatiladigan drilborlar ham bor. Shikastlangan pulpalarni
tishlar ildizidan olish uchun uzun va qisiqa pulpa ekstraktorlardan
foydalaniladi. Bunday mayda asboblarni ehtiyotlik bilan ishlatish kerak.
Sinib havo, yoki ovqat yo‘liga tushib qolishi mumkin. 1970- yillardan
boshlab, endodontiya tashkil bo‘la boshladi va hozirgi kunda katta, o‘rta
va kichik endodontik naborlar va endodontik asboblar qo‘llaniladi;
chuqurligini aniqlash ignasi; pulpaekstraktorlar, ildiz kavlagichi, ildiz
egovchi, drilbor, razvertka, ildiz to‘ldirgich. Bular sangaga o‘rnatilib
ishlatiladi. Sanganing ushlagichi, uchi, gaykasi bor. Ehtiyot shart uchun


2 8
zanjiri bo‘lib, barmoqqa ulanadi. Endodontik mayda asboblarni asosan
shifokor o‘z qo‘li bilan ishlatadi. Bulardan drilbor, burav va kanal
to‘ldirgich endodontik maxsus uchga qo‘yib ishlatsa ham bo‘ladi.
Ergonomika — ishlash qonun-qoidalari to‘g‘risidagi ma’lumot bo‘lib,
1949- yilda Angliya olimlari taklif etishgan. Sovet olimlari V.M. Beterov,
V.N. Myasishev 1921- yilda o‘ziga xos soxa ergologiya, ya’ni ishlash
to‘g‘risidagi fan insonlar uchun bo‘lishligini yozgan edilar. Asosan
ergonomika 1966- yildan boshlab rivojlana boshladi, ergonomik bo‘limi,
laboratoriyalari, komitetlari, xattoki institutlar tashkil qila boshlandi.
G.M. Ivashenko, T.V. Nikitina 1972- yilda stomatologiya fanida Ergo-
nomik masalalarini, maqsadlarini aniq tushuntirdilar. Avvalo shifokor,
tibbiyot hamshirasi, sanitarkasi, tish texnigi, hamma ishlovchilar uchun
ish joyi yaxshi, qulay, toza, hozirgi zamon sanitariya-gigiyena qoidalariga
javob bera oladigan darajada tashkil qilinishi kerak. Ishlashlik onson
qulay bo‘lishi uchun hamma sharoitlar yaratilishi shart. Stomatologik
asboblarni, kreslo, bormashinalarni, plomba uchun ishlatiladigan materi-
allarni, dori-darmonlarni, tibbiyot apparatlarini yaxshi bo‘lishligiga eri-
shish, rivojlantirish va yaxshi ishlata bilish kerak. Asbob anjomlarni
asrab ishlatish, qarab turish, extiyot qilish kerak. Ishlash, dam olish
yaxshi normal tashkil qilinishi, charchab qolmaslik kerak. Qo‘rqish,
asabiylashish, janjallashish bo‘lmasligi kerak. Axloq, odob, insoniy o‘zaro
yaxshi munosabatda bo‘lishga erishish kerak. Eynshteyn aytganidek:
"Yaxshi ishlab, yaxshi dam olib va tilni tiyib yurish kerak, bu salomatlik,
o‘zoq umr, baxtli hayot garovidir".
Xavfsizlik texnikasi qonun qoidalariga rioya qilib ishlash kerak. Elektr
toki urishining oldini olish kerak: bormashinalarni erga tutashtirish kerak.
Xullas, hamma vaqt shoshilmasdan, extiyot bo‘lib ishlash kerak. O‘zaro,
bemorlar bilan qo‘pollik bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. "Til yarasi
tig‘ yarasidan yomondir" deydi xalqimiz. "Xushmuomalalik eng arzon
va eng qadrlidir" degan edi Servents.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling