Rivojlantirish instituti


T E R A P E V T I K   S T O M A T O L O G I Y A   X O N A S I N I N G


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/244
Sana02.01.2022
Hajmi0.98 Mb.
#197338
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   244
Bog'liq
terapevtik stomatologiya (1)

T E R A P E V T I K   S T O M A T O L O G I Y A   X O N A S I N I N G
J I H O Z L A N I S H I
Stomatologik yordam asosan poliklinika sharoitida mustaqil stomato-
logik poliklinika, bo‘lim va kabinetlarda ko‘rsatiladi. Stomatologik
kabinet 250 o‘ringacha bo‘lgan kasalxonalarda 0,5 shifokor o‘rni hiso-
bida; 250 va undan oshiq bo‘lsa 1,0 shifokor o‘rni hisobida belgilanadi,
keyingi har bir 300 o‘ringa 1,0 shifokor stomatolog o‘rni belgilanadi.
Sil kasalxonasida har bir 75—200 o‘ringa 0,5 stomatolog o‘rni
belgilansa, 200 va undan oshganda 1,0 stomatolog o‘rni belgilanadi.
Dispanser, ayollar konsultasiyasi, maktab, texnikum institut va boshqa
o‘quv muassasalarida 800 dan oshiq talaba soniga 1,0 o‘rin, ishlab
chiqarish korxonalarida esa 1500 dan oshiq ishchi soniga 1,0 stomatolog
o‘rni belgilanadi.
Stomatolog kabinet keng, yorug‘ xonada joylashgan bo‘lishi kerak.
Bitta shifokorning ish joyi kamida 14 m
2
 (o‘rtacha 4,3½3,3 m) bo‘lishi
kerak. Qo‘shimcha har bir kreslo uchun 7 m
2
, stomatologik moslama
uchun 10 m
2
 kabinet kengaytiriladi. Xonaning balandligi 3,3 m dan
kam bo‘lmasligi kerak. Stomatologik kreslolarni bir qator, derazaga
yaqinroq joylashtirish kerak. Ish joyi toza havo, tabiiy yorug‘lik ko‘proq
joyda bo‘lishi kerak. Xona polini lenolium bilan berkitilishi, deyarli
och havo rang, yashil yoki sarg‘ish yog‘li bo‘yoq bilan sirlanishi va
bo‘yalgan bo‘lishi kerak.
Stomatologik kabinet issiq va sovuq suv bilan ta’minlanishi, ikkita
qo‘l yuvgich bo‘lishi kerak. Birida qo‘l yuvilsa, ikkinchisida asbob-
anjomlarni yuvish mumkin. Albatta kanalizatsiya va markaziy isitgich
tarmog‘iga ega bo‘lishi kerak. Xonadagi har bir uskuna xavfsizlik nuqtayi
nazaridan tashqi konturli elektr tokini yerga uzatgichga ulanishi kerak.
Xona xarorati amalgama bilan ishlanadigan bo‘lsa 18°C dan oshmasligi
kerak, boshqa xonalarda 20°C bo‘lishi kerak; havo namligi 50—60 foyizi,
havo ko‘chishi 0,15 m/s bo‘lib derazada darchasi bo‘lishi kerak.
Stomatolog ish jarayonida ko‘rish qiyin bo‘lgan og‘iz bo‘shlig‘idagi
karioz kovaklarni, ildiz kanallarini kichik asboblar yordamida davolaydi.
Ko‘zni toliqtirmaslik uchun ish joyi bir xilda yoritiladigan bo‘lishi kerak.
Yorug‘ narsadan xira narsaga qarash ko‘zni charchatadi. Yaltiroq va
ko‘zni qamashtiruvchi narsalar ham ishlayotganda ko‘zga salbiy ta’sir


2 1
ko‘rsatadi. Har bir xona tabiiy yorug‘lik bilan ta’minlanishi kerak.
Oynaning kengligi polning kengligiga bo‘lgan nisbati 1:4—1:5 atrofida
bo‘lishi kerak. Oyna shimol tarafga qaratib qurilsa xonaga quyosh nuri
tushib, uni isib ketishidan saqlaydi va yorug‘likni bir tekisligiga erishiladi.
Janubiy regionlarda 45—55°C shimoliy kenglikdagi yerlarda stomatologik
xonani shimol, shimoliy-g‘arb, shimoliy-sharqqa qaratib qurish tavsiya
etiladi.
Tabiiy yorug‘likdan tashqari sun’iy yoritish manbalari bilan ham xona
yoritiladi. Ish yuzasida yorug‘lik 150 lk dan kam bo‘lmasligi kerak.
Asosan lyuminessent va gallogen yorug‘lik manbalaridan foydalaniladi.
Ayrim hollarda ish joyini maxalliy yoritish talab etiladi. Buning uchun
maxsus reflektordan, yoki elektr yoritgichi bor stomatologik oynadan
foydalanish mumkin. Ish tartibiga rioya qilish kerak, ko‘proq o‘tirib
ishlagan ma’qul. Oyoq kiyimi ham qulay bo‘lishi kerak. Poshnasi keng
(kamida 2—3 sm) va yengil bo‘lishi kerak.
Ayniqsa simobli amalgamalar ishlatiladigan stomatologik xonalar
sanitariya-gigiyena qoidalariga javob berishi kerak. Lenolium chekkasi
poldan 5-10 sm chetga chiqishi kerak, yorug‘, ochiq joylari bo‘lmasligi
kerak. Xona devori 5% li oltingugurt aralashmali simob parni
yutmaydigan moddadan suvlanishi kerak. Albatta so‘rib-tortib oluvchi
shkaf bo‘lishi kerak. Simobli amalgamalarni shu so‘ruvchi shkafda
amalgama aralashtirgich yordamida tayyorlab, shu shkafda ehtiyotlik
bilan, og‘zi berk idishda saqlash kerak. Simob bilan zaxarlanish holati
bo‘lmasligi lozim. Shu so‘rib oluvchi shkafda stomatologik asboblarni
sterilizatsiya qilish tavsiya etiladi. Stomatologik xonada toza, yaxshi
musaffo havo bo‘lishiga erishmoq kerak.
Qirq shifokori bo‘lgan poliklinika — 1 kategoriyali xisoblanadi.
Birinchi, ikkinchi, uchinchi kategoriyali stomatologik poliklinikalarda
sterilizasiyalash markazlashtirilishi, birinchi kelgan bemorlarni ko‘rish
xonasi, funksional diagnostika kabineti, fizioterapiya bo‘limi, rentgen
kabineti, endodontik, paradontologiya xonalari yoki bo‘limi bo‘lishi
kerak. Stomatologiya poliklinikasining asosan uchta bo‘limi bo‘lishi
kerak: davolash stomatologiyasi, jarrohlik stomatologiyasi va ortopedik
stomatologiya bo‘limlari. Stomatologik kabinetning eng asosiy asbob-
uskunasi stomatologik kreslo va bormashinadir. Hozirgi kunda quyoshli
O‘zbekiston jumhuriyatimizdagi har bir shahar va viloyatlarda hozirgi
zamon talabiga javob beruvchi mustaqil stomatologik poliklinikalar bor.
Hammasi bo‘lib 6000 dan ortiq kreslo, 5300 dan ortiq hozirgi zamon
bormashinalari bordir.
Tik turuvchi oyoq bilan ishlaydigan bormashinalar, oyoq bilan va
elektr motori bilan ishlaydigan kombinatsiyalashtirilgan oddiy va
murakkab bormashinalar, turli xildagi elektrobormashinalar, turbinali
bormashinalar, kichkina, ixcham, qo‘lda ko‘tarib yurib, bemorlarni kasal-
xona, uylarida davolash uchun ishlatiladigan (portativ) bormashinalar


2 2
bor. Hozirgi kunda uzoq muddat bilan ishlaydigan, borning aylanishini
yanada tezlashtiradigan, ixcham, arzonroq bormashinalar ishlab chiqarish
tavsiya etilmoqda. Bor qancha tez aylansa, tish kovagini tozalashdagi
og‘riq shuncha kam bo‘ladi. Oyoq bilan ishlaydigan bormashinada bor
o‘rtacha 1 daqiqada 1000 marta aylanadi. Elektr toki bilan ishlaydigan
motori, reostati bor bormashinalar 2000-5000 marta, turli moslamalarda
1 daqiqada borni 10000-30000 marta aylantirish mumkin.
Turbinali bormashinalarda bor 1 daqiqada 100000-300000 marta
aylana oladi, og‘riq deyarli sezilmaydi. Bunda bor kuchli siqiq havo
oqimi yordamida aylanadi, tish qizib ketishi mumkin bo‘lganligi uchun
sovuq suv purkab turuvchi qo‘llanma ishlatiladi. Maxsus chidamli borlar
bilan ishlanadi. Turbina avtomatik tarzda turbinali moy bilan moylanib
turiladi, bunda turbina qizimaydi va qismlari kam yediriladi.
Zamonaviy "Kavo" (Germaniya) firmasi tomonidan yaratilgan
stomatologik qurilma shifokorning ishiga qulayliklar kiritadi. Bunda
boshqarish tartibi (sistemasi) yangilandi, gigiyena talablariga to‘la javob
beradigan qilib yaratildi, estetik ko‘rinishi yaxshilandi. Programmali
boshqarish tartibiga ko‘ra kresloning holati, boshqo‘ygich oson
boshqariladigan bo‘ldi. Ishlatiladigan asboblar shifokorning yaqiniga
ko‘chma moslamada keltirib qo‘yiladigan bo‘ldi. Asboblarning uchlik-
larini olib qo‘yiladigan qilinganligi ularni zararsizlantirishni osonlashtirdi.
Stomatologik qurilmadagi maxsus zararsizlantirgich moslamasi
shifokorni, hamshirani va kasalni kasallik yuqtiruvchi infeksiyadan
asrashga yordam beradi.
Bormashinalarning katta-kichikligi, borning aylanish tezligini, qo‘-
shimcha moslamalarning mavjudligiga qarab har xil ish sharoitiga moslab
tanlanadi. Statsionar elektr bormashina VES-10 borni 1 daqiqada ko‘pi
bilan 10000 marta aylantiradi. Bu modeldagi bormashinaning boshqa
turlari BESG-03 va BESG-05 ham egiluvchan orqali xarakatni
motoridan uchlikka uzatadi. Bormashina elektr yoritgich bilan
ta’minlanmagan.
Kombinatsiyalashtirilgan elektr bormashina BK-1 qishloq va dala
sharoitida ishlashga moslashtirilgan bo‘lib, elektr toki bo‘lmasa oyoq
kuchi bilan xarakatga keltiriladi. Ko‘chma stomatologik kabinetlarga
mo‘ljallangan. Yengsiz ko‘chma elektr bormashina BEPB-3 yengil, har
xil rejimda (3000—10000) borni aylantiradi. Kasallarni uyda, dalada,
yo‘lda davolashga qulay. Doimiy 24 V tok bilan ishlashga ham
moslashtirilgan.
Trubinali bormashinada BPK-300 bor tish qattiq to‘qimalarini 1
daqiqada 100000—300000 gacha aylantirib charxlaydi. Oddiy
bormashinada borning tishga bosimi 800-1000 bo‘lsa, turbinali
bormashinada faqat 15—20. borning silkinishi va tish to‘qimasining qizib
ketishini kamligi pulpani kamroq qitiqlaydi va kasalga og‘riq kuchsiz


2 3
seziladi. Elektrlashtirilgan yoritgichi bor bormashina BEO-30-2 borni
bir daqiqada 1000—30000 gacha aylantiradi. Elektr yoritgichi 1 m
uzoqlikda 2000 lk yorug‘lik beradi. Ventilyator va suv sistemasi so‘lak
so‘rg‘ichi va isitilgan suv bilan sovutib turish mumkin.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling