Rivojlantirish instituti
Terapevtik stomatologiya bo‘limlari
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
terapevtik stomatologiya (1)
3. Terapevtik stomatologiya bo‘limlari
Terapevtik stomatologiyani bir necha bo‘limlarga bo‘linadi: 1. Fizioterapevtik bo‘lim. Bu bo‘limda og‘iz bo‘shlig‘i, paradont va tish kasalliklarini fizikaviy tekshirish (termodiag-nostika, elektrodiagnostika, elektroodontodiagnos- tika va boshqa tekshirish usullari) va davolash (UFO, UVCH, elektro- forez, flyuktuorizatsiya va boshqa davolash usullari) muolojalari olib boriladi. 2. Gigiyena (tozalik) xonasi. Bu xonada maxsus moslamalar yordamida bolalarni, davolanishga keladigan bemorlarni, og‘iz tozalik qoidalarini qanday va qaysi usullarda bajarish zarurligi o‘rgatilib boriladi. 3. Paradontologiya xonasi. Bu joyda paradont kasalliklarini tekshirish, ularni davolashga mo‘ljal- langan moslama, apparat, dori-darmonlar o‘rin oladi va shu ishni bajarishga layoqatli terapevt stomatolog-paradontologlar ishlashadi. 4. Shilliq qavati kasalliklarini davolash xonasi. Bu xonanining bo‘lishi, ya’ni og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasallik- larini iloji boricha alohida xonada qabul qilishdan maqsad — bu tur kasalliklar yuqumli (masalan, Botkin kasaligi yoki zaxm-sifilis, SPID va boshqalar) hisoblanadi. Og‘iz shilliq pardasini tekshirishga va davolashga mo‘ljallangan moslama, apparat, reaktiv va boshqa zarur ashyolar bu yerda mavjud bo‘lishi kerak. 5. Gidroterapiya. Bu xonada maxsus ishlangan, 4—6 atmosfera bosimi bilan maxsus moslama yordamida og‘iz bo‘shlig‘ini yuvish, paradont to‘qimalarini yuvish kabi ishlar muolajalar bajariladi.Bu erda davolashning birinchi bosqich, og‘iz shilliq qavati kasalliklari, paradont kasaliklari bilan og‘rigan bemorlarda o‘tkaziladi. Bu turdagi kasalliklarda og‘iz bo‘shli- g‘ida, paradontal tish-milk cho‘ntaklarida yig‘ilgan yiring, mikroblar va ular ishlab chiqargan zaxarlar oqibatida og‘iz bo‘shlig‘ida paydo bo‘la- digan qo‘lansa hidlarni bemorlarni xalos qilish yoki ularni kamaytirish maqsadida, davolashdan oldin shu xonada suv bilan davolash-gidro- 8 terapiya muolojalari qo‘llaniladi. Maxsus moslamalar orqali og‘izga tushadigan suvga turli yoqimli, xushbo‘y hidli suyuqliklar, dorilar aralashtirish, qo‘shish mumkin. 6. Rentgenologiya. Tish kasalliklari, paradont to‘qimasi xastaliklaridagi patalogik o‘zga- rishlarni rentgan nurida ko‘rish, rasmga olish, ularning tashhis qo‘yilishi va davolash jarayonlari hamda, davolashdan keyingi muddatlardagi o‘zgarishlarini aniqlash uchun o‘ta muhim ahamyatga ega. Hozirgi kunlarda, rentgen nuri yordamida ishlatiladigan shunday zamonaviy apparatlar borki, ular stomatolog ishlaydigan xonada o‘rna- tiladi va ular yordamida shifokor stomatolg-terapevt bajaradigan ishlar, muolamalar maxsus ekranda ko‘rina boradi. Ish-muolaja, masalan, tish kanallarini plombalash jarayonini ham shifokor, ham bemor ko‘rib turadi. Shunday qilib, terapevtik stomatologiyaning barcha bo‘limlari bemor- larga yaxshi, sifatli yordam ko‘rsatishga qaratilgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling