Rivojlantirish instituti
II bob TISH TO‘QIMALARINING GISTOLOGIK
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
terapevtik stomatologiya (1)
II bob
TISH TO‘QIMALARINING GISTOLOGIK VA ANATOMIK TUZILISHLARI 1. Og‘iz bo‘shlig‘i va tishning gistologik tuzilishi Og‘iz bo‘shlig‘ining oldi qismi — yuqorigi va pastki lablar bo‘lib, tepasi qattiq va yumshoq tanglaydir. Orqa qismida tilcha bo‘lib, pastida til bo‘ladi. Til ostida og‘iz, bo‘yin mushaklari (og‘iz diafragmasi) bordir. Tishlar yordamida og‘iz bo‘shlig‘ini ikki qismga bo‘lsa bo‘ladi. Oldingi kirish qismi, daxlizi va asosiy og‘iz bo‘shlig‘i qismlari bor. Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq parda bilan qoplangandir. Embrional davrning 2 oyida, 6—7 xaftasida tishlar hosil bo‘lishi boshlanadi. Tishlarning rivojlanishini 3 davrga bo‘linadi: a) tish kurtagini hosil bo‘lishi; b) tishning rivojlanish davri; d) tish to‘qimalarini hosil bo‘lishi. Avvalo sut tishlar, keyinchalik doimiy tishlar kurtagi hosil bo‘ladi va rivojlanadi. Shunday qilib, tish kurtagi asosan uch qismdan iboratdir: a) emal organi, b) tish so‘rg‘ichi, d) tish kurtagi qopchasi. Emal organdan tishlarni eng qattiq to‘qimasi-emal rivojlanib, hosil bo‘ladi va tish pulpasining odontoblast hujayralari tishni dentin to‘qimasini hosil qiladi. Tish kurtagi qopchasidan esa tishning ildizida sement, periodont, paradont, jag‘ suyagining alveolyar o‘sig‘i hosil bo‘ladi. Mineral tuzlarni yig‘ilishi emal bilan dentin birlashgan joydan boshlanadi. Emal organing tashqi va ichki qavatlari bo‘lib, ular orasida hujayralar hosil bo‘lib, ular tishning emal organining tashqi qavati, asosan tish emalining ustini berkitib turuvchi parda- Nasmitt pardasini hosil qiladi. U prizmalararo oraliq moddalardan tashkil topadi. Tish kurtagi so‘rg‘ichi va qop- chasi limfa, qon tomirlar, nerv tomir- lariga boy bo‘ladi. Ular tish kurtagining Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling