Rivojlantirish instituti
Pulpani olib tashlash yo‘li bilan pulpitlarni davolash (jarrohlik)
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
terapevtik stomatologiya (1)
Pulpani olib tashlash yo‘li bilan pulpitlarni davolash (jarrohlik)
usullari. Ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar Yallig‘langan yoki jarohatlangan pulpani to‘liq yoki qisman olib tashlash yo‘li bilan pulpitlarni davolash terapevtik stomatologiya amaliyo- tida keng qo‘llanadi. Bu pulpitlarning boshlang‘ich davrlarida tashhislash- ning qiyinligi va bemorlarni shifokor-stomatologga kechikib murojaat etishlari bilan bog‘liq. Undan tashqari, stomatologik kasalliklar va ular- 1 2 4 ning oldini olish chora-tadbirlari, ya’ni profilaktikasi to‘g‘risidagi ma’lu- motlarni aholi orasida yetarli darajada targ‘ib-tashviqot etilmasligi, aho- lining sog‘liqni saqlash madaniyati pastligi kabi omillar ham bemorlar- ning u yoki bu kasalliklar bilan kechikib shifokorga murojaat etishlariga sabab bo‘ladi. Eng ko‘p tarqalgan tish kasalliklari — kariyes kasalligi va uning asorati bo‘lgan pulpitlarni davolashda, shifokor-stomatolog jarrohlik usullaridan foydalanadi. Pulpitlarni jarrohlik usullari bilan davolash eng qiyin, ko‘p mehnat, qunt va mahorat talab etadigan muolajalar hisoblanadi. Chunki pulpa olib tashlangandan keyin, tish bo‘shlig‘i va kanallarga asboblar va dorilar yordamida ishlov berilib, ularni plomba bilan to‘ldirish talab etiladi. Katta yoshdagi kishilarda pulpitni jarrohlik usullarida davolash uchun quyidagi ko‘rsatmalar bor:o‘tkir umumiy pulpit, tishni elektr tokiga sezuvchanligini pasayishi (40 mkA dan yuqori) va periodont yorig‘ining ildiz uchi to‘qimalarining rentgenologik o‘zgarishlari bilan kechadigan surunkali, surunkali qaytalangan pulpit, fibrozli pulpit, surunkali gan- grenozli pulpit, surunkali gipertrofik pulpit, shuningdek, kam uchraydi- gan konkremental pulpit, retrogradli pulpit, tasodifan ochilib qolgan pulpa va o‘tkir chegaralangan pulpit. V.S. Ivanov va hammualliflar surunkali pulpitlarni umumiy kasalliklar bilan kechishida yallig‘langan pulpani to‘liq olib tashlashdan oldin umumiy kasallikni davolash, qon uyushishini rutin, vikasol, kalsiy xlorid va boshqa preparatlar yordamida me’yorlashtirish zarurligini uqtiradilar. Ular pulpani jarrohlik usullarida to‘liq olib tashlashga — pulpa ekstraksiyaga quyidagi qarshi ko‘rsatmalarni beradilar: 1) pulpitning boshlang‘ich shakllari; 2) og‘ir umumiy kasalliklar: o‘pka sili kasalligining faol kechishi, buyrak etishmovchiligi, qandli diabetning og‘ir darajasi, qon bosimining xaddan tashqari oshganligi, gemofiliya. Undan tashqari pulpa ekstraksiyasi quyidagi hollarda vaqtincha o‘tkazilmaydi: 1) og‘ir yarali-nekrotik (chirish) stomatitlari; 2) qizil yassi temiratkining bullyoz shaklida; 3) shaklli ekssudatin eritmasi; 4) yuqori nafas yo‘llaridagi o‘tkir infeksiyada, xususan uning yo‘tal bilan kechadigan turlarida; 5) o‘tkir yuqumli kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda yoki bu bemorlar doimiy aloqada, muomalada bo‘lgan odamlar orasida (gripp, polimeilit, ekzantem va boshqa yuqumli kasalliklar epidemiyasi bo‘lganda) yuqumli kasalliklar bilan og‘rigan kishilar; 7) ko‘p qon oqishi bilan kechadigan xayz ko‘rishda (pulpoektomiyada pulpadan ko‘p qon oqish ehtimoli bo‘lganda); 8) ruhiyati buzilgan bemorlarda. Qari kishilarda pulpani to‘liq olib tashlashga ildizlarda yig‘ilgan tuzlar, goxida ildiz qiyshiqlari xalaqit berishi mumkin. Undan tashqari, ularda yurak-qon tomir kasalliklari va boshqa organizmning umumiy kasalliklari bor bo‘lganda, pulpa esktraksiyasini bir martada tugatish qiyin. 1 2 5 Pulpoektomiyaga bemorni tayyorlash boshqa ambulatoriya ope- ratsiyalariga o‘xshash bo‘lib, bunda bemorning ichki a’zolarining holatini so‘rab bilish, qaysi dori va preparatlarni o‘zlashtira olishi mumkinligini aniqlashga qarab qarshi ko‘rsatmalar belgilanadi. Pulpa ekstraksiyasi sistemali qizil kasalligida, xattoki uning remissiya davrida ham og‘ir kechadi. Gormonlar bilan davolanadigan bemorlar (jumladan pufakli yara) da kasallik stabilizasiyasiga pulpa ekstirpasiyasini o‘tkazmaslik kerak. Shifokor-stomatolog yuqorida keltirilgan vaqtinchalik qarshi ko‘rsat- malarda bemorga og‘riqni bostiradigan tez yordam ko‘rsatib turish bilan chegaralanib, keyinchalik ekstirpatsiya muolajasini o‘tkazish kerak. Bemorni davolashga tayyorlashda, qaysi antiseptikalar, dori-darmon- lar, kanalni plombalash uchun qo‘llanadigan ashyolar qo‘llash mumkin- ligini aniqlash zarur. Ba’zi betoqat, o‘ta qo‘rqoq bemorlarni pulpoekto- miyaga tayyorlash, xususan asabi sust odamlarni, shuningdek, tireoto- ksikoz, qandli diabet, gipertoniya kasalligi bilan og‘riydigan bemorlar bilan shifokor suxbat o‘tkazishi, tushuntirishi, ayrim paytlarda turli tinch- lantiruvchi dori va preparatlar yordamida psixoprofilaktika va premedikatsiya o‘tkazishi talab etiladi. Pulpani to‘liq olib tashlash — pulpoektomiyani klassik tarzda o‘tka- zishda asosiy vazifa — bu pulpani ildiz uchi teshigigacha olib tashlashdir. Ammo periodontga pulpoekstraktor kirmasligi, uni jarrohatlamasligi zarur. Ba’zida ildiz uchi teshigiga 1—1,5 mm etmasdan pulpa olib tashlanadi, xuddi shunday joyda pulpa to‘qimasi periodont to‘qimasi bilan bog‘lanadi va aralashadi. Pulpani jarrohlik usullarida olib tashlash bilan pulpitni davolash ikki usulda bajariladi: 1. Pulpa og‘riqsizlantirilgandan keyin diatermokoagulyatsiya qo‘llab yoki qo‘llamasdan vital usulda uni qisman yoki to‘liq olib tashlash. 2. Pulpa jonsizlantirilgandan keyin devital usulda qisman yoki to‘liq olib tashlash. Har ikkala usulda ham bemorning umumiy ahvoli, pulpitning klinik shakli, bemor organizmida kechayotgan umumiy kasalliklar, ularning pulpit bilan bog‘langanlik darajasi va eng muhimi, davolanadigan tishning anatomik xarakteristikasi, ya’ni undagi kanallarning o‘tuvchi yoki o‘tmasligiga qarab, pulpa to‘liq yoki qisman olib tashlanadi: bir ildizli tishlar va ko‘p ildizli tishlarning o‘tuvchi (yuqori jag‘dagi katta oziq tishlarning tanglay, pastki jag‘dagi kichik oziq tishlar, katta oziq tishlarning distal) kanallaridan pulpa to‘liq olib tashlanadi; ba’zida yuqori jag‘dagi kichik oziq tishlarning kanallari, ko‘pincha katta oziq tishlarning lunj tomonidagi medial va distal kanallari va pastki jag‘dagi katta oziq tishlarning medial lunj va til kanallarining tor, o‘tmas bo‘lganligi uchun ulardan pulpa qisman olib tashlanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling