Rivojlantirish instituti


Pulpitlarni tashhislash va davolashda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/244
Sana02.01.2022
Hajmi0.98 Mb.
#197338
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   244
Bog'liq
terapevtik stomatologiya (1)

Pulpitlarni tashhislash va davolashda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan
xatolar va ular oqibatida kelib chiqadigan asoratlar
Tish kasalliklarini davolashda uchraydigan xato va ular oqibatida
kelib chiqadigan asoratlarning eng ko‘pi pulpitni davolashda kuzatiladi.
Pulpitni tashhislashda qo‘yiladigan xatolar, kasallikning klinik belgi-
lari, boshlangan vaqti, birinchi belgilari va yallig‘lanishni pulpa to‘qima-
siga tarqalish darajasini aniqlash bilan bog‘liq. Shuningdek, pulpada
kechadigan patologik jarayonlar, ayniqsa, yallig‘lanishni turli xilda kechi-
shi, pulpitlarni tashhislash, qiyosiy tashhislashning qiyinligi, qo‘llanadi-
gan tasniflarning hammasi ham pulpitning klinik kechishini aniqlash
imkonini bermasligi, anamnezni to‘liq yig‘masdan, asosan og‘riq belgisi-
ning ayrim xususiyatlariga asoslanib (uni ham har tomonlama xarakte-


1 5 3
ristikasini o‘rganmasdan), o‘shanda ham uni turli kechishi, qanday
boshlanganligi va bunda bemorning sezgilari qanday bo‘lganligini hisobga
olmasdan qo‘yilgan tashhis oqibatida turli xatolarga yo‘l qo‘yiladi. Bu
esa, tabiiyki, davolash samaradorligini pasaytirishga sabab bo‘ladi.
Pulpitda yallig‘lanish jarayonining kechishi nafaqat bemorning yoshi,
balki uning organizmida kechayotgan umumiy kasalliklar va ularning
pulpit bilan bog‘liqligi, pulpitni qaysi tishdaligi, ya’ni qaysi anatomik
va gistologik tuzilishga ega bo‘lgan tish guruhidaligiga bog‘liq.
Odatda bemor organizmining immunologik reaktivligi, ayrim
mikroblarga nisbatan o‘ta sezuvchanligi tashhislashda hisobga olinmaydi,
bunga ahamiyat berilmaydi ham. Chunki ularni aniqlash uchun
qo‘shimcha tekshirishlar olib borilishi zarur. Ammo bu narsalar o‘ta
muhimdir.
Yuzaki yig‘ilgan anamnez, pulpitni boshlanish belgilari, rivojlanish
bosqichlari, og‘riqni birinchi boshlangan vaqtiga e’tibor bermasdan pulpit
u yoki bu shaklining tashhisi yoki umumiy qilib "pulpit" deb tashhis
qo‘yilishi turli xatolarga yo‘l ochib beradi.
Shunday qilib, pulpit tashhisini to‘g‘ri qo‘yishda, uning asosiy belgisi
hisoblangan og‘riqni dastlabki boshlanish davri, unda bemorning sezgilari
qanday boshlanganligi, og‘riq yuzga tarqalishi, berilishi (irridatsiya)
bemorning ahvoli, holati katta ahamiyatga ega.
Albatta to‘g‘ri qo‘yilgan tashhis pulpitni davolash usulini tanlashda
o‘ta muhimdir.
Pulpitni davolashda qo‘yiladigan xato va ular oqibatida kelib
chiqadigan asoratlar orasida ko‘pchiligi noto‘g‘ri tanlangan davolash
usullari bilan bog‘liq. Ba’zida "pulpit" deb tashhis qo‘yib, o‘tkir va
surunkali pulpitning barcha shakllarida pulpa hayotiyligini to‘liq yoki
qisman (ildiz pulpa) saqlab qolishga intilishadi. Bu turli asoratlar kelib
chiqishiga sabab bo‘ladi. Chunki, pulpa hayotiyligini ma’lum pulpit
shakllaridagina saqlab qolish mumkin, holos. Natijada pulpa hayotiyligini
saqlab qolishga mo‘ljallangan va aniq ko‘rsatmalar, talablar, davolash
qoidalariga rioya qilib amalga oshirilganda yaxshi natijalar beradigan
biologik va vital amputatsiya usullari "foydasiz" bo‘lib chiqadi. Undan
tashqari, ba’zida yallig‘langan pulpaga devitallovchi pastalar qo‘yib, toj
pulpani olib tashlab, ildiz pulpa hayotiyligini saqlab qolishga urinadilar.
Bu mutlaqo noto‘g‘ri harakat, chunki pulpaga qo‘yilgan margimush yoki
boshqa jonsizlantiruvchi pasta, pulpa to‘qimasining barcha qismiga, hatto
dentin kanalchalariga va periodontga ham so‘rilib, o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Shuning uchun ham, ba’zida devitallovchi pasta dozasi oshganda toksik
periodontit kelib chiqadi, hamda uni davolash ancha qiyin kechadi.
Pulpani vital amputatsiyasidan keyin ildiz pulpa hayotiyligini saqlab
qolish, faqat og‘riqsizlantirish ostida bajariladigan jarrohlik usullaridan
keyingina amalga oshirilishi mumkin. Agar unda ma’lum klinik
ko‘rsatmalar bo‘lganda.


1 5 4
Demak, pulpaga devitallovchi pasta qo‘ygandan keyin, hech qachon
uning hayotiyligi saqlab qolina olmaydi.
Ba’zida ukol qilib og‘riqsizlantirish (igna to‘qimaga sanchilishi)
og‘riqli bo‘lgani sababli, shifokorlar ochilmagan pulpani og‘riqli joyiga
margimush yoki boshqa devitallovchi pasta qo‘yishadi. Bu noto‘g‘ri,
hamda og‘riq bosilishi o‘rniga u battar kuchayadi, chunki pulpada
yallig‘lanish davom etadi. Devitallovchi pasta asta-sekin (odatda muddat-
lar 24 yoki 48 soatdan ko‘proq) ta’sir etadi va pulpada giperemiya kucha-
yadi, bosim oshadi, bular esa og‘riqni kuchaytiradi. Shuning uchun,
bunday asoratlarni oldini olish maqsadida, devitallovchi pastani faqat
ochilgan pulpaga, undagi ekssudatni chiqarib yuborgandan keyin qo‘yish
kerak.
Tish bo‘shlig‘i stomatologik asboblar bilan pulpaga yaqin joydan,
ko‘pincha pulpa shoxchalariga yaqin joydan ochiladi. Pulpit bilan
og‘rigan tishda ko‘pincha kariyes kovagi bo‘ladi va uning tubidan pulpa
ochiladi. Ammo butun tishda ham pulpit (masalan, jarohatiy, retrogradli,
gematogen yo‘l bilan tushgan infeksiyadan paydo bo‘lgan pulpitlar)
bo‘ladi. Bunday paytlarda, tish bo‘shlig‘ini to‘g‘ri va to‘liq ochish,
tishning anatomik tuzilishi topografik xususiyatlarini, uning kanali
joylashgan joylarini bilish bilan bog‘liq. To‘g‘ri va to‘liq ochilgan tish
bo‘shlig‘i va undagi kanallar qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xato va ular
oqibatida kelib chiqadigan asoratlarni oldini olishni kafolatlaydi.
Devitallovchi pastani pulpaga qo‘yishda ma’lum qoida, tartibga rioya
qilish kerak: tishga qo‘yilgan davolovchi boylam yaxshi ushlanib turishi
uchun, kovak germetik, zich yopilgan bo‘lishi shart. Aks holda,
devitallovchi pasta tish bo‘shlig‘idan chiqib, milk va tish atrofidagi boshqa
to‘qimalarni (xattoki suyakni ham) kuydirishi yoki oshqozon-ichak
yo‘liga tushib (boylam tushib ketishi va yutinganda oshqozonga tushishi
mumkin) bu joylarni ham kuydirishi, zaxarlashi mumkin. Bunday
asoratlar ko‘pincha bolalarda uchraydi. Eng ko‘p xatolar devitallovchi
pastani shoshma-shosharlik, e’tiborsizlik bilan yaxshi ochilmagan kariyes
kovagiga qo‘yishdan kelib chiqadi.
Undan tashqari, devitallovchi pasta ustidan kovakni suvli dentin
pastasi bilan yopganda, pasta to‘liq qotmasdan bemorni jo‘natib
yuborganda, qotmagan pasta tagidan devitallovchi pastani milkka
so‘rilishi natijasida kelib chiqadigan asoratlar ham bor. Ayniqsa II va
V sinf kariyes kovaklari, xususan ular milkka yaqin yoki uning tagida
joylashgan hollarda bunday asoratlar ko‘proq uchraydi. Shuning uchun,
devitallovchi pasta qo‘yilgach, kovak germetik va zich yopilishidan
tashqari, to suvli dentin pastasi qotmaguncha va germetik yopilish
borligiga ishonch hosil qilinmaguncha, bemorni jo‘natmaslik kerak. V
sinf kovaklarida milk o‘sib, kovakka kirib turgan bo‘lsa, shu qismlarni
koagulyatsiya qilib tashlash kerak yoki boylam qo‘yish jarayonida ortiqcha
milkni ko‘tarib turib, keyin kovakni yopish kerak bo‘ladi.


1 5 5
Pulpani amputatsiya va ekstirpasiyasida og‘riqsizlantirish to‘liq
o‘tkazilmasa, og‘riq paydo bo‘lishi mumkin. Bunda barcha og‘riq-
sizlantirish vosita va dorilari applikasiya tarzida yoki pulpaga bevosita
yuborish bilan qo‘llanadi. Undan tashqari, amputatsiya jarayonida
shifokorning bilimsizligi yoki e’tiborsizligi tufayli, kovak devorining bir
qismi sinishi, kovak tubining ochilib, teshilib qolishi kabi asoratlar ham
kuzatiladi. Ayniqsa, singan tish bo‘lagining nafas yo‘liga tushishidan
kelib chiqadigan asfiksiya — bo‘g‘ilib qolish, og‘ir asoratlarga kiradi.
Bunda, tezda mutaxassis tomonidan traxeostomiya operasiyasi amalga
oshirilmasa, bemor o‘lishi ham mumkin. Shuning uchun, barcha
stomatolog-shifokorlar bu operasiyani bajara olishi maqsadga muvofiqdir,
chunki bemorga kechiktirib bo‘lmaydigan tez tibbiyot yordami ko‘rsa-
tilishi shart. Ekstirpasiya jarayonida ham, kanalga endodontik asboblar,
drilbor ignasi bilan ishlov berishda, ularning kanalda sinib qolishi yoki
e’tiborsizlik oqibatida og‘iz bo‘shlig‘iga, undan esa nafas yo‘liga tushib
qolishi natijasida ham asfiksiya yuzaga kelishi mumkin.
Kanalda sinib qolgan asbob bo‘laklarini olib tashlashning iloji bo‘lma-
ganda, ularni yonidan drilbor bilan o‘tib, kanalni kengaytirib davolovchi
pastalar bilan uni plombalash mumkin. Albatta, kanalni plombalashdan
oldin, undan qon oqmasligiga ishonch hosil etmoq darkor.
Pulpa ekstirpasiyasida endodontik asboblar ildiz uchi teshigidan o‘tib,
periodontni jarohatlashi mumkin. Bunda tishga bosganda og‘riq va
boshqa noxush sezgilar paydo bo‘ladi. Ular 2—3 kun orasida qo‘shimcha
davolashsiz ham o‘tib ketishi yoki ba’zida darsonvalizasiya, flyuktuori-
zatsiya, UVCH davolash kabi muolajalardan keyin o‘tishi mumkin.
Vital yoki devital amputatsiyadan keyin, ma’lum vaqt o‘tgach kanalda
qolgan pulpaning qayta yallig‘lanishdan yoki jonsizlantirilgan pulpaga
infeksiya qo‘shilishidan periodontda turli og‘riqlar paydo bo‘ladi va
qoldiq pulpit yuzaga keladi. Bunda pulpitni davolashda qo‘llaniladigan
muolajalar qo‘llanilib, yallig‘langan yoki o‘lgan pulpa olib tashlanadi,
hamda kanal odatdagidek plombalanadi va tishga doimiy plomba
qo‘yiladi.
Pulpitni davolashda periodontga infeksiyani o‘tishiga asosiy sabab —
bu aseptikaga to‘la rioya etmaslikdir. Agar aseptika qoidalariga to‘liq
amal qilib, ishlatiladigan asboblar va ashyolarni sterillab, qilinadigan
muolajalar bajarilsa, unda periodont kamroq ozorlanadi.
Amaliyotda zamonaviy endodontik asboblarning kirib kelishi, perio-
dontga salbiy ta’sir etadigan dorilar o‘rniga fermentlar, dorivor
o‘simliklardan tayyorlangan dorilarning ko‘proq qo‘llanishi, pulpani
davolash jarayonida tish kanallariga ishlov berishda bajariladigan
muolajalarning periodont uchun zararsizligini ta’minlamoqda. "O‘tmas"
kanallar o‘tuvchiga aylanishi va ularni ildiz uchi teshigigacha to‘liq
plombalanishi, pulpit bilan davolangan tish ildizi atrofidagi periodont
va boshqa to‘qimalar kasalliklarini oldini olishga sabab bo‘lib kelmoqda.


1 5 6
Shuni ham ta’kidlash zarurki, pulpit tufayli periodontda patologik
o‘zgarishlar bo‘lmagan hollarda, ba’zida kanalni plombalash ildiz uchi
teshigidan plomba ashyosini chiqarish bilan tugatiladi. Bunday paytlarda,
albatta periodont ta’sirlanadi va unda turli og‘riqlar yuzaga keladi.
Ba’zida ostit va periostit belgilari, shishlar paydo bo‘ladi. Bunda jarrohlik
muolajalarni o‘tkazishga to‘g‘ri keladi.
Ildiz uchi teshigidan o‘tkazilgan ortiqcha plomba, mustaqil hosil
bo‘ladigan oqma teshigidan chiqib ketishi yoki uni davolangan tish
atrofidagi to‘qimalarni kesib olib tashlash bilan chiqarib tashlash
mumkin. Bundagi og‘riqlar va noxush sezgilarni yo‘qotish uchun
flyuktuorizasiya, UVCh davolash, darsonvalizatsiya kabi fizioterapevtik
muolajalardan foydalaniladi. Ba’zida, pastki oziq tishlar kanallarini ildiz
uchi teshigidan o‘tib plombalanganda, plomba ashyosi pastki jag‘ kanaliga
tushadi va uzoq davom etadigan noxush sezgilar, nimfalaj (parez)
belgilarini kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Ularni yo‘qotish uchun uzoq
muddat fizioterapevtik muolajalar qo‘llashga to‘g‘ri keladi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling