Rivojlantirish instituti


P E R I O D O N T I T .   P E R I O D O N T   T O ‘ Q I M A S I N I N G


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/244
Sana02.01.2022
Hajmi0.98 Mb.
#197338
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   244
Bog'liq
terapevtik stomatologiya (1)

P E R I O D O N T I T .   P E R I O D O N T   T O ‘ Q I M A S I N I N G
ANATOMIK VA GISTOLOGIK TUZILISHI
Periodont — bu ikki so‘z o‘zagi — peri atrof, yoni degan ma’noni,
odont tish degan ma’noni bildirib, tish atrofidagi qo‘shuvchi to‘qimadan
iborat bo‘lib, u tishning ildiz qismidagi sement bilan jag‘lar suyaklar
alveolyar o‘simtalarining ichki devorlari orasidagi periodopt bo‘shlig‘ini
to‘ldirib turadi.
Periodont bo‘shlig‘i, yorig‘i alveola kompakt suyak plastinkasi, ildiz
sementi va tish aylana boylamlari (lig. circularae dentis) bilan
chegaralangan.
Periodont yorig‘ining kengligi pastki va yuqori jag‘ tishlarida turlicha,
lekin o‘rtacha kengligi 0,2—0,25 mm (E.V. Leviskaya va boshqalar, 1973,
E.V. Borovskiy, 1989). Tish ildizining uchki qismida 1 mm gacha bo‘ladi.
Periodont yorig‘ining kengligi turli holatlarga ham bog‘liq. Odamning
yoshiga, tishlarining rivojlanishiga, ularning o‘z vazifalarini ado etish
darajasiga va nihoyat, patologik jarayonlarning kechishiga bog‘liq.
Antagonisti bo‘lmagan, tish qatorida turmagan tishlarda periodont
to‘qimasining qalinligi (yoki periodont yorig‘ining kengligi) qisqaradi —
0,1—0,15 mm ni tashkil etadi.
E.M.Gofung (1946) bo‘yicha periodont yorig‘i pastki jag‘da 0,15—0,22
mm ni, yuqori jag‘da esa ancha kengroq, 0,2—0,25 mm ni tashkil etadi.
Periodont yorig‘i tish ildizining o‘rta qismida qisqarganroq, tish
ildizining uchida hamma vaqt kengroq bo‘ladi.
Periodont yorig‘i haddan tashqari bosim ostida xizmatini ado eta-
yotgan tishlarda, periodont to‘qimasida kechadigan patologik jarayonlar
oqibatida, ildiz sement kengayishi (gipertrofiyasi)da va boshqa shunga
o‘xshash holatlarda ham o‘zgarishi (kengayishi yoki torayishi) mumkin.
Agar alveola suyagida yallig‘lanish bo‘lsa, unda ildiz sementi, suyak,
ular bilan periodont to‘qimasining emirilishi yuz berishi mumkin.
Periodont fibroz qollagen tolalaridan, yumshoq qo‘shuvchi to‘qima,
hujayrali elementlar, ko‘p sonli qon, limfa tomirlari asab tolalaridan
iborat.
Asosiy hajmi kollagen tolalaridan iborat bo‘lsada, ba’zi mualliflar
(A.I. Ribakov, E.M. Platonov, 1968) periodont tarkibida elastik tolalar
ham borligi to‘g‘risida ma’lumot berishadi.


1 5 8
Elastik tolalarning bir boshqa turi bu oksitalan fibrillari yoki tola-
laridir. Oksitalan tolalar ham periodont to‘qimasining tish bo‘yin va
ildiz cho‘qqisi atrofidagi qismlarida, xususan o‘ta tashqi ta’sirot ostidagi
tish periodontlarida ko‘proq yig‘iladi. Oksitalan tolalar kislotalarga chida-
mliligi uchun bu nomni olganlar. Ular kollagen tolalari bilan qo‘shilib,
aralashib turadilar. Ular qon tomirlari bilan qon tomir — oksitalan
tuzilmasini hosil qilishadi.
Periodontda, shuningdek, argirofil tolalar, xususan ko‘p ildizli
tishlarda bo‘ladi.
Demak, periodont to‘qimasi qo‘shuvchi to‘qimadan iborat bo‘lib,
unda hujayralararo modda, fibroz kollagen tolalari va qo‘shuvchi to‘qima
qavatlaridan o‘tgan qon va limfa tomirlari va asab tolalari mavjud.
Periodontning fibroz tolalari qo‘shilib qalin tuguncha — boylam hosil
qiladi (ular 5—10 mkm diametrli), bular bir uchi bilan ildiz sementiga
va ikkinchi uchi bilan esa, alveola suyak to‘qimasiga kirib, suyakning
g‘ovak qismigacha (lekin ilikka kirmasdan) joylashadi. Kollagen tutam-
larining alveola suyagiga va ildiz sementiga kirgan qismlari Sharley
tolalari degan nom bilan yuritiladi. Ildiz uchida fibroz to‘qima kamaygan,
yumshoq to‘qima esa ko‘p bo‘ladi. Kollagen tolalari polipeptid molekula-
laridan tashkil topganligi uchun elektron mikroskop ostida kollagen
fibrillari ko‘ndalang chizg‘ilar shaklida ko‘rinadi.
Fibroz tolalar periodont to‘qimasining joylashgan joyida turlicha
yo‘nalishlarda joylashgan.
Tish bo‘yin qismida fibroz tutamlari gorizontal yo‘nalishda joylashgan.
Bu erda ular alveola suyagi ustidan va milkdan keladigan tolalar bilan
birlashib, tish aylana boylamini hosil qiladi. Tish aylanma boylami 3
guruh tolalardan iborat: I guruh tolalarga milk cho‘ntagining ostidan
sementga yopishadiganlar, II guruh-milk va milk so‘rg‘ichlaridan tish
bo‘yin qismiga yoyilib yo‘nalgan tolalar bo‘lib, ular milk qirralarini qattiq
ushlab, xarakatsiz holatda saqlab, tishlarga yopishib turishini ta’minlaydi
va nihoyat, III guruhga tishlar oralaridagi tolalar kirib, ular ikki yonma-
yon tishlarni bir-biriga bog‘lab turadilar. (E.M. Gofung, 1946, S.I. Vays,
1965, A.I. Ribakov, 1968, E.V. Leviskaya va boshqalar, 1973, E.V. Bo-
rovskiy, 1989, 1998). Tish aylanma boylami periodont yorig‘ini tish
bo‘yin qismida yopib turadi va shu bilan periodontga turli tashqi yot
narsalar va mikroblarni kirishiga to‘sqinlik qiladi.
Periodont to‘qimasining asosiy hajmini tashkil etadigan kollagen tola-
lar, tish ildiz qismiga turli qiyshiq yo‘nalishlarda joylashgan. Fibroz
tolalarning suyak to‘qimasiga kiradigan sementga kiradiganlariga nisbatan
yuqorida joylashgan. Bu hol tishni o‘z katagida qattiq ushlab turilishini
ta’minlaydi.
Periodont to‘qimasida tangensial tolalar ham bo‘lib, tishning o‘z
o‘qi atrofida xarakatini to‘xtatib turadi.


1 5 9
Bo‘yin qismida gorizontal tolalar, ildiz uchida ildizdan alveola suyagi
tomon radial tolalar joylashgan.
Kollagen tutamlari cho‘zilmaydi, lekin tishlarning fiziologik
qimirlashlari tolalarning qayrilib, qiyshayib joylashganligi tufaylidir.
Kollagen tutamlari orasida yumshoq qo‘shuvchi to‘qimalar bo‘lib,
ular asab va qon tomirlarini o‘rab turadi va al’veola devoridagi teshiklar
orqali alveola suyak to‘qimasining iliklar bo‘shliqlari bilan bog‘lanadi.
Tolalar tutamlari orasida oz miqdorda fibroblast, yakka-yakka
adashgan, tarqoq hujayralar joylashadi. Yumshoq to‘qima qayerda ko‘p
bo‘lsa, ana o‘sha joylarda hujayralar ham ko‘p.
Retikulo-endotelial hujayralar periodont to‘qimasining hamma erida
uchraydi, xususan ildiz uchi qismida (E.M. Gofung, 1946). Ildiz sementi
yaqinida (chegarasida), sementoblastlar ikkilamchi hujayrali sement hosil
qiluvchi hujayralar, alveola chegarasida esa, osteoblastlar — suyak
to‘qimasini hosil qiluvchi hujayralar joylashgan.
G.V. Yasvoin, I.A. Mexteyslarning ma’lumotlari bo‘yicha retikulo-
endotelial hujayralar gistiosit (makrofag) lardan iborat bo‘lib, ular
tomirlar atrofida joylashgandir. Shuning uchun ularni "advensial (tomir
devori pardasi ustidagi) gistiositlar" deb atashni taklif etishgan.
I.I. Medvedev va A.G. Varshavskiylar esa, gistiositlar butun periodont
to‘qimasi bo‘ylab joylashganligi, sog‘lom tishlarda kam, yallig‘lanish
jarayonida (periodontit) ko‘payishini aniqlashgan.
E.M. Gofung kuzatuvlari shuni ko‘rsatdiki, gistiositlar asosan ildiz
uchi qismida va tish bo‘yin qismida, milk cho‘ntagi tubini qoplab
turuvchi epiteliy ostida joylashgan.
N.A. Astaxov fikricha, epiteliy hujayralari granulema va kistalarning
epitelial qobig‘ini hosil bo‘lishida ishtirok etadilar.
Periodont to‘qimasidagi epitelial hujayralar asosan ildiz uchi qismida
joylashadi va Malyasse hujayralari degan nom bilan yuritiladi. Ular qoldiq
hujayralar, ya’ni tish hosil qiluvchi epiteliy qoldiqlari xisoblanadi.
Ularning kelib chiqishi, vazifalari va ahamiyatlari to‘g‘risida turli fikrlar
mavjud.
N.A. Astaxov, 1928, V.G. Vorobyev va T.V. Yasvoin, 1936,
V.N. Lvov, 1928 va boshqalar Malyasse hujayralari emal a’zosining
qoldiqlari deyishsa, O.V. Petrova (1955) — Malyasse hujayralari
qo‘shuvchi to‘qimalarini metaplaziyasi oqibatida hosil bo‘lishini,
I.G. Lukomskiy (1929) esa bu hujayralar og‘iz shilliq pardasini qoplagan
epiteliydan o‘sib o‘tganligini aytishadi.
Periodontda tomirlar tizimi yaxshi rivojlangan. Periodont to‘qimasini
oziqlantiradigan qon tomirlari a. alveolaris superior, posterior et anterior
(yuqori jag‘da) va a. alveolaris inferior (pastki jag‘da) lardan ajralgan
tish shoxchalari nomi bilan (rami dintalis) ataluvchi qon tomirlari ildiz
cho‘qqisi (uchi) orqali kiradilar. Bu shoxchalar yana maydalashgan
shoxchalar shaklida periodont to‘qimasiga kirib, qalin periodont turini


1 6 0
hosil qiladilar va ular asosan, ildiz chuvdisi atrofida joylashgan. Periodont
to‘qimasining o‘rta va bo‘yinoldi qismlarining oziqlanishi alveolalararo
arteriya shoxlari (rami interalveolaris) opqali amalga oshadi. Bu shoxlar
esa venalar bilan birga alveola devorlarida bo‘lgan ko‘p sonli teshiklardan
kiradi. Bu teshiklardan kirgan alveolalararo tomir ustunchalari perio-
dontga kirib tish shoxchalari (rami dentalis) bilan birlashadi, qo‘shiladi,
ya’ni anastomoz hosil qiladi.
Aylanma boylamda va ildiz cho‘qqisida (uchida) hosil bo‘ladigan
qalin turlar, kapillyarlar tugunchalari, ilgaklaridan tuzilgan bo‘lib,
o‘ramchalar, shaklida joylashgan (A.B. Izachik, 1914). Bularning tuzilishi
buyrakdagi tomirlar tuzilishiga o‘xshaydi.
Limfa tomirlari qon tomirlariga o‘xshab ildiz bo‘ylab joylashgan va
ular pulpa, alveola suyagi va milk tomirlari bilan uzviy bog‘langan.
Tomir-asab tugunchasida joylashgan limfa tomirlari orqali pulpa va
periodontdan limfa oqadi. Jag‘larning suyak ustki pardasi va jag‘lar
atrofidagi yumshoq to‘qimalardagi limfa tomirlari bilan jag‘ tanasining
tashqi va ichki yuzalaridagi limfa tomirlari birlashib, qo‘shilishib katta
xalqali limfatik to‘r hosil qiladilar. To‘rdan chiqadigan tomirlar iyak
osti, jag‘ osti va quloq oldi limfa tugunlari, bezlariga quyiladi.
Periodont n. trigeininis-ning alveola asab tolalari xisobiga yaxshi
innervasiyalashgan.
Tolalarning (asab) bir qismi tish o‘ramidan, boshqa qismi suyak
bo‘shliqlari, Gavers kanallari orqali suyakdan, shuningdek, milk
tomondan jag‘ suyak pardasi (periost)dan tugunchalar va tolalar shaklida
kiradi.
Kattaroq asab tomirlar tugunchalari alveola devori bo‘shliqlarida
joylashib, tomirlar va asab tolalarini tish xarakatlari, ularga tushadigan
bosimlardan asrab, qo‘riqlab, ximoyalab turadi va shu bilan perio-
dontning amortizasiya vazifasini o‘tashi ta’minlanadi.
Shunday qilib, periodont-bu to‘qimalar yig‘indisi (kompleksi) bo‘lib,
u genetik umumlikka, o‘xshashlikka ega bo‘lib, turli vazifalarni bajarishga
xizmat qiladi: qo‘riqlash (ximoyalash) amortizatsiya, ushlab turish
(fiksatsiya), oziqlantirish (trofika), hosil qilish, yaratuvchilik (plastika)
va sezgirlik (sensor).
Eng muxim vazifasi himoya, qo‘riqlashdir. Bu periodont to‘qimasi-
to‘suvchi (barer) to‘qima ekanligini, organizmni tashqi turli zararli
narsalar-ta’sirotlar (mikroorganizmlar, zaxarlar, toksinlar, dorilar va
hokazo) dan ximoyalab turishidir.
Sog‘lom periodont ma’lum darajada organizmni allergik holatini
keltirib chiqaradigan odontogen (tish orqali) infeksiya va ichki
zaxarlanish (intoksikatsiya) lardan ximoyalab turadi va desensibilizatsiya
rolini o‘ynaydi.
Periodontning amortizasiya vazifasi undagi katta miqdorli
suyuqlikning (60% ga yaqin) to‘qimalararo joylashgan teshikchalar va


1 6 1
hujayralar kolloidlari bilan tomirlar va tolalar hajmlarining o‘zgarishini
muvofiqlashib, birga ta’sir etishi orqali amalga oshadi. Periodont gidravlik
tizimga o‘xshash xarakatda bo‘lib, tishlarga chaynov bosimini butun
periodont yorig‘ining devorlariga teng taqsimlaydi. Shuning uchun,
tishlarga tushadigan katta bosim periodontning amortizatsiya funksiyasi
tufayli alveolalarga zarar yetkazolmaydi. Periodontning ushlab turishi
(fiksatsiya) deganda, tishlarni tish katakchalarida turish vazifasini tushi-
namiz. Periodont tishni nafaqat katak bilan bog‘lab turadi, balki, uni
ushlab ham turadi (aylanma boylam, alveolalararo va ildiz cho‘qqisidagi
tolalar yordamida). Tish aylanma boylamini hosil bo‘lishida periodont
qatnashib tishlarni fiziologik qimirlashini ta’minlab turadi.
Periodontning oziklanishi va oziqlantirish (trofika) vazifasi unga
kirgan va pulpa tomirlari bilan anastomozlashgan qon tomirlar orqali
amalga oshadi. Periodont sement va tish ildiz dentinini, hamda alveola
suyagining kompakt plastinkasini oziqlantiradi.
Periodont sezgirlik vazifasini o‘zidagi boy innervasiya orqali bajaradi.
Plastik vazifasi esa periodontdagi sementoblastlar (ikkilamchi,
hujayrali sement hosil qilish) va osteoblastlar (alveola suyagi qatlamlarini
hosil qilish) orqali bajariladi.
Qon va limfa aylanish tizimining umumiyligi, paradont to‘qimalari
(pulpa, milk, periodont va alveola suyagi) orasidagi boy anastomoz
turlari, umumiy innervatsiya va oziqlanish, ularning anatomik va
funksional birligini, vazifalarining o‘xshashligi va patologik jarayonlar
kechish sharoitlarining ham o‘xshashligi periodontning amortizatsiya,
bog‘lovchilik, sezgirlik (sensor), oziqlanish va surilish vazifalarining
buzilishida yaqqol ko‘rinadi.
Ildiz sementi tish ildizining dentin to‘qimasini yopib, qoplab turadi
va u bilan radial tolalar orqali bog‘langan. Bu tolalar esa dentinning
Korf tolalari bilan bog‘langan.
Boshqa tomondan, radial tolalar periodontning qolgan tolalar
tutamiga davom etadi.
Sement to‘qimasi 2 turga bo‘linadi: birlamchi (hujayrasiz) sement,
amorf tarzda bo‘lib, tish ildizini hamma yuzasini yopib turadi. Ikkilamchi
(hujayrali) sement esa, ildizning uchki qismi (ildizning uchdan bir qismi)
va ko‘p ildizli tishlarning bifurkasiya qismlarida joylashgan.
Hujayrali (ikkilamchi) sementda sementoblastlar boshqa sement
hujayralari bo‘lganligi tufayli, ma’lum sabablar (o‘ta bosim, yallig‘lanish)
oqibatida yangi sement to‘qimasini hosil qilish vazifasini bajaradi.
Sementda kanallar, qon tomirlari yo‘q, lekin to‘qimaning oziqlanishi
periodont tomonidan sement tanachalari va sementosid o‘simtalari orqali
amalga oshadi.
Alveola ichki va tashqi devorlar va ular orasida joylashgan bo‘shliqlari,
kanallari bor bo‘lgan (spongioz) suyak to‘qimasidan iborat.


1 6 2
Alveolaning ichki kompakt devori silliq, yupqa va teshikchalari bo‘lib,
unga periodont kollagen tolalarining tutamlari kirib, g‘ovak suyak
to‘siqlarigacha etib boradi.
Suyak to‘siqlari bo‘shliqlarida periodontning yumshoq qo‘shuvchi
to‘qimasi va alveola suyagining ko‘mikli moddasidan chiqqan tomirlar
va asab tolalari joylashgan. Alveolaning tashqi devori yupqa va uning
teshiklari orqali periodont jag‘ suyagning ustki pardasi bilan bog‘lanadi.
Shunday anatomik tuzilishda bo‘lgan bu devor og‘iz daxlizida bo‘lishi
mumkin bo‘lgan shish, qizarish, yiring chiqadigan oqmalarning paydo
bo‘lish mexanizmini anglatadi. Shuning bilan bir paytda, bunday
patologik holatni xususiy og‘iz bo‘shlig‘ida kam bo‘lishi (qattiq tanglayda
va til tomonda) ham oydinlashadi. Alveolaning kompakt plastinkasi
ostida alveolaning bo‘shliqli (spongioz) suyak to‘siqchalari joylashgan
va ular asta-sekin jag‘ suyaklari bo‘shliqli moddasiga o‘tadi. Periodont
to‘qimasi odamning yoshiga qarab ham o‘zgarib turadi. Bu o‘zgarishlar
3 davrga bo‘linadi: 1 davr 20—24 yosh. Periodont asosan shakllanadi,
kollagen tolalar yetiladi va ular joylashgan joylarida anik shaklga ega
buladi. II davr 25—40 yosh. Periodont o‘z tuzilishi shakllanishida
turg‘unlik bo‘lib, juda kam o‘zgaradi. III davr 40 yosh dan keyin turli
destruktiv o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. Kollagen tolalarning ayrimlarida
tarqoqlik, rang o‘zgarishlar bo‘lishi kuzatiladi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling