Rivojlantirish instituti
Granullashgan periodontit (per. granulans)
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
terapevtik stomatologiya (1)
Granullashgan periodontit (per. granulans)
Surunkali periodontitlar orasida eng faol, tez-tez qo‘zg‘alib turuvchi, asoratlar beruvchi xuddi ana shu tur xisoblanadi. Bu tur, keyingi granulematoz turiga o‘tishi mumkin. Ildiz cho‘qqi qismi deyarli yumshoq to‘qimalar (chirigani uchun), g‘adir-budir, qora-ko‘kimtir tus oladi. Joy-joyida yumshoq to‘qima yiring bilan shimilgan, qizargan yoki zich, oqish rangda bo‘ladi. Yallig‘lanishning dastlabki davrlarida ekssudatda leykositlar, keyin- chalik esa limfositlar, gistiositlarni uchratish mumkin. Plazmatik hujay- ralar yiring o‘chog‘ining atrofida va oqma teshigi chetlarida joylashgan. Granulyatsiyalashgan to‘qima boshlang‘ich davrlarda hujayralarga boy, asta-sekin ularning sonlari kamayib, fibroz to‘qima ko‘payadi. Bu turdagi periodontitda ham kariyes kovagi va tish kanali yopilib (ovqat tikilib) qolganda, tishda simmillovchi og‘riq, xususan tish bosil- ganda bo‘lishi mumkin. Bunday paytda yengil qaytalanish belgilaritish atrofidagi yumshoq to‘qimalarning qizarishi, shishishi, tishga bosim tush- ganda — og‘riq kabi noxush sezgilar paydo bo‘lishi mumkin. I.G. Lu- komskiyning ta’biri bilan aytganda, surunkali granullashgan periodontit eng faol, tez-tez qo‘zg‘aluvchan (qaytalanadigan), eng ko‘p asorat beradigan, lekin davolashga tez beriladigan periodontit turidir. Muallif bunda vazoparez-tugmachali asbob (yoki barmoq uchi) bilan bosilganda iz qolishi, ya’ni vena turg‘unligi, oldin oqarib turib, keyinchalik qizarishini kuzatgan. Bunga sabab. maxalliy to‘qimalarning chirishidan hosil bo‘lgan zaxarlar tomirlarni xarakatga keltiradigan asablarni parezga olib kelishidir. Chunki bunda tomirlar tarangligi (tonusi) buziladi, maxalliy turg‘unlik va ularning shishi vazoparez shaklida ko‘rinadi. Granulyasion to‘qimaning hosil bo‘lishi (proliferasiyasi), yangi hosil bo‘ladigan sement va suyak to‘qimasi bir vaqtning o‘zida tish atrofidagi yumshoq va qattiq to‘qimalar, hamda tishning o‘zida buzilishi va emirilish jarayonlari bilan birga kechadi. Sement, dentin, alveola suyagi va alveola o‘simtasi uydim-uydim chuqur bo‘lib so‘riladi. Granulyasion to‘qimaning hosil bo‘lishi suyak moddasining emirilishi, so‘rilishi bilan bir vaqtda granulyasion to‘qimaning fibroz to‘qimaga aylanishi, suyaksimon (osteoid) to‘qimaning suyak to‘qimasiga aylanishi kuzatiladi. Ularning chetki qismlarida osteoblastlar joylashgan bo‘ladi va ular suyak to‘qimasini hosil bo‘lishida qatnashadi. Yosh suyaksimon to‘qimaga oxak tuzlari yopishadi, cho‘kadi va yangi hosil bo‘lgan qavat eski qavat ustida yotadi (appozisiya), xamda suyak to‘siqlari va bo‘shliqlari yangi hosil bulgan suyak to‘qimasi bilan to‘ladi. 1 6 7 Granullashgan periodontitning yana bir xususiyati shundan iboratki, bunda yiring yo‘llari-oqma yo‘llari (svishch) bo‘lishidir. Oqma yo‘lla- rining joylashishi turlicha. Ko‘pincha kasallangan tish ildiz cho‘qqisi to‘g‘risida yoki alveola chekkasida joylashadi. Odatda ular og‘iz daxlizida va kamdan-kam hollarda og‘iz xususiy bo‘shlig‘i tomonda bo‘lishi mumkin. Bunga sabab, alveolaning tashqi devori yupqa. Ba’zida esa oqma yo‘llari tashqariga, teriga chiqadi (og‘iz bo‘shlig‘idan), bunday paytlarda tashqi teridagi oqma (svishch) deb yuritiladi. Surunkali periodontitning yana bir turi — granulematoz periodontit bo‘lib, bunda yallig‘lanish jarayoni aniq chegaralidir. Granulema ildiz uchida joylashadi, xamda boshlang‘ich davrda bu erda limfoid hujayralar va poliblastlar (ular tolali qo‘shuvchi to‘qimaning ko‘payishidan hosil bo‘ladi) to‘planadi. Plazmatik va ksantom hujayralar ko‘pchilik xujairalarni tashkil etadilar. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling