Rivojlantirish instituti


O‘tkir periodontitlarning klinikasi


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/244
Sana02.01.2022
Hajmi0.98 Mb.
#197338
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   244
Bog'liq
terapevtik stomatologiya (1)

O‘tkir periodontitlarning klinikasi
O‘tkir zardobli periodontit (periodontitis acutaserosa). Boshlang‘ich
davrida bemorlar uncha qattiq bo‘lmagan simmilovchi og‘riq borligiga
shikoyat qilishadi. Odatda bunday og‘riq, kasallangan tish atrofida joy-


1 6 9
lashadi va tish bosilgan (chaynov) paytida seziladi. Og‘rigan tish, bemor
ta’biricha, o‘sgan yoki katagidan chiqqandek bo‘ladi. Bemor zararlangan
tishni aniq ko‘rsatadi, chunki og‘riq boshqa tish joylariga tarqalmaydi.
Og‘iz bo‘shlig‘idagi kasal tishni obyektiv ko‘rganda tish butunligi
yoki jarohat, olganligi lekin ko‘pincha kariyes kovagi borligi aniqlanadi.
Kariyes kovagi hamma vaqt ham tish bo‘shlig‘i (cavum pulpae dentis)
bilan aloqador bo‘lmasligi mumkin. Kovakni tubi zond bilan paypaslab
ko‘rilganda og‘riq bo‘lmaydi. Periodont to‘qimasiga zardob so‘rilganligi
tufayli tishning oz miqdorda qimirlashi mumkin.
Perkussiya ozroq og‘riq berishi mumkin. Milk va o‘tuvchi burmada
patologik o‘zgarishlar bo‘lmasligi yoki ularda qizarish, shish bo‘lishi va
palpasiya qilib ko‘rilganda og‘riq bo‘lishi mumkin. Chetki (regionar)
limfa tugunchalari, bezlari shishgan va ozroq og‘riqli bo‘ladi. Agar
zardobli ekssudat davrida periodontit davolanmasa avj olib, yiringli
periodontitga o‘tishi mumkin.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling