Rivojlantirish instituti


O‘tkir yiringli periodontit (per. acuta purulenta)


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/244
Sana02.01.2022
Hajmi0.98 Mb.
#197338
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   244
Bog'liq
terapevtik stomatologiya (1)

O‘tkir yiringli periodontit (per. acuta purulenta)
O‘tkir yiringli periodontit jadallashgan lo‘qqilovchi og‘riq bilan
xarakterlanadi.
Og‘riqlar uchlamchi (nervus trigeminus) asab shoxlari orqali kasal
tish joylashgan tarafdagi quloqqa, chakkaga yoki ko‘zga tarqaladi,
irradiasiya qilinadi. O‘tkir pulpitlardagidan farqli o‘laroq, o‘tkir yiringli
periodontitda og‘riqlar vaqt-vaqti bilan tutqanoqsimon emas, balki
doimiydir, faqat ayrim paytlarda salgina pasayishi mumkin (remissiya).
Tish ildiz cho‘qqisida ekssudatning yig‘ilishi, to‘planishi natijasida
bemorda go‘yoki tish o‘sgan, o‘z xonasidan-katagidan chiqqandek sezgi
paydo bo‘ladi. Shuning uchun bemorlar og‘iz bo‘shlig‘ini ochiq holatda,
tishlarni bir-biriga tegizmasdan yuradilar.
Kasal kishining umumiy ahvoli ham o‘zgaradi: bexuzurlik, noxush
sezgilar, bosh og‘rig‘i, uyqu buzilishi kabilar.
Obyektiv ko‘rikda tishda kariyes kovagi va u bilan tish bo‘shlig‘i
orasi yopiq yoki tish butun bo‘lishi mumkin. Tish pulpa to‘qimasi gan-
grenoz parchalangan, chirigan holda bo‘ladi O‘tkir yiringli periodontitda
gorizontal va vertikal perkussiya og‘riq beradi, chunki yallig‘lanish perio-
dont to‘qimasining butun satxini qamrab olgan. Agar kasallik cho‘zilgan
bo‘lsa, unda kasal tish yonlaridagi qo‘shni tishlarda ham perkutor og‘riq
bo‘lishi mumkin. Tish qimirlashi yaxshigina, sezilarli ravishda qayd
etiladi. Kasal tish atrofidagi milk shishgan, qizargan, shish og‘iz burma-
lariga va qo‘shni tish atroflariga ham tarqaladi. O‘tuvchi burmalarni
paypaslaganda (palpasiya) og‘riq paydo bo‘ladi. Jag‘ osti, iyakosti limfa
tugunlarida "kattalashish va og‘riq; borligi aniqlanadi. Kasal tish
tomondagi yumshoq to‘qimalarda (kollaterial) shish bo‘lib, ular turli


1 7 0
kattalikka, satxlarga ega bo‘ladi. Lekin shishning katta-kichikligi yallig‘-
lanish og‘ir-yengilligiga to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Ba’zi odamlarda
periodontitning boshlang‘ich paytlarida ham chetki shishlar (kollaterial)
bo‘lishi mumkin.
Chetki shishlarni flegmonadan farqi shundaki, bunda paypaslash
deyarli og‘riqsiz, flegmonada esa og‘riqli bo‘ladi. Kasal tomondagi teri
tarang, yaltiroq bo‘ladi. Laboratoriya tekshirishlari bemorlar qon tarki-
bida leykositoz (15—20 ming) eritrositlar chukish tezligi (EChT)
oshganligi qayd etiladi.
Rentgenologik tekshirishlar periodont yorig‘ining kengayishi va
kasallikning 5—6- kunlarida alveola ko‘migi ko‘rinishining xiralishuvidan
tashqari boshqa hech qanday o‘zgarish borligini ko‘rsatmaydi. Perio-
dontitni keyingi rivojlanishi, undagi ekssudatni chiqish yo‘llariga bog‘liq.
Klinik kuzatuvlar o‘tkir periodontitdagi ekssudat 4 yo‘l bilan xarakat
qilib chiqishi mumkinligini ko‘rsatadi. Birinchi yo‘l — ekssudat ildiz
kanali orqali tish kovagiga chiqishi mumkin. Bu eng ko‘p va qulay yo‘l
bo‘lib xisoblanadi. Bu yo‘l tabiiy yoki sun’iy bo‘lishi mumkin.
Ikkinchi ekssudat chiqish yo‘li — periodont yorig‘i orqali tish bo‘yin
qismi bo‘ylab, periodont tolalarini yirtib, tish aylanma boylamini jaro-
hatlab, tish marginal (bo‘yin) qismidan chiqadi. Bu hol tishni qimirlab
qolishiga (aylanma boylam jarohati tufayli) olib keladi. Bu yo‘l periodont
to‘qimasi jarohatlanishi bilan kechadi va yaxshi yo‘l emasligini ko‘rsatadi.
Ekssudat xarakatining uchinchi yo‘li — bu alveola o‘simtasi bo‘sh-
liqlari va suyak kanallari orqali jag‘ suyak ustki pardasi ostigacha borib
yig‘iladi va suyak ustki pardaosti abssessi yoki milk osti abssessini hosil
bo‘lishiga olib keladi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling