Rivojlantirish instituti


O‘tkir periodontitlarni davolash usullari


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/244
Sana02.01.2022
Hajmi0.98 Mb.
#197338
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   244
Bog'liq
terapevtik stomatologiya (1)

O‘tkir periodontitlarni davolash usullari
O‘tkir periodontitlarda davolash usullarini qo‘llash, kasallikning klinik
ko‘rinishlari va keltirib chiqargan sabablariga bog‘liq. Bu soxadagi
tarixdan ma’lumki, tibbiyotda antiseptiklar qo‘llana boshlagan vaqtlar-
dan-XIX asr oxirlaridan boshlab, periodontitni davolash usullari rivoj-
lanib keladi. Ungacha, periodontit bilan kasallangan tishlar faqat jarrohlik
usuli bilan olib tashlangan.
Hozirgi kunda, periodontitlarni, jumladan o‘tkir periodontitlar, qayta-
langan surunkali hamda surunkali periodontit bilan og‘rigan tishlarni
saqlab qolish uchun, foydali davolash usullari mavjud va ular keng
qo‘llaniladi.
Davolash muolajalari periodont to‘qimasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan
omillarni yo‘qotish, yallig‘lanish oqibatida hosil bo‘lgan ekssudat maxsu-
lotlarini chiqarish, yallig‘lanish jarayonini rivojlanishini va og‘riqni
to‘xtatishga qaratilishi kerak.
Periodontit — bu faqat periodontda joylashgan maxalliy destruktiv
o‘zgarish bo‘lib, sababchi tish vazifasining buzilishigina bo‘lmay, orga-
nizmni sensibilizasiyaga olib keluvchi infeksiya o‘chog‘i va intoksikasiya
(ichki zaxarlanish) manbasi hamdir.
Shuning uchun, stomatologning vazifasi — periodontit bilan og‘rigan
tishni vazifasini to‘liq tiklash bilan bir qatorda, ildiz cho‘qqisidagi to‘qi-
malarni tiklab, u erdagi infeksiya o‘chog‘ini yo‘qotish va organizmning
immunologik holatini to‘la tiklashdan iboratdir.
O‘tkir periodontitlarni davolash yo‘qolgan yoki buzilgan tish vazifa-
larini avaylab tiklashga qaratilishi lozim. Bunda davolash muolajalarini
qo‘llash, kasallikni klinik kechishi va uni keltirib chiqargan sabablariga
bog‘liqdir.
Zardobli va yiringli periodontitni davolashda shifokor bemorlarga
turli dorilar qabul qilishni, issiq, isitish muolajalarini tavsiya etib chegara-
lanmasligi kerak.
O‘tkir periodontitlarning qaysi tur bo‘lishidan qat’iy nazar, birinchi
navbatda og‘riqni to‘xtatish, yig‘ilib qolgan ekssudatni chiqarish va
yallig‘lanish shiddatini to‘xtatish zarur. Buning uchun birinchi navbatda
ekssudatni chiqarish kerak.


1 7 7
Periodont yorig‘ini teshish 4 yo‘l bilan amalga oshadi yoki oshiriladi:
1. Ildiz kanali orqali kariyes kovagi tomon.
2. Og‘iz burmasini kesib-milkosti yoki suyakustki pardasi ostidagi
abssessni ochish orqali;
3. Chetki (marginal) yoki umumiy (total) periodontitda milk-
cho‘ntagi orqali;
4. Tish katagi orqali (tish olib tashlanganda).
Bulardan tashqari periodontda yig‘ilgan ekssudat, albatta, qonga o‘tib,
septik holatni yuzaga keltirishi yoki suyak kanallari orqali qo‘shni tish
atrofidagi yumshoq to‘qimalarga o‘tib, ularni yallig‘lantirishi oqibatida
shish, qizarish kabi holatlarni yuzaga keltirishi mumkin. Periodont
to‘qimasida yig‘ilgan (to‘plangan) yiring-ekssudatni chiqarishning eng
yaxshi yo‘li — bu ildiz kanali orqalidir. Chunki bunda periodont to‘qima-
si kam zarar ko‘radi. Agar ildiz cho‘qqisidagi, teshik (foramen apicalis)
yopiq bo‘lsa Miller ignasi yoki drilbor yordamida uni kengaytirish kerak.
Shuni aloxida ta’kidlash zarurki, o‘tkir periodontitda tishga tegish ham
og‘riqli bo‘lganini xisobga olib, barcha dastlabki muolajalar maxalliy
yoki o‘tkazuvchi og‘riqsizlantirish bilan olib boriladi. Bunda shprisga
2%-li novokain yoki lidokain, yoki ultrakain olib, unga antibiotikning
ma’lum miqdorini qo‘shib anesteziya-og‘riqsizlantirish kerak.
Ildiz kanaliga kirish qismini aylanasimon bor yordamida voronka-
simon kengaytirilib, kanaldagi chiriklar yoki plombalangan bo‘lsa, uni
qoldiqlari bosqichma-bosqich pulpoekstraktorlar yordamida, antisep-
tiklardan foydalanib (kanalning bo‘shagan qismiga antiseptik olib kirish
va mayda asboblarni antiseptik bilan yuvib, keyin kanalga kirgizish yo‘li
bilan) olib tashlanadi va shu yo‘l bilan kanal tozalanadi, Miller ignalariga
paxta o‘rab turunda holida antiseptikka botirilib-kanal yuviladi. Kanal
tozalashda extiyot bo‘lish kerak, chunki kanaldagi chiriklar va ulardagi
mikroorganizmlar ildiz atrofidagi to‘qimalarga o‘tmaslik choralarini
ko‘rish zarur.
Agar kanal ochilganda undan yiring chiqsa, chiqqan ekssudatni steril
paxta tamponchalari yordamida quritib olish kerak. Bunday hollarda
kanal ichida olib boriladigan evakuasiya muolajalari olib borilmaydi,
tish ochiq qoldiriladi, og‘izni turli dorivor o‘tlardan tayyorlangan dam-
lamalar yoki illiq (42°C) 2%-li soda eritmasi bilan chayish, og‘izda illiq
sodali suyuqlikni (42°C-li) ushlab turib, keyin tuflab tashlash tavsiya
etiladi.
O‘tkir yallig‘lanish 1—2 kundan keynn asta-sekin pasaya boradi.
Milkosti yoki suyakustki pardaosti abssesslari bo‘lganda ildizdan chiqqan
yiring yallig‘lanishni bosilishiga etarli bo‘lmasligi mumkin. Bunday
hollarda, abssess usti kesilishi va bu orqali ekssudatni qo‘shimcha yo‘l
orqali chiqarish zarur.
Agar bemorda umumiy zaxarlanish belgilari (bosh og‘rig‘i, tana
xaroratini ko‘tarilishi, holsizlik, qondagi o‘zgarishlar) bo‘ladigan bo‘lsa,


1 7 8
unda xar bir bemorning o‘ziga xosligi ma’lum dorilarni qabul qila olishini
xisobga olgan holda, antibiotiklar ichish tavsiya etiladi.
Navbatdagi periodont yorig‘ini ochish yo‘li — bu milk cho‘ntagi
orqalidir. Bu yo‘l marginal va diffuz (total) periodontitlarda qo‘llanadi.
Bu yo‘lning yomonligi shundan iboratki, tish aylanma boylami butunligi
buziladi. Bu ham og‘riqsizlantirilgandan keyin o‘tkaziladi. Abssess ochil-
gach, milk cho‘ntagi bosim ostida antibiotik, antiseptik suyuqliklari
(eritmalari) bilan yuviladi. Bemor o‘zini ancha engil sezadi. Yuvish
uchun proteolitik fermentlar eritmasiga antibiotik eritmasini aralashtirib
ishlatish ham yaxshi natija beradi (tripsin yoki ximotripsin streptomisin
bilan yoki boshqa bir antibiotik bnlan).
Undan tashqari UVCH davolash, dizdinamik, flyuktuorizasiya, dar-
sonval toklari yordamida yallig‘lanishni va og‘riqni bostirish va periodont
vazifasini tiklash mumkin.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling