Rivojlantirish instituti
O‘tkir yiringli periodontit (per. acuta purulenta)
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
terapevtik stomatologiya (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘tkir umumiy
O‘tkir yiringli periodontit (per. acuta purulenta)
Bu o‘tkir periodontitlarni eng og‘ir shaklidir. Bunda bemor og‘ir, kuchli lo‘qqilovchi, uzuvchi og‘riqqa shikoyat qiladi. Tana xarorati 38- 39 S va undan balandga ham ko‘tarilishi, bosh og‘rig‘i, et uyushishi, uyqu buzilishi (uyqusizlik), ovqat qabul qila olmaslik kabi xodisalar yuzaga keladi. Bemor og‘riq tishlar o‘sganligi — buni shifokor ham ko‘rishi mumkin, tish patologik qimirlab qolishi, unga tekkanda kuchli og‘riq, gapirish qiyinlashganligi kabilarga ham shikoyat qiladilar. Bemor- lar og‘izlarini ochib yurishga, tishlarni bir-biriga bosmasdan yurishga majbur bo‘ladilar. Bu o‘z navbatida og‘izdan so‘lak oqib turishiga sabab bo‘ladi. Milk shishgan, yaxshigina qonga to‘lgan. Milk yumshoq to‘qimalarida infiltrat borligi aniqlanadi. Og‘iz yumshoq to‘qimalarida og‘iz tozalik qoidalariga rioya qilmasligi yoki og‘riqni pasaytirish maqsadida kasallarni spirt, odekolon, O‘zbekiston sharoitida achchiq tosh kabilarni qo‘llashi oqibatida oqish-sarg‘ish karashlar borligini ko‘rish mumkin. Undan tashqari og‘izdan qo‘lansa xid chiqadi. Limfatik bezlar kattalashgan, og‘riqli. Kasal tish tomonidagi yuzda-kollaterial shish, ba’zida bu shu darajada kattaki, yuz xusnini buzib turadi. Lekin shishning kattaligi, hajmi periodontdagi yallig‘lanish og‘irligiga to‘g‘ri kelaver- maydi. Og‘iz burmalarida, suyak usti pardasi ostida yoki milk osti to‘qimalarida abssesslar hosil bo‘lishi mumkin. Agar yiringli periodontit jag‘ tishlarida, xususan aql tishlarida bo‘lsa, u holda chaynov va ichki qanotsimon mushaklarining reflektor qisqarishi yoki ularga yallig‘lanish o‘tganligi tufayli og‘iz ochilishi turli darajada chegaralanib qolishi bo‘lishi mumkin. Periodont to‘qimasida to‘plangan yiring, yuqorida ta’kidlangan yo‘llar orqali chiqishi, organizmga — qonga tushib, intoksikasiya holatini yuzaga keltirishi mumkin. Shunday qilib, zardobli yoki o‘tkir periodontit turlicha klinik kechish xususiyatlariga ega ekan. Yallig‘lanish periodont to‘qimasining qayerida joylashgan joyiga qarab, o‘tkir marginal (zardobli yoki yiringli), o‘tkir cho‘qqi, apikal (zardobli yoki yiringli), o‘tkir cho‘qqi, apikal (zardobli yoki yiringli) va o‘tkir umumiy, total (zardobli 1 7 4 yoki yiringli) periodontitlar deb tashhislanadi. Yuqorida biz, o‘tkir marginal va o‘tkir cho‘qqi, apikal periodontitlar ustida so‘z yuritdik. Endi, o‘tkir umumiy periodontit to‘g‘risida qisqa tushincha beramiz. O‘tkir umumiy (total, tarkalgan) periodontit o‘tkir pernodontitning eng og‘ir, kasalning umumiy ahvolini ancha og‘irlashtiradigan periodontit bo‘lib xisoblanadi. Agar marginal periodontitda yallig‘lanish faqat tish bo‘yin qismida, o‘tkir cho‘qqi, apikal periodontitda tish ildiz uchi atrofida kechsa, umumiy o‘tkir periodontitda yallig‘lanish butun periodont to‘qimasida, ya’ni to‘qimaning hamma erida joylashgan. Albatta uning klinikasidagi bemor shikoyatlari marginal va apikal periodontitlardan tashqari, umumiy tana o‘zgarishlari tana xaroratining ko‘tarilishi, bosh og‘rig‘ining zo‘ra- yishi, uyqu va ishtaxa buzilishlari, injiqlik, gap yoqmaslik, kuchli doimiy og‘riqlar, tishga tekkanda qattiq og‘riq, ovqat chaynay olmaslik, gapira olmaslik, og‘izni yopa olmaslik, jag‘, yuzdagi turli kattalikdagi shishlar, so‘lak oqishi va shunga o‘xshash ko‘p noxush holatlarni o‘z ichiga qamrab oladi. Bunda kasal odam vaqtincha ishga yaroqsiz bo‘lib qoladi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling