Rivojlantirish instituti
O‘tkir cho‘qqi, apikal periodontit (per. acuta apicalis)
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
terapevtik stomatologiya (1)
O‘tkir cho‘qqi, apikal periodontit (per. acuta apicalis)
O‘tkir cho‘qqi, apikal periodontit ham boshqa o‘tkir periodontitlarga o‘xshab zardobli yoki yiringli bo‘lib kechadi. O‘tkir zardobli yoki yiringli apikal periodontit o‘tkir marginal va o‘tkir umumiy (total) periodon- titlarga nisbatan ko‘proq uchraydi. O‘tkir zardobli apikal periodontit (Per. acuta serosa) pulpitning asorati sifatida, margimush kislotasining zaxar sifatida ta’siri ostida, kanalga ishlov berishda qo‘llanadigan mayda asboblarni qo‘pol ravishda ishlatish oqibatida, tishning apikal teshigiga kiradigan tomir-asablar tugunchasini ezish, uning uzilib qolishi kabi sabablar zaminida kelib chiqadi. Tish ildiz kanalidagi ta’sirchan dorilar, apikal teshikdan chiqqan plomba ashyolari, ko‘pincha periodont to‘qima- sini reaktiv yallig‘lanishiga sabab bo‘lishlari mumkin. Ba’zida o‘tkazib yuborilgan o‘pka yallig‘lanishi, gripp va boshqa yuqumli virus kasalliklari hamda ba’zi kasbiy kasalliklar o‘tkir (zardobli) periodontitni keltirib chiqaradigan sababchilar bo‘lishi mumkin. O‘tkir periodontitning bosh- lang‘ich davrida doimiy simmilovchi og‘riq, perkussiyada (ovqat chay- nash paytida) og‘riq bo‘lib, vaqt o‘tishi bilan og‘riq kuchayadi, xususan 1 7 3 tunda. Tishlashda va og‘riq tishga tekkanda birdan og‘riq bo‘lib, bemor kasal tishni aniq ko‘rsata oladi. Og‘riq shiddati giperemiya-qizarish (qon- ga to‘lish), shish va ekssudat xarakteriga va bemor tanasining umumiy holatiga (ichki a’zo va tizim kasalliklari bor yo‘qligi, reaktivligi) bog‘- liqdir. Odatda o‘tkir apikal periodontit 2—3 kecha-kunduzdan 2—3 xaftagacha davom etishi mumkin. Agar doimiy simmillab turadigan og‘- riqlar o‘rniga tishda shiddatli, to‘xtovsiz, qo‘poruvchi va lo‘qqillab turuv- chi og‘riq paydo bo‘lsayu, ular o‘chlamchi asab shoxlari yunalishi bo‘ylab tarqaladigan bo‘lsa, zardobli ekssudat, yiringli ekssudatga aylanganligi, ya’ni o‘tkir yiringli periodontit yuzaga kelganligidan dalolat beradi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling