Rivojlantirish instituti
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
terapevtik stomatologiya (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rentgenologik
Rentgenogrammada o‘zgarish ko‘rinmaydi, bo‘lmaydi.
Agar yallig‘lanish zardobli ekssudatli bo‘lsa, og‘riqlar uncha rivojlan- magan, simmilovchi doimiy og‘riq va tish atrofi-og‘izda noxushlik borligi, ovqat chaynaganda ozroq og‘riq, tishni bosganda esa og‘riq deyarli yo‘qligi qayd etiladi. Lekin jarayon davomli bo‘lib, zardob yiringga aylansa, og‘riqlar zo‘rayishi, qo‘shni tishlar atrofidagi milk, yumshoq to‘qimalarda ham shishlar paydo bo‘lishi, og‘riqlar doimiy, lo‘qqillab turuvchi, uyquning, ishtaxaniig buzilishi (xususan bolalarda) mumkin. Obyektiv ko‘ruvda tish bo‘yin qismida hamda qo‘shni tishlar milkida shish, bosib, paypaslab ko‘rilganda og‘riq va uning kuchayishi, ba’zida shish og‘iz burmasiga ham o‘tganligini ko‘rish, gorizontal perkussiya ko‘proq, vertikal — ozroq og‘riqli bo‘lishi mumkin. Rentgenologik o‘zgarishlar periodont yorig‘ini tish bo‘yin qismidagi qismi kengayganligi, bu erdagi alveola o‘simtasi ko‘migining ko‘rinishi xiralashuvini ko‘rish mumkin. Mana shular asosida tashhis qo‘yiladi. O‘tkir apikal, ildiz cho‘qqisi periodontiti (per.acuta apica-lis) ning tashhisi ham bemor shikoyati (doimiy simmilovchi og‘riq, tish bosil- ganidagi og‘riq, ovqat chaynaganda esa og‘riqni zurayishi kasal tomonda chaynash imkoniyati yo‘qligi, tish ildiziga to‘g‘ri keladigan og‘iz burmasi, yumshoq to‘qimalarda shish), klinik tekshiruvlar (vertikal perkussiyaning kuchli og‘riqka olib kelishi, gorizontal perkussiyaning ozroq, lekin og‘riqli bo‘lishi), rentgenologik o‘zgarishlar (tish ildizining apikal qismidagi periodont yorig‘ining kengayganligi, alveola suyagining bu qismida suyak ko‘migini xiralashuvi) asosida tashhis qo‘yiladi. Xar ikkala keltirilgan o‘tkir periodontit turlarida ham og‘riqlar, boshqa shikoyatlar maxalliy, joyli bo‘lishi xarakterlidir. Uchinchi xil o‘tkir periodontit — o‘tkir umumiy periodontit (Per.acuta totalis, diffusa) esa keltirilganlardan tub farq qiladi. Kasal tishda qattiq, to‘xtovsiz og‘riq, unga bosim tushganda og‘riqning zurayishi, og‘riq uchlamchi asab shoxlari yo‘nalishi bo‘ylab tarqalishi, kechqurun og‘riq uyquni buzishi, tana xaroratini ko‘tarilishi, xususan bolalarda, ojiz odamlarda, bosh og‘rig‘i kabi tana umumiy holatini o‘zgarishi kabilarga bemorlar shikoyat qiladilar. Obyektiv ko‘rikda shifokor, kasal tish va unga qo‘shni tishlar atrofidagi yumshoq to‘qimalarning shishishi, og‘iz burmasining tekislanganligi, palpasiya qilinganda og‘riq paydo bo‘lishi, kasal tomonda shish katta- lashib yuzning asimetriyasi, ikkala xil perkussiya (vertikal va gorizontal) ham og‘riqli, bemor og‘zini yopa olmasligi (yopsa, tishga bossa, og‘riq) kabi holatlarni aniqlaydi. 1 7 6 Mana shular asosida shifokor, ortiqcha qiyinchiliksizlar bilan tashhis qo‘yaoladi. O‘tkir paradontitlarni qiyosiy tashhislari ham uncha qiyin emas. Ular bir-biridan tub farq qiladi. Lekin, o‘tkir umumiy periodon- titning yiringli shakli, xususan bolalarda, o‘tkir osteomiyelitdan, o‘tkir pulpitdan (chunki o‘tkir pulpitda ham, o‘tkir yiringli periodontitda ham og‘riqlar tarqaluvchi, kechqurunlari esa zo‘rayadigan bo‘lishi) farqlanishi talab etiladi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling