Rivojlantirish instituti
O‘tkir infeksiyali periodontit ham
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
terapevtik stomatologiya (1)
O‘tkir infeksiyali periodontit ham yallig‘lanish fazasiga qarab davo-
lanadi. Intoksikasiya fazasida kanal chirindilardan tozalanib, unga og‘riq- sizlantiruvchi dorilar, antiseptiklar qoldirib, tish germetik (1—2 kunga) yopiladi. O‘tkir yallig‘lanish avj olganda (xuruj), og‘riqni pasaytirish va infeksiyani yuz-jag‘ soxalarining boshqa bo‘limlariga o‘tmasligi uchun, tish 1—2 kunga ochiq qoldiriladi. Bemor o‘z uyida, o‘zi turli illiq (dorivor o‘simliklar damlamalari) dorivor eritmalar, 2%-li soda eritmasi bilan og‘iz bo‘shlig‘ini chayishi kerak. Shifokor tomonidan o‘tkaziladigan bar- cha muolajalar 2%-li novokain yoki lidokain (yoki boshqa anestetiklar) bilan, ba’zida narkoz yordamida og‘riqsizlantirilgandan keyin o‘tkaziladi. Undan tashqari antigistaminlar (fenkarol, tavegil, diazolin, suprastin, dimedrol, pipolfen va boshqalar), antibiotiklar, anaerob mikroblarga qarshi biseptol, baktrium va boshqalar qabul qilish, fizioterapevtik muolajalar (UVCH-davolash, mikroto‘lqinli toklar, flyuktuorizasiya, darsonvalizasiya va xokazo) o‘tkaziladi. Kasallangan tish atrofida paydo bo‘lgan abssesslar ochilishi shart. Bir ildizli tishlarni davolash bemorning 5—6 kundan keyin ikkinchi marta kelganida tugashi mumkin. Bunda, ochiq qoldirilgan tish ildizi 3%-li vodorod perioksidi, 2%-li xloramin, 1:5000 furasillinlar bilan yuvi- lib tozalangach, spirt yoki efir bilan quritiladi va biror-bir sekin qotuvchi plomba ashyosi bilan (fosfat-sement, visfat, adgezor, tental va shunga o‘xshash) plombalanib, doimiy plomba qo‘yish bilan davolash tugaydi. Lekin, kanal plombalangach, plomba ta’sirida tishga bosilgach og‘riq yoki o‘z-o‘zidan og‘riq paydo bo‘lishi mumkin. Bunday paytlarda, og‘riq- sizlantiruvchi dorilarni shpris yordamida og‘iz burmalari bo‘ylab ildiz tomon yuborish, issiq beruvchi va og‘riqsizlantiruvchi yuqorida ko‘rsa- tilgan fizioterapevtik muolajalar o‘tkazish yaxshi natijalar beradi. Ma’lum sabablarga binoan, bemorga antibiotik berish mumkin bo‘lmasa, sulfa- nilamid preparatlarini qabul qilish tavsiya etiladi. Ko‘p ildizli tishlarni davolash ancha qiyin va nisbatan uzoq muddat talab qiladi. Bularni davolash uchun yod-elektroforez yoki anodgalvanizasiya o‘tkazilgandan keyin rezorsin-formalin usuli (40%-li formalin, to‘yingan rezorsin va 7%-li NaOH) ni qo‘llab yoki depoforez usuli yordamida, uchinchi bor bemor kelganida davolashni (kanallar iloji boricha rezorsin-formalin pastasi bilan plombalanib yoki depoforez qilinib) tugatish mumkin. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling