Rivojlantirish instituti
O‘tkir yiringli periodontit
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
terapevtik stomatologiya (1)
O‘tkir yiringli periodontit. Odatda, o‘tkir zardobli periodontitlardan
keyin yoki birlamchi ravishda yiringli periodontit shaklida kechishi mumkin. Periodont to‘qimasi qon bilan to‘la, shishgan bo‘ladi. Periodont tolalari zardob surilishi oqibatida yumshagan. Qon tomirlar kengaygan, hujayralararo infiltrasiya o‘choqlarida autolitik (o‘z-o‘zidan parchalanish, yemirilish) jarayonlar kechib, to‘qimalar erishi natijasida periodontda abssesslar hosil bo‘ladi va periodont to‘qimasi yiring bilan to‘yinadi. To‘plangan yiring ildiz kanali orqali, yon periodont (tish bo‘yin qismidan) chiqish yo‘lini axtaradi yoki suyak ko‘migi bo‘shliqlari orasidan suyak ustki pardalari ostiga yo‘l olib, u erlarda yoki milk ostida abssesslar hosil qiladi. Atrofdagi yumshoq to‘qimalarda yallig‘lanish tarqalib, kollaterial shishlar, trizm, limfadenit va boshqa noxush holatlarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Periodontga yaqin joylashgan to‘qimalarda alveola suyagida suyak emirilish jarayoni, suyak ko‘miklarida yiringlash kabi holatlar yuzaga keladiki, bular suyak to‘qimasida perifokal xastaliklar oqibatida ostit, periostit yoki osteomiyelitlargacha bo‘ladigan xastaliklarni paydo bo‘lishiga olib keladi. G.A.Vasilev (1956) itlarda o‘tkazgan eksperimental tadqiqotlari shuni ko‘rsatdiki, qon tomirlarda tromboz bo‘lmaganligi sababli suyak to‘qima- larida o‘lish (surilish, emirilish) holati bo‘lmaydi. Shunga asoslanib, muallif periodontit osteomiyelitik jarayon emas, ya’ni periodontit osteomiyelitga o‘tmaydi degan xulosaga keladi. I.G.Lukomskiy (1958) esa yiringli periodontitda atrof to‘qimalardagi patologik o‘zgarishlarni perifokal ostit deb qaraydi. Shuning uchun, hozirgi zamonda diffuz periodontit osteomiyelitni boshlang‘ich davri deb qarash to‘g‘ri bo‘ladi (A.A.Limberg, V.M.Uvarov va boshqalar). Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling