Rivojlantirish instituti


Jarohat orqali periodontitlar


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/244
Sana02.01.2022
Hajmi0.98 Mb.
#197338
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   244
Bog'liq
terapevtik stomatologiya (1)

Jarohat orqali periodontitlar o‘tkir (o‘ta bosim, urilish) jarohatlar
ta’siri ostida tishlardagi tomir-asab tutamining ezilishi, uzilishi oqibatida,
pulpa qon ta’minotining buzilishi va unda chirish (nekroz) jarayonining
ketishi oqibatida o‘tkir yoki surunkali periodontitlar kelib chiqishi
mumkin. Undan tashqari, pulpani ekstirpasiya-olib tashlash muolajasini
qo‘pol tarzda (pulp-ekstraktor, ildiz ignasini periodontga tikish) o‘tkaz-
ganda yoki plombaning haddan tashqari ko‘p ildizning periapikal qismiga
chiqarish natijasida ham periodontit kelib chiqishi mumkin.
Ba’zida noto‘g‘ri qo‘yilgan (chetlari milkni bosib turgan) plombalar,
o‘tkazilgan tojlar, protez klammerlari marginal (tish bo‘yin qismi) perio-
dontitning kelib chiqishiga sabab bo‘lishlari mumkin. Marginal perio-
dontitlar paradontit kasalligida hosil bo‘ladigan tish-milk cho‘ntaklari
orqali, qo‘yilgan yon plombalarning qo‘shni tish bilan tegib turuvchi
(kontakt) yuzasining yo‘qligi, noto‘g‘ri (germetik bo‘lmagan qo‘yilgan)
margimush — mishyak pastasi ta’siri ostida ham rivojlanishi mumkin.
Surunkali jarohatlar turlariga noto‘g‘ri (prikusni ko‘tarib turuvchi)
qo‘yilgan plombalar, tojlar, doimiy yomon ta’sir ko‘rsatuvchi (tishlarni
bosib turuvchi) chekuvchilar mundshtuklari, chilim chekuvchilar trub-
kalari, musiqa asboblar, etikdo‘zlarda mixlarni tish oralarida ushlab
turish, yozuv asboblari (qalam, ruchka)larini tish oralarida saqlab turish
kabi yaramas odatlar kiradi. Surunkali jarohatlar ildiz cho‘qqisidagi
alveola kompakt suyak plastinkasini yemirilishiga olib kelishi ham
mumkin.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling