Rivojlantirish instituti


Surunkali granulematoz, granulema yoki granullashgan


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/244
Sana02.01.2022
Hajmi0.98 Mb.
#197338
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   244
Bog'liq
terapevtik stomatologiya (1)

Surunkali granulematoz, granulema yoki granullashgan periodontit-
larni davolagandan keyin-davolash natijasida periodont to‘qimasida
fibrozli surunkali periodontitga o‘xshash hol kuzatiladi va bu maxsus
davolashni talab qilmaydi.
Obyektiv ko‘rishda, shifokor, kasal tishda kariyes kovagi borligi va
ko‘pincha, u tish bo‘shlig‘i bilan aloqadorligi yoki oralari yopiq ekanligi,
tish kanal (lar)ida plomba, yoki plomba qoldiqlari borligini ko‘radi.
Tish emalining rangi o‘zgargan yoki o‘zgarmaganligi, perkussiya
og‘riqsizligi, tish atrofidagi yumshoq to‘qimalarda o‘zgarish bo‘lmasligi
qayd etiladi.
Shuni aloxida ta’kidlash zarurki, I.G. Lukomskiy (1958) surunkali
periodontitlarni turlarini faqat rentgenogramma yordamida aniqlash
mumkinligini ta’kidlaydi va hozirgi vaqtda bu narsa ustivor xisoblanadi.
Surunkali fibrozli periodontitda periodont to‘qimasi qalinlashganligi
yoki yupqalashganligi va bu holat to‘qimaning turli joylarida turli darajada
ekanligi, asosiy o‘zgarish ildiz cho‘qqisi atrofida ekanligi rentgenogram-
mada yaqqol ko‘rinadi, lekin alveola suyagida o‘zgarish yo‘qligi ham
bu tur surunkali periodontitga xos holatdir. Rentgenogramma periodont
yorig‘ining ba’zi joylarida kengayganligi, ba’zi joylarida esa torayganligi,
ya’ni deformasiya shaklidagi o‘zgarishlar borligini ko‘rsatadi. Surunkali
fibrozli periodontitni uzoq vaqt davom etgan yallig‘lanish oqibatida kelib


1 8 2
chiqar ekan, demak bunda ko‘pincha ikkilamchi sementdagi hujayralar
ta’sirlanishi, qitiqlanishi oqibatida ular sement to‘qimasini asta-sekin
hosil qila boshlaydilar va bu gipersementoz tariqasida rentgenogrammada
namoyon bo‘ladi.
Patologik anatomiyasi. Surunkali fibrozli periodontitda periodont
to‘qimasida hujayrali elementlar kamayib, qo‘pol tolali fibroz to‘qimalari
ko‘payadi. Periodontning ayrim joylarida kichik o‘choqli yallig‘lanish
infiltratlari va qon tomirlarining skleroz o‘zgarishlari ko‘rinadi. Tartibsiz
joylashgan qo‘pol tolali tuzilmalar periodont to‘qimasida chandiqsimon
to‘qima tusini oladi va bu o‘zgarishlar asosan ildiz cho‘qqisi atrofida
rivojlangan bo‘ladi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling