Rivojlantirish instituti


Surunkali granullashgan periodontit


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/244
Sana02.01.2022
Hajmi0.98 Mb.
#197338
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   244
Bog'liq
terapevtik stomatologiya (1)

Surunkali granullashgan periodontit. (Per. chonica granulans). Agar
surunkali fibrozli periodontit ancha yengil kechadigan, kamroq patologik
o‘zgarishlar bilan xarakterli bo‘lsa, granullashgan periodontit eng
progressiv jarayon bo‘lib, faollashgan tarzda, ildiz atrofidagi nafaqat
periodont, balki suyak to‘qimasida patologik so‘rilishlar bilan kechadigan,
organizmni zaxarlashda faol ishtirok etadigan kasallik xisoblanadi.
Jarayon periodont yorig‘ining tashqarisiga tarqaladi. Bu periodontit o‘tkir
periodontitdan keyin yoki surunkali periodontitning bosqichlaridan biri
tariqasida paydo bo‘lib rivojlanadi.
Granullashgan periodontitda bemor o‘z-o‘zidan noxush simmilovchi
og‘riqlar, tishni bosganda tegib ketganda paydo bo‘ladigan og‘riqlarga,
qo‘lansa xid paydo bo‘lganligiga, oldingi tishlarda esa xusnbuzarlik holati
paydo bo‘lganligiga, ba’zida milkda qichish yoki shunga o‘xshashlarga
shikoyat qilishi mumkin. Ba’zida og‘riqsiz kechadi. Og‘riq asosan, kariyes
kovagi va tish bo‘shlig‘ining orasi bosilib (yopilib) qolganda kuchayadi:
Bemor shifokor bilan savol-javob qilganda, o‘tmishda (anamnez)
bu kasal tishda ba’zi-ba’zida og‘riqlar kuchayishi, milk shishishi va unda
"pilla" (abssess) paydo bo‘lganligi va uning yorilishi oqibatida oqma va
undan gox-gox yiring chiqib turishiga shikoyat qiladi. Obyektiv ko‘rish
paytida shifokor tish ildizi atrofidagi yumshoq to‘qimalarning qizar-
ganligi, ko‘kimtir tus olib biroz shishganligi, barmoq bilan palpasiya
qilib, bosib ko‘rganda, yumshoq to‘qimada barmoqning izi (chuqurcha)
ancha vaqt tekislanmay qolishi (vazoparez holati, I.G. Lukomskiy
birinchi marta ta’riflagan)ni kuzatishi mumkin. Bu surunkali yallig‘lanish
natijasida ajralib chiqqan yoki hosil bo‘lgan to‘qima parchalari, mikroblar
ta’sirida hosil bo‘lgan patologik maxsulotlarning asab tolalarini karaxt-
lagani tufayli, qon tomirlar o‘z vazifalarini to‘liq ado etolmayotgan-
liklarini ko‘rsatadi. Qon tomirlar tarangligi (tonusi) pasayib, o‘z vaqtida,
me’yordagidek qon olib kelishi va vena qonining oqib ketish jarayoni
buzilganligidan dalolat beradi. Paypaslab (palpatsiya) ko‘rilganda ildiz
uchi qismida alveola suyagining emirilganligini sezish mumkin.
Bu periodontitning eng ko‘p uchraydigan belgisi oqma yoki oqma
o‘rnida qolgan chandiqchalardir. Oqma yo‘lining joylashishi turlicha


1 8 3
bo‘lishi mumkin. Ular asosan ildiz uchiga to‘g‘ri keladigan og‘iz burmasi
(og‘iz daxlizi) da, ba’zida esa og‘iz bo‘shlig‘ida, tashqariga, terida ham
bo‘lishi mumkin. Shuning uchun, ularni ichki (OG‘IZ daxlizi burmasida)
yoki tashqi (terida) oqma yo‘llari deb ataladi.
Davolanmagan surunkali granullashgan periodontit bilan og‘rigan
tishni urib ko‘rilganda (perkussiya) uning sezgirligi oshganligini yoki
og‘riqli ekanligini ko‘rish mumkin.
Ko‘pincha chetki-regionar limfa tugunchalari kasal tish tomonda
kattalashgan, ularni paypaslash og‘riqli bo‘lishi mumkin.
Oqma yo‘llarining chiqish qismlarida granulyasiya to‘qimalari,
ulardan qon oqib turishi, ularning polipsimon, oyoqli ekanligini ko‘rish
mumkin. Yuqorida aytganimizdek, ba’zida oqma bitib, o‘rnida kichik
chandiq qolganligini ko‘ramiz. Oqma yo‘li bo‘lganligi, uning klinik
kechishini yengillashtiradi, chunki bu yallig‘lanishdan hosil bo‘lgan
chirindilar shu yo‘l bilan chiqib turadi va ular tanaga kamroq zarar
keltiradi. Bu hol davolashda ham qo‘l keladi. Rentgenologik tekshirishdan
olinadigan ma’lumot granullashgan periodontitga o‘ta xosdir.
Yallig‘lanish oqibatida unga javoban paydo bo‘ladigan granulyasion
to‘qima alveola suyak to‘qimasining ko‘mik plastinkasiga o‘sib boradi.
Periodont yorig‘ining destruksiyasi — tuzilishining buzilishi yuzaga
keladi. Ildiz cho‘qqisi uchida turli kattalik, hajmda, aniq chegarasi
bo‘lmagan suyak emirilishi borligini ko‘rish mumkin.
Suyak to‘qimasining yemirilishi bilan birga ildiz uchining ham
surilganligi, qisqarganligini ko‘ramiz.
Granullashgan periodontit boshqa surunkali periodontitlarga nisbatan
eng ko‘p, tez-tez qaytalanib turishi, turli salbiy asoratlarga (ichki
zaxarlanish, yiring oqib turishi, shishlar paydo bo‘lib turishi va boshqalar)
olib keladigan periodontit xisoblanadi. Lekin oqma yo‘li doimo ochiq
bo‘lib, undan chirindilar chiqib tursa, asoratlar kamayishi va kasallikning
qaytalanishi kam kuzatilishi mumkin.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling