1 8 1
1.
Surunkali fibrozli periodontit (Per. chronica fihrosa) ning klinik
ko‘rinishi, kechishi boshqa turdagi surunkali periodontitlardan tub farq
qiladi. Juda ko‘p adabiyotlarda uni belgisiz kechadi deyilgan. Bu noto‘g‘ri
ma’lumot. Chunki, bu tishda ko‘pincha kariyes kovagi bo‘ladi. Agar
oldingi tishlarda surunkali fibrozli periodontit bo‘ladigan bo‘lsa, bemor
xusnbuzarlik, qo‘lansa xid, ba’zida tish rangining o‘zgarganligi, og‘izda
chaynov jarayonida noxushlik sezgilar bo‘lishi kabi qator narsalarga
shikoyat etadi. To‘g‘ri, ayrim paytlarda, ba’zi bemorlar kasal tish borligini
bilmasliklari yoki mayda-chuyda noxushliklarga axamiyat bermasliklari
ham mumkin.
Periodont to‘qimasida fibroz o‘zgarishlar, ya’ni surunkali fibrozli
periodontitga o‘xshash o‘zgarishlar ko‘priksimon protezlar qo‘yilgan
tishlarda (protez yuzasiga tushadigan bosimni noto‘g‘ri taqsimlanishi
natijasida, ya’ni tishlarni bosimga chidamligini xisobga olmay, noto‘g‘ri
protez tayyorlaganda), o‘tkir periodontit, surunkali pulpitlarni davola-
gandan keyin hosil bo‘lishi mumkin.
Bunday o‘zgarishlar
davolashni talab etmaydi, periodont o‘z
vazifalarini bajaraveradi.
Ayrim paytlarda, xususan kariyes kovagi bilan tish pulpasi joylashgan
bo‘shlig‘i orasi ovqat qoldiqlari bilan yopilib qolsa, bemorlar chaynov
paytida surunkali fibrozli periodontit bilan og‘rigan tishlarida ozroq og‘riq
yoki noxushlik sezadilar. Ko‘pincha kariyes kovagi bilan tish bo‘shlig‘i
orasi dentin to‘qimasi-plastinkasi bilan yopiq holda bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: