Rivojlantirish instituti
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
terapevtik stomatologiya (1)
Jag‘ periostiti — bu alveola o‘simtasini yopib turuvchi pardasining
o‘tkir abssessli yallig‘lanishidir. Bunda o‘tkir kuchayuvchi og‘riqlar bo‘lib, ular quloqqa, chakkaga, ko‘zga tarqaladi. Tishga tekkanda o‘tkir yoki qaytalangan surunkali periodontitga nisbatan kamroq og‘riq paydo bo‘ladi. Issiqli chayqashlar og‘riqni pasaytiradi yoki ko‘paytiradi. Bu ekssudat turiga bog‘liq: zardobli ekssudatda og‘riq pasayadi, yiringli bo‘lsa og‘riq kuchayadi. Bemor kasal tish joylashgan yuz tomoni shishganligiga shikoyat qiladi, buni shifokor ham ko‘radi. Tana xarorati 36,7—37,8°C yoki 38—39°C bo‘lishi mumkin va bu ko‘pincha bemor tanasining qarshilik ko‘rsatish kuchiga bog‘liq. Umumiy zaxarlanish alomatlari — bosh og‘rig‘i, holsizlik, tajanglik kabi holatlar kuzatiladi. Kollateral (yallig‘lanish joydan nariroqda) joylashgan yumshoq to‘qimalarning shishganligi periostit uchun ko‘proq xosdir, chunki periodontitda bu hol bo‘lmaydi. Periodontitdagi kollaterial shishlar milklar bilan kifoyalanadi, yuz yumshoq to‘qimalariga tarqalmaydi. Shuning uchun, periostitda yuzning asimmetriyasi (yuzning bir tomonini shishganligi) kasallik joylashgan tomonida yaqqol ko‘rinib turadi. Agar kasallik jarayoni pastki jag‘da kechsa, unda pastki lab, lunjning pastki qismi, iyakosti va jag‘osti qismlar shishadi. Periostitda teri rangi o‘zgarmagan, xarakati yaxshi bo‘ladi. Obyektiv ko‘rishda va paypaslab ko‘rganda og‘iz daxlizi tomonda qizarganlik va suyakni yopib turgan to‘qimalarning diffuz qalinlashuvi, keyinchalik esa ma’lum joy yumshayib, unda flyuktuasiya (barmoq bilan bosganda suyuqligi bor bushliq) aniqlanadi. O‘tkir yiringli yoki surunkali qaytalangan periodontitlarda esa, suyak ustida tekis, silliq, shish, paypaslaganda unda og‘riq-bu suyak ustki pardasida reaktiv yallig‘lanish (periodont to‘qimasidan zaxarlanganlik) o‘zgarishlari bo‘ladi. Periodon- titda chegaralangan, periostitda esa tarqalgan yallig‘lanish, periodontitda 1—2 tishda perkussiya og‘riqli bo‘lsa, periostitda bu og‘riqlar kamroq, regionar limfa tugunlari (ularni guruhlari) ko‘proq periostitda shishgan, paypaslab ko‘rganda og‘riqli bo‘ladi. Yuqori jag‘da joylashgan o‘tkir kechadigan yiringli periostitlar, qattiq tanglayda tanglay abssesslarini yuzaga keltiradi. Bunda qattiq tanglayda aylanasimon yoki ovalsimon 1 8 8 shishlar, ular va atrofdagi to‘qimaning qizarishi, keyinchalik esa, tanglay burmalarining tekislanishi, qattiq og‘riqlar, yumshoq to‘qimalarning suyakdan ajralishi va yanada og‘riqlar kuchayishi, lo‘kkilovchi og‘riqlar paydo bo‘lishi mumkin. Qon tarkibini tekshirib ko‘rganda, unda leykositoz (10—14 ming), neytrofiloz (70—80%), tayoqchasimon neytrofillar ko‘payishi (14—17%), eritrositlarning cho‘kmaga tushishining tezla-shuvi (16—30 mm 1 soatda) kabi o‘zgarishlar qayd etiladi Odatda, 5—6 kundan keyin bemorni qiynaydigan og‘riqlar pasaya boradi, chunki ekssudat atrofdagi to‘qimalarga tarqalib, abssess ichidagi bosim kamayadi, asta-sekin yiring alveola o‘simtasining shilliq qavati ostiga o‘tadi. Perkussiya uncha og‘riq olib kelmaydi, yakin kunlarda abssess og‘iz bo‘shlig‘ida o‘z-o‘zidan yoriladi. Rentgenologik tekshiruv yiringli periostitda aytarli suyak o‘zgarishlari yo‘qligini ko‘rsatadi, bu esa periostitni osteomiyelitdan farqi bo‘lib xisoblanadi. O‘tkir osteomiyelitda suyakda aniq va qo‘pol o‘zgarishlar borligi rent- genogrammada ko‘rinib, suyakda chirish va ba’zi qismlarda sekvesterlar hosil bo‘lish bilan xarakterlanadi. Klinik kechishida esa, o‘tkir, to‘xta- masdan, go‘yoki uzib olganday qattiq chidab bo‘lmas darajada og‘riq, tana xaroratining 39—40°C gacha ko‘tarilishi, et uyushishi, alaxsirash, uyqusizlik, ishtaxa yo‘qolishi, yutishning qiyinlashuvi kabi umumiy tana o‘zgarishlari borligi qayd etiladi. Nafas olish va puls tezlashadi. Obyektiv ko‘rishda, shifokor bemorning umumiy ahvoli ancha og‘ir- lashganligi, yuzining asimmetriyasi, tilning qarashlanganligi, og‘izdan qo‘lansa xid kelishi, milk qizarib shishganligi, og‘iz burmasining tekislan- ganligi, bir necha tish qimirlab qolganligi va ularda perkutor og‘riqlar borligi, ya’ni patologik jarayon tarqalganligi kabi alomatlarni ko‘rishi mumkin. Bir vaqtning o‘zida yuzda kollateral shishlar, regionar limfa bezlarini shishganligi, ularni paypaslab ko‘rganda og‘riqli bo‘lishlari yuzaga keladi. Qon tarkibida leykositoz (20—28 ming), eritrositlar cho‘kish reaksiyasi soatiga 40—70 mm, eozinofillar yo‘qolishi, limfositlar sonining kamayishi (10—15%) kabi o‘zgarishlar bo‘lishi qayd etiladi. Oksil fraksiyalari albuminni kamayishi va a1 va a2 — globulinlarni ko‘payishi bilan xarakterlanadi. Kasallik boshlangandan keyin 7—10 kunda rentgenologik o‘zgarish paydo bo‘la-boshlaydi. Bunda osteomiyelit satxiga to‘g‘ri keladigan suyakda emirilish borligi aniqlanadi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling