Rivojlantirish instituti


Ildiz cho‘qqisini rezeksiyasi


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/244
Sana02.01.2022
Hajmi0.98 Mb.
#197338
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   244
Bog'liq
terapevtik stomatologiya (1)

Ildiz cho‘qqisini rezeksiyasi. Bunda cho‘qqining teshigi va uning
atrofidagi patologik o‘zgargan to‘qimalarni kesib olib tashlashdan iborat
jarrohlik ishlari bajariladi.
Periodontitni bu davolash usuli, ildiz cho‘qqisida destruktiv suyak
o‘zgarishlari (emirilish, surilish) va anatomik ildiz qiyshiqligi, kanalning
torligi tufayli plombalashning iloji bo‘lmagan va kanalda mayda asbob-
larning sinib qolgan hollarda qo‘llaniladi. Ildiz cho‘qqisi rezeksiyasi
hamma tishlarda emas, faqat yuqori jag‘da o‘tkazilishi mumkin.
Koronoradikulyar separatsiyasi pastki katta chaynov (molyar) tishlarda
o‘tkaziladi. Ildizlar bo‘linadigan (bifurkatsiya) joyidan tish ikkiga-distal
ildiz toj qismi bilan va medial ildiz toj qismi bilan — bo‘linadi. Distal
ildiz kanali o‘tuvchi bo‘lgani uchun, uni oxirigacha plombalash mumkin.
Medial ildizdagi ikki kanal tor, o‘tmas bo‘lsayu, ildiz uchida granulema
bo‘lsa, kanallarni to‘la plombalashni imkoniyati bo‘lmasa unda gemisek-
siya va ildiz amputatsiyasi operatsiyasi bajarilib, medial toj qismi bilan
medial ildiz olib tashlanadi.
Agar medial ildizdagi kanallar ham yaxshi plombalansa, tish go‘yoki
ikki qismga ajratilib, ikkala qismga ham sun’iy qoplami kiygiziladi va
tish atrofidagi o‘zgargan to‘qima olib tashlanadi.
Tish replantasiyasi deganda, kasallangan tish sug‘urib olinadi,
kanal(lar)i plombalanadi va doimiy plomba qo‘yilib, yana jarroh uni
o‘z o‘rniga o‘tkazadi (qo‘yadi).
Jarrohlik usuli bilan periodontitlarni davolash deganda, terapevtik,
terapevtik-jarrohlik usullari yordam bermagan paytlarda kasallangan
tishni olib tashlash tushuniladi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling