Rivojlantirish instituti
Davolash prinsip — tutumlari
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
terapevtik stomatologiya (1)
Davolash prinsip — tutumlari. Perio-
dontitlarni davolashdek murakkab ishni bajarish uchun, I.G. Lukomskiyning (1958) iborasi bilan aytganda, uch joyga ta’sir etish zarur: 1) infeksiyali katta makrokanlarga; 2) infeksiyali kichik mikrokanal tizimlari; 3) yallig‘langan 12- rasm. Surunkali granullashgan periodonit. 1 9 1 periodont to‘qimalariga ta’sir etish shart. Xar bir uch ob’ektdan biri, o‘ziga xos fizikaviy va biologik xususiyatlarga ega bo‘lgani uchun, bir vaqtning o‘zida uchala obyektga ta’sir ko‘rsatadigan birgina usulni topish qiyin ish. Ko‘pchilik tadqiqotchilarning fikricha, surunkali periodontlar infek- siya o‘choqlari-stomatogen o‘choqlar bo‘lib xisoblanadi. Shuning uchun, ularni davolash uchun qo‘llanadigan usullar maxalliy o‘zgarishlar darajasi bemorda infeksiya o‘chog‘i ta’siridagi o‘zgarishlar paydo bo‘lgan kasalliklar bor-yo‘qligi (septik endokardit, nefrit, revmatizm, yurak- kon tomir, oshqozon-ichak, allergik kasalliklar) ga bog‘liq. Taklif etilgan ko‘pchilik usullardan hozirgi vaqtda uch usul-konser- vativ, konservativ-jarrohlik va jarrohlik usullari qo‘llaniladi. Terapevtik (konservativ) davolash usullarini qo‘llamoqchi bo‘lgan shifokorning oldida quyidagi aniq vazifalar turadi: katta va kichik (mikro- ildiz va mikro-dentin) kanallardagi infeksiyaga ta’sir ko‘rsatish; yallig‘- lanishdan hosil bo‘lgan biogenlarni va periodontitdagi yallig‘lanishni yo‘qotish; periodont to‘qimasidagi regeneratsiya vazifasini bajaruvchi komponentlarni uyg‘otish, ishga solish; organizmni desensibilizasiya qilish. Makrokanallarga ta’sir etish. Til ildizi kanallari yoki makrokanallar va ularning bo‘linmalariga ta’sir qilishni ikki yo‘l bilan instrument- asboblar va dorilar-medikamentlar yordamida o‘tkaziladi. Asboblar bilan ildiz kanallariga ishlov berish jarrohlik muolaja bo‘lib, ulardagi pulpa va dentin chiriklarini olib tashlashga qaratilgan. Bu ish pulpekstraktorlar, drilborlar, Kerra ignalari va boshqa mayda asboblar yordamida bajariladi. Ammo bu ishni bajarishda periodont to‘qimasiga salbiy ta’sir etishdan saqlanish zarur. Agar kanal tozalash ishi qo‘pol ravishchda bajarilsa, periodont to‘qimasiga kanaldagi infeksiyani kirgizish kabi noxush holat ro‘y beradi. Shuning uchun ildiz kanalini tozalashni o‘z qoidasi bor: asbob kanalga kirishidan oldin unga, ya’ni kanalga 2— 4% xloramin yoki 3%-ln vodorod peroksidi, antibiotik eritmasi, yoki antibiotik bilan ferment aralashgan eritma — medikamentoz-dorilar kiritilishi va o‘shandan keyingina tozalangan steril asboblar bosqichma- bosqich, bir necha marta kiritilib chirindilar olib tashlanadi. Chirindilar- olib chiqqan asbob shu dorilarning birida yuvilgach, keyin yana kanalga kiritilib ish oxiriga etkaziladi. Tish kovagi kanallargacha ochilgandan keyin unga oldin infeksiyaga qarshi dori-medikament qo‘yib, tish germetik bekitilishi yoki bemor kelgach, tish kovagi amputatsiya tariqasida ishlanib kanalga kirish qismlarigacha ochilib, dorilardan biri kovak tubiga solingach, o‘sha paytning o‘zida chirindilarni olish mumkin. Demak, tish kanallariga, tez yoki tezlashtirilgan, uzoq, yoki sekin- lashtirilgan uzaytirilgan ishlov berish usullari bor. Kanaldagi infeksiyani zararsizlantirish uchun unga tez yoki tezlash- tirilgan ishlov berishdan maqsad, tish kovagi tubiga antiseptik quyushi 1 9 2 bilan kanal ichidagi chirindilar bosqichma-bosqich pulpekstraktor yorda- mida olinadi. Ildiz ignasiga paxtadan ingichka turunda qilib, uni toza antiseptikka (3%-li vodorod pereoksidi, 2—4%-li xloramin, antibiotik va fermentlarning biridan-tripsin, ximotripsin, xemopsin-eritmasi, anti- biotiklar eritmasi kabilar) botirib, kanal yuviladi. Buning uchun tish kanali yaxshi o‘tuvchi bo‘lishi kerak. Tezlashtirilgan usul o‘tkir periodontitlar, qaytalangan surunkali perio- dontitlarni M.I. Groshikov usuli bilan I seansda davolanadigan tishlarda qo‘llanishi mumkin. Ikkinchi usul-sekinlashtirilgan yoki uzaytirilgan usulda esa, tish kovagi ishlanib, kanallarga kirish qismi ochilgach, kovak tubiga dori, ko‘pincha o‘z tarkibidan gaz yoki gazsimon modda ajratadigan dorilar (2—4% li xloramin, antiformin, 5—10%-li formalin kabilar) tamponga shimdirilib, 1—2 kunga qo‘yiladi va kovak suvli dentin bilan gsrmetik ravishda yopiladi. Tor yoki dentikllar bilan, ikkilamchi dentin bilan yopilib, o‘tmas bo‘lib qolgan tish kanallaridagi chirindilar tarkibidagi mikroblardan zararlantirish maqsadida yuqorida ko‘rsatilgan antiseptiklardan tashqari, E.V.Borovskiy (1989) etilendiamintetrauksus (sirka) kislotasining natriyli tuzi (EDTL)ni qo‘llashni tavsiya etadi. Bu dori kanaldagi tuzlarni eritish va shu yo‘l bilan ularni ham zararlantirish, ham ma’lum darajada kanal(lar)ni kengaytirish imkonini beradi. Kanalni kengaytirishga sabab shuki, EDTA dentin kalsiysi bilan qo‘shilib, dentinni eritadi. EDTAning 10—12%-li neytral yoki kam ishqorli eritmalari qo‘llanadi. E’ng yaxshi dekalsinasiya effektiga bu kislotaning 20%-li uch kism aralashgan natriyli tuzi qo‘llash bilan erishiladi. EDTA bilan tish kanallarini kengaytirish quyidagicha bajariladi: kanaldagi pulpa yoki uning chirindilari olib tashlanadi, kanal vodorod peroksidi, spirt va efir oilan yuvilib quritiladi. Undan keyin 20%-li kompleksen (EDTA shunday deb yuritiladi)ni paxtaga shimdirilib tampon va turunda shaklida kanalga — uning o‘tib bo‘luvchi qismiga kiritiladi, 20—30 soniyadan keyin qo‘yilgan tampon olinib, yangi eritma porsiyasi kiritiladi. Almashtnrish 1—2 min. (2—3—5 marta) davom etadi. Keyin kanalga ishlov berishda qo‘llanadigan asboblar yordamida dekalsipnasiyali dentin olinadi, kanal (etarli ravishda kengaygach) spirt bilan yuvilib quritiladi. Kompleksen predentindan kalsiy tuzlarini eritgach, kanalni drilbor bilan kengaytirish oson kechadi. Endodontik asboblar yordamida kasallangan dentin qismlari olinadi va bu bilan kanaldagi biogen aminlar yo‘qoladi, bu esa periodont to‘qimasiga zarar keltiradigan omillarni daf qiladi. Shundan keyin, kanalga antiseptiklar yoki 0,1%-li lizosim: shimdirilgan turunda, tampon qo‘yilib tish germetik bekiladi. Shunday qilib, sekinlashtirilgan, uzaytirilgan kanalni zararlantirish barcha surunkali periodontitlar (fibrozli, granullashgan, granulematoz, granulema) bilan og‘rigan ko‘p ildizli: tishlarni davolashda, xususan surunkali granullashgan periodontitlardagi oqmalar bo‘lganda qo‘llani- 1 9 3 ladi. Lekin uzaytirilgan ishlov berishda, davolash jarayonini ko‘p qat- novga majburlash mumkin emas, chunki bunday hollarda tishlarda og‘riq, periodont to‘qimasida surunkali yallig‘lanishni qaytalanganligiga o‘xshash noxush sezgilar paydo bo‘lishi mumkin. Demak, ko‘p ildizli tishlarni davolash 2—3 yoki qatnovda tugashi kerak. Mikrokanallar tizimiga ta’sir etishdan ko‘zlangan maqsad shuki, den- tin mikrokanallaridagi infeksiyani yopish, yo‘lini to‘sib, ularni makrokanal va periodontga tusha olmasligini ta’minlashdan iborat. Mikrokanal tizimi eng ko‘p mikroblar to‘plangan joy xisoblanadi va ularga bevosita ta’sir etib bo‘lmaydi, shuning uchun qo‘llaniladigan dorilar etarli darajada mukolitik, diffuzion va impregnatik (erituvchi, tarqaluvchi va so‘rilib ta’sir etuvchi) xususiyatlarga ega bo‘lishlari shart. Masalan, mukolitik xususiyatlarga fermentlar (tripsin, ximotripsin, ximopsin) bilan antibiotiklar eritmalari egadir. Yaxshi tarqalib so‘riladigan-diffuznoy xususiyatlarga gazsimon moddalar-xlor (xloramin, antiformin), formaldegid (formalin), ba’zi metal tuzlari ega. Keltirilgan dorilar turunda va tamponga shimdirilib kanal va kovak tubiga qo‘yilib, tish 1—2 kunga germetik bekitiladi. Agar tish germetizmni ko‘tara olmasa, ya’ni germetik yopilgach" og‘riq bo‘lsa (anaerob infeksiya) bu dorilar qo‘yilgach tish kovagi suvli dentin bilan bekitilib dentin o‘rtasidan igna yoki, zond bilan tubigacha teshik qoldiriladi. Germetizmga chidamsiz, ko‘p ildizli periodontitlarini tez orada, aso- ratsiz davolash maqsadida L.R. Rubin (1959) ishlab chiqqan kanallarni 5%-li yod bilan elektroforez usulini T.X. Safarov (1966, 1967) muvaffa- qiyatli qo‘llab, juda ko‘p boshqa mavjud usullar foyda bermaganligi tufayli olib tashlashga to‘g‘ri keladigan tishlarni davolab, saqlab qolishga erishganlar. Bu usul quyidagicha utkaziladi: tish kovagi tozalanib, ildiz kanallari usti ochilgach, iloji boricha chirindilar olinadi va kovak tubiga 5% li yod eritmasiga shimdirilgan tampon qo‘yiladi, tamponga tekkazilib izolyasiyali mis elektrodining uchi ochilib qo‘yiladi va ularning usti yopishqoq mumni spirtovka ustida eritilib qo‘yiladi — germetik bekiladi. Provolokaning ikkinchi ochilgan uchi galvanik apparatning manfiysiga (katod) ulanadi, musbat (atod) dagi simga 10X10 sm satxdagi qo‘rg‘oshin plastinkasi ulanib, u prokladka — bumaze, dokadan taglik (8—10 qavatli, taglikning qalinligi 1 sm atrofida bo‘lib, suv bilan xo‘llangandan keyin siqilgan, nam holida) qo‘yib, bilakning tashqi tarafidagi terisiga bint (rezinkadan yoki biror materialdan) yordamida maxkam joylashtiriladi, bog‘lanadi. Tok kuchi 3 milliampergacha bo‘lib, muolaja 20 daqiqa davom etadi. Tish ichidagi tampon tarkibidagi yod asta-sekin makro, mikro- kanallar va periodont to‘qimasiga o‘ta boshlaydi va ko‘rsatilgan 20 daqiqa muddatda tamoman yoki deyarli tamoman so‘riladi. Vaqt o‘tgach, bemor 1 9 4 apparatdan bo‘shatiladi, mum, tampon va elektrod tishdan olinadi. Tampon oqligi- yodni tishga so‘rilganidan darak beradi, demak davolash qoniqarli o‘tkazildi deb qabul qilinadi. Shundan keyin yangi tam- ponga shimdirilgan yod yana tish kovagi tubiga qo‘yilib, sun’iy suvli dentin bilan bekitiladi. Birinchi marta elektroforezdan keyin dentinni teshib qo‘yish maqsadga muvofiqdir, chunki tish germetizmga chidamsiz, o‘tkazilgan elektroforez etarli bo‘lmasligi mumkin. Ikkinchi bor bemor kelgach, so‘rab bilinadi va yana shu tarzda elektroforez o‘tkaziladi, tish germetik ravishda bekitiladi. Odatda, 2—3 marta, ba’zida 4—5 marta o‘tkazilgan elektroforez davolashga etarli bo‘ladi, ba’zida esa bir martasi ham kifoya. Tish germetizmga chidamli bo‘lgandan keyin odatdagidek, kanallar plombalanadi va doimiy plomba qo‘yiladi. Shuni ta’kidlash zarurki, germetizmga chidamsizlik tishlarda bo‘lishi, kanal (lar) ning o‘tuvchi va o‘tmasligiga bog‘liq bo‘lmasligi ma’lum. Elektroforez usuli bilan surunkali periodontitlarni ildiz kanallari o‘tmas tishlarda keng qo‘llash tavsiya etiladi. Granulyomalarning katta-kichik- ligiga qarab 5—6 seansdan 12—16 seansgacha (N.A. Pachkayeva, 1966; T.X. Safarov, 1966) o‘tkazishga to‘g‘ri keladi. Lekin, shu ish bajarilmasa, xususan o‘tmas kanallar uchidagi granulemalar stomatogen o‘choqqa aylanib, kasal tanasini zaxarlaydi, allergik holatga, surunkali sepsisga- autosepsisga olib kelib, septik endokardit, revmatizm kabi og‘ir, bemorni qiynaydigan asoratlarning kelib chiqishiga sababchi bo‘lib qolishi mumkin. Ana shunday granulyomalarning og‘ir asoratlarini oldini olishga imkon beradigan, hozirgi kunda, kanal elektroforezidan boshqa davolash usuli yo‘q. Periodontitlarni davolashda, albatta tish kanallariga ishlov berishning samarasini oshirish uchun ularni asboblar yordamida kengaytirish o‘ta axamiyatlidir. Kanallarni kengaytirish, u yerdagi predentinni, oxak tuzlari cho‘kmalarini (petrifikatlarni), dentikllarni eritib olib tashlash zarur. Kanallarda ularning to‘planishi esa bemorning yoshi o‘tgan sari yoki turli kasalliklar (gialinoz, diabet, mineral modda almashinuvidan kelib chiqadigan holatlar, paradontit, paradontozdagi distrofik jarayonlar) oqibatida yuzaga keladi. Ba’zida yosh bolalarda ham bu kasalliklar bo‘lganda, tish kanallari petrifikatlar bilan yopilishi mumkin. Yuqorida aytilgandek, tish kanallari maxsus asboblar — ildiz ignalari, qo‘l va Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling