Rivojlantirish instituti


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/244
Sana02.01.2022
Hajmi0.98 Mb.
#197338
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   244
Bog'liq
terapevtik stomatologiya (1)

13- rasm. Yod bilan
elektroforez usuli.


1 9 5
mashina yordamida ishlatiladigan turli drilborlar, Kerra ignalari kabilar
keng qo‘llaniladi.
Kanallar kengaytirilgach yoki ko‘p ildizli tishlarda o‘tmas kanallar
iloji boricha kengaytirilgach, rezorsin-formalin aralashmasi (Alberxt,
1913) va kumush nitratini (Howe, 1916; Govseev, 1923; Ya.S. Pekker,
1930 va boshqalar) makro- va mikrokanallarga shimdirish —
impregnasiya qilish qo‘llaniladi. Buning uchun rezorsin-formalin usulida:
40% li formalin, rezorsin kristallarining suvdagi to‘yingan eritmasi va
katalizator sifatida 7% li natriy nitrati (NaOH) ishlatiladi. Rezorsin
chirindi tarkibidagi mikroblarni va zararli moddalarni kuydiradi, formalin
tarkibidan formaldegid gazi ajralib u ham antiseptik ta’sir etadi. Rezorsin
bilan formalin o‘rtasida polimerizasiya reaksiyasi boradi va
I.G. Lukomskiy (1958) ta’biricha, 10—14°C issiqlik ajralish (ekzotermik)
bilan kechadi. Bu reaksiyani katalizator natriy nitrati kuchaytiradi,
tezlashtiradi. Bu usulni qo‘llashning bir necha modifikasiyalari bor
(A.I. Evdokimov, I.G. Lukomskiy, E.E. Platonov va boshqalar). Bular-
ning natijasida, impregnasiyadan keyin iloji boricha o‘tmas kanallarning
o‘tuvchi qismlari rezorsin-formalin pastasi bilan to‘ldirilishi bilan
davolash oxirigacha etkaziladi. Rezorsin-formalin (1:2 mikdorda — 1
tomchi rezorsinga 2 tomchi formalin qo‘shish bilan) aralashmasiga
yumshoq pasta hosil bo‘lguncha Sink oksidi tukuni (poroshok) qo‘shilib
pasta holida kanalga ildiz ignalari va kanalto‘ldiruvchilar yordamida
kirgizilib, kanallar to‘ldiriladi, uning ustiga suvli sun’iy dentin pastasi,
taglik va nihoyat, kovakka doimiy plomba qo‘yiladi.
Keyingi yillarda rezorsin-formalin usuli o‘rniga depoforez (periodont
to‘qimasiga zarar keltirmaydigan) usul qo‘llanila boshladi. Bu usulda,
dorilar kanalda to‘planadi.
Kumush nitrati bilan impregnasiya o‘tkazish uchun: 4% li kumush
nitratining (AgNOa) spirtli eritmasi va tiklantiruvchi 4% li gidroxinon-
ning spirtli eritmasi qo‘llanadi. Bular orasida tiklanish reaksiyasi, ya’ni
AgNOa dan toza, ion shaklida Ag ajraladi va mikrokanallar ichida
cho‘kadi. Kumush ionining mikroblarni o‘ldirish xususiyati qadimdan
ma’lum: Agar kumush idishlarda suv ma’lum vakt saqlansa, undagi
mikroblar o‘lib suv tozalanadi.
Demak, kichik kanallardagi ion shaklidagi erkin kumush uzoq
saqlanib, shu davr ichida mikroblarga qarshi kurashish bilan birga
mikrokanallarni yopib turadi va ulardan mikroblarni makrokanalga tu-
shushga va u erdan periodont to‘qimasiga o‘tib (reinfeksiya) uni
yallig‘lanishga olib kela olmasligini ta’minlab turadi. Undan tashqari,
makrokanal devorlarida kumush oksidi (Ago) hosil bo‘lib, parda shaklida
devorni yopib turgani uchun ham mikrokanallardan mikroblarni
makrokanalga tushishini to‘sib turadi.
Shuni ta’kidlash zarurki, kumush nitratidan toza kumush ionini
tiklanishi faqat tiklovchi gidroxinon ta’sirida bo‘lmaydi, balki kanallar-


1 9 6
dagi organik moddalar — chirindi tarkibidagi mikroblar va ular o‘lishidan
hosil bo‘lgan organik moddalar ta’siri ostida ham bo‘lishi mumkin. Lekin,
bu jarayon sekinlik bilan kechadi, ana o‘sha reaksiyani tezlashtirish
uchun gidroxinon qo‘llanadi.
Kanallarni kumushlagandan keyin ularni iloji boricha davolash pasta-
lari (yodoformli, rezorsin-formalin, fosfat-sement, adgezor va shunga
o‘xshashlar) bilan plombalanadi va doimiy plomba qo‘yiladi.
Bu ikki impregnasion usuldan oldin, Bucleu (1904—1905) birinchilar
qatorida infeksiyali, pulpa chirindilari bilan to‘lgan ildiz kanallarini
zararlantirish maqsadida trikrezol formalin preparatini tavsiya etgan edi.
Bunda trekrezol formalin bilan qo‘shilib, unda formalin pulpa chirindi-
larining hosil qilgan narsalarini zararlantirishi, trikrezol esa u erdagi
yog‘larni parchalashi ko‘zda tutilgan edi. Undan tashqari, trikrezol
chirindilarni zararlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi degan edi, muallif.
Lekin keyingi kuzatuvlar bu usulning periodont to‘qimasiga salbiy
ta’sir etishi (ildiz uchida turli patologik o‘zgarishlar) ni ko‘rsatdi. Shuning
uchun, bu usul hozirgi vaqtda qo‘llanilmaydi.
Terapevtik (konservativ) davolash usullarini bir ildizli va ko‘p ildizli
tishlarni davolashda, ya’ni barcha tishlardagi surunkali periodontitlar,
qaytalangan surunkali periodontitlar, kista-granulemalar (kattaligi 2 sm
gacha)ni davolashda qo‘llash mumkin. Bunda kanallardagi infeksiyaga
qarshi kurash choralari ko‘rilgach, kanallarni iloji boricha to‘liq
plombalash, kerak bo‘lganda ildiz uchidan plomba ashyolarini granulema
ichiga o‘tkazish bilan tugatish lozim. Ma’lum vaqt o‘tgach, kasal
shikoyatlari davolangan tishda bo‘lmasada, rentgenogrammadagi o‘zga-
rishlar bilan (6—12—18—24 oyda) ma’lum muddatdan keyingi rentgeno-
logik o‘zgarishlarni solishtirish kerak bo‘ladi. Agar oldingiga nisbatan
emirilgan suyak o‘zgarishlari kamayib borsa, demak davolash foyda
keltirilganidan darak beradi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling