Periodontit bilan og‘rigan bemorlarni davolash jarayonida
qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatoliklar va ular oqibatida
kelib chiqadigan asoratlar
Boshqa tish kasalliklari (kariyes kasalligi, pulpit) ga o‘xshash, perio-
dontit kasalligini davolash jarayonida ham shifokorning e’tiborsizligi
yoki bilimining pastligi oqibatida turli xatolarga yo‘l qo‘yilishi va ular
oqibatida kelib chiqadigan asoratlar kuzatilishi mumkin. Xato va asoratlar
tashhislash, qiyosiy tashhislashda ham bo‘lishi mumkin bo‘lib, o‘tkir
periodontit bilan og‘rigan bemorlarda, xususan, o‘tkir umumiy perio-
dontitlarda paydo bo‘ladigan og‘riq xuddi shunday umumiy pulpit bilan
og‘rigan bemorlarda uchraydigan og‘riqlarga o‘xshashdir, lekin diqqat
bilan kuzatilsa ular bir-biridan og‘riqlarni paydo bo‘lishi, rivojlanishi,
hamda bemorning umumiy ahvoli turlicha turlicha bo‘lganligi bilan farq
qiladi. Yoki bo‘lmasa, surunkali periodontitlar, xususan surunkali granu-
lematoz, surunkali granullashgan periodontitlarni e’tiborsiz ravishda
almashinib tushinish mumkin. Buning uchun rentgenologik o‘zgarishlarni
yaxshi bilish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |