Rivojlantirish instituti
Ularni tashhislash va tekshirish usullari
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
terapevtik stomatologiya (1)
Ularni tashhislash va tekshirish usullari
Tashhisini aniqlash uchun juda ko‘p usullar taklif etilgan. Ularning barchasi vegetativ asab tizimining qo‘zg‘aluvchanligini o‘zgarishi, vazo- motorlar holati va kapillyarlarning o‘tkazuvchanligini aniqlashga qaratilgan. Ba’zi testlar maxalliy xarakterga ega, masalan: gistamin testi. Bu kasalliklarni tashhisini aniqlash ancha qiyin, ba’zida shifokor, ba’zida bemor o‘choq borligiga ahamiyat bermasligi mumkin, chunki klinik belgilari uncha rivojlanmagan. Shuning uchun birinchi navbatda og‘iz bo‘shlig‘idagi davolangan, plombali tishlarni, plombalangan tish kapali (lar) ni (plombalangan darajasi), ularni davolashda nimalar, qana- qa plomba ashyolari qo‘llanilgan, depulpasiya qilingan tishlar, ildiz atrofi va uchidagi suyak to‘qimalari, ildizaro suyak to‘qimasining holati, para- dont to‘qimasi va undagi o‘choqlar, chiqmay va chala chiqqan aql tishlari atrofidagi suyak to‘qimasidagi yallig‘lanish holatlariga ahamiyat berish zarur. Sun’iy qoplamalar bilan qoplangan tishlarga alohida e’tibor berish kerak. Surunkali periodontitlarni tashhisi uncha qiyin ish emas, rengeno- grammada ko‘ringan o‘zgarishlar asosida fikr yuritish kerak. Ba’zi bemor- larning ayrim metaldan ishlangan plombalar, xar xil xidli (yodoform, efir yog‘lari) plomba ashyolari (kanal ichidagilar) ham allergik holatga sababchi, chunki sensibilizasiya holatini paydo qildirishi mumkin. Stomatogen o‘choqlar ko‘pincha mishyak pastasi qo‘llab davolangan pulpit kasalligida ko‘rinadi, chunki o‘tmas yoki etarli o‘tilmaydigan tish kanallarida qolgan qoldiq pulpa qayta yallig‘lanishi (pulpoperiodontit) va ildiz uchidagi suyak to‘qimasining yallig‘lanishiga olib keladi. T.X. Safarovning (1967) nomzodlik dissertatsiyasida birinchi bor, pulpit bilan og‘rigan bemorlar tishlarini mishyak pastasini qo‘llab davolangandan keyin (4, 5 yil o‘tgandan keyin) ham, o‘tmas yoki yomon o‘tuvchi tish kanallarida qoldiq pulpa borligi va bu ildiz uchidagi suyak to‘qimasida emirilishlar, granulyomalar borligi hosil bo‘lganligi termo- diagnostika, elektrodontodiagnostika va rentgenogrammalarda aniqlan- gan. Bu hollarda "qoldiq pulpit", "pulpoperiodontit" deb tashhis qo‘yish tavsiya etilgan. Agar shu bemorlar tekshirilib ko‘rilsa, ularning ko‘pchi- ligida organizmning ayrim dorilarga nisbatan sezuvchanligi-sensibilizasiya borligi qayd etiladi. 2 0 7 Stomatogen o‘choqning ta’sir kuchini aniqlash uchun kapilyaro- skopiya, elektro testlar, vansinodiagnostika, gistamin testi kabilar qo‘llaniladi. Eng yaxshisi, Remke taklif etgan gistominokon’yuktival testi bo‘lib, bunda ko‘z xaltasiga 1—2 tomchi 1:1000000 yoki 1,500000 miqdorida suyultirilgan gistamin qo‘yiladi. Agar organizmda stomatogen o‘choq bo‘lsa, 1 daqiqadan keyin ko‘z kosasining kapillyarlari kengayadi va ko‘z hamda kipriklar qizaradi. Bu holat taxminan 10 daqiqadan keyin izsiz yo‘qoladi, bemorga zarari yo‘q. Teriga elektr toki (elektrotest) ta’sir qilib terida va milkning shilliq qavatida, stomatogen o‘choqqa yaqin joydagi og‘riq sezgisini va qizarish o‘chog‘i (giperemiya) borligini bilish mumkin. Bu o‘zgarishlar asab qon tomirlar tizimidagi morfologik va funksional buzilishlarga bog‘liq. Shunday qilib, stomatogen o‘choqlar borligi rentgenologik tekshiruvlar, qon tarkibini tekshirish, kapillyarlar chidam- liligi, streptokokk allergiklari yordamida aniqlash, teri allergik sinamalar, revmatizm omillarini aniqlash kabi usullar yordamida aniqlanadi. Albatta bemor bilan savol-javob o‘tkazish katta ahamiyatga ega. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling