Rivojlantirish instituti
O‘choqli infeksiya sababli rivojlanadigan kasalliklarni klinik
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
terapevtik stomatologiya (1)
O‘choqli infeksiya sababli rivojlanadigan kasalliklarni klinik
ko‘rinishlari Birinchi navbatda shuni ta’kidlash zarurki, bemorning subyektiv sezgilari obyektiv holatga to‘g‘ri kelmaydi. Bemorlar juda ko‘p shifokor- mutaxassislarga turli shikoyatlar bilan murojaat qilib yuradilar. Stoma- togen o‘choqlar organizmning boshqa infeksiya o‘choqlariga nisbatan ko‘p uchrasada, bemorlar bilmasliklari tufayli stomatologlarga murojaat etmasdan, boshqa shifokorlarga, ko‘pincha umumiy terapevtlarga ko‘proq murojaat etadilar. Klinik ko‘rinishlari turlicha bo‘ladi. Kasallik ko‘pincha tananing o‘ta sovushi, o‘ta charchash, jarohatlar, stresslar, o‘tkir yuqumli kasalliklar (gripp, ORZ va boshqalar) oqibatida organizmning immuno- biologik xususiyatlarining pasayishi munosabati bilan rivojlanadi, qo‘zg‘aladi, klinikada namoyon buladi. I.T. Lukomskiy o‘choqli infeksiyadan rivojlanadigan kasalliklarni 3 guruhga bo‘lib o‘rganishni tavsiya etadi: 1) kasallikning kelib chiqishi stomatogen o‘choqlar bilan bog‘liq; 2) stomatogen o‘choq bor va u kasallikni og‘irlashtirmoqda; 3) o‘choqli infeksiya bilan bog‘liqligi aniqlanmagan kasalliklar. Ko‘rsatilganlarning amaliyotda ahamiyati uncha yo‘q. G.D.Ovruskiy kuzatuvlari asosida 4 guruhga bo‘ladi: 1) Streptokkoklar ta’sirida rivojlanadigan infeksion- allergik kasalliklar; 2) autoallergik kasalliklar; 3) dori-darmonlarga sensibilizatsiyasi bor bemorlarda rivojlanadigan kasalliklar; 2 0 5 4) infeksiyali o‘choqning uzoq muddat davomida ta’siri oqibatida organizmning nomunosib chidamligini pasayishi oqibatida paydo bo‘ladigan kasalliklar. Streptokkoklar ta’sirida rivojlanadigan infeksion-allergik kasalliklarga xroniosepsis (surunkali sepsis) dan tashqari, septik endokardit, nomunosib miokardit, vaskulit, nefrit, kon’yuktivit, artrit va boshqalar ham kiradi. Bu kasalliklar stomatogen o‘choqlar bilan bog‘liq bo‘lib, asta-sekin rivojlanadi. O‘choqli infeksiyadan rivojlanadigan autoallergik kasallik- lariga revmatizm, volchanka, sklerodermiya, revmatizm artritlari, poli- artrit ham kiradi. O‘z asosida auto-allsrgik komponent yotadigan o‘choqli infeksiya sabab rivojlanadigan kasalliklarning xususiyatlari shundan iboratki, bunda o‘choq go‘yoki ikkinchi darajali bo‘lib, kasallik o‘zicha avj olaveradi, rivojlanaveradi. Stomatogen o‘choqlarni davolashda ishlatiladigan turli dorilardan kelib chiqadigan allergik reaksiyalar, odatda, vaskulit va eritemalar, kapillyaritlar, rinitlar, dermatitlar, bronxitlar, bronxsal astma xurujlari (pristuplari), artralgiyalar, qon tarkibining o‘zgarishlari (gemorragiya, anemiya, leykositoz, leykopeniya va boshqalar) kabi kasalliklarda ko‘rinadi. O‘choqlar o‘pkaning o‘tkir va surunkali kasalliklari, uzoq va surunkali kechadigan yurak kasalliklari, oshqozon-ichak yo‘llari kasalliklari, asab tizimi, buyrak, jigar, qon tizimi, xafaqon (gipertoniya) kasalligi va boshqa xastaliklarning kelib chiqishi, og‘irlashuvi va davomli kechishiga olib kelishi mumkin. Organizmning immunnologik holatini buzilishi (o‘zga- rishi) yuqumli kasalliklarni kechishiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan. O‘choqli infeksiyadan hosil bo‘ladigan kasalliklar asta-sekin rivojlanadi. Ba’zi bemorlarning umumiy holati o‘zgarsa, ba’zilarida maxalliy to‘qimalardagi o‘zgarishlar kuzatiladi. Qanday klinik kechishidan qa’tiy nazar, bu kasalliklar uzoq muddat davom etishi va tez-tez qaytalanish xususiyatiga ega. Boshida bexuzurlik, tezda charchab qolish, bosh, bo‘g‘in og‘riqlari, yurak tez urishlari, unda og‘riqlar, ishtaxaning buzilishi, umuman lanjlik, tajanglik, qo‘l barmoqlarining ortiqcha dag‘illab qolishi, tananing ozishi, kam quvvatlik, uyquning buzilishi, tana xaroratining ozgina ko‘tarilishi (sub’fibrilitet) kabi holatlar birin-ketin sezila boshlaydi. Bemorni obyektiv tekshirishda, qondagi o‘zgarishlar (granulositopeniya, limfasitoz, eritro- sitlar cho‘kishini tezlashuvi — SOE, gemoglobin, eritrositlar miqdorini kamayishi va boshqalar), tez-tez shamollash kabi o‘zgarishlar borligini qayd qilish mumkin. Ammo, ba’zi holatlarda ma’lum tana a’zosidagi o‘zgarishlar bi- rinchi navbatga chiqadi. Masalan, revmatizmda bo‘g‘inlarni shish- 2 0 6 ganligi, ulardagi og‘riqlar va ular xarakatlarining chegaralangani ko‘z- ga tashlanadi. Umuman olganda, o‘choqli infeksiyadan yuzaga keladigan kasallik- larda, to o‘choq (asosiy sabab) yo‘qotilmasa, rivojlangan kasalliklar ko‘ngildagidek davolanmaydi yoki davolash foyda bermaydi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling